M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi, grammatik jihatidan to‘g‘ri bo‘lishi



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

 
5.3.O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi, grammatik jihatidan to‘g‘ri bo‘lishi 
 
Yaxshi fikrlar –tiniq uslubni tab qiladi. 
 Uslub bu libos; fikr libos 
 ostidagi tanga o‘xshaydi.
F.M.Dostoyevkiy
 
Tayanch iboralar: 
Kommunikativ nutq (aloqa sifatlar), nutq to‘g‘riligi, nutq 
aniqligi, nutq tozaligi, nutqning jo‘yaligi. 
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy xususiyatlari to‘g‘rilik va aniqlik bilan 
uzviy bog‘liqdir. Chunki nutq grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilib, fikr ifodasi uchun 
aniq tanlangan lug‘aviy birlik uning mantiqiyligini yuzaga chiqaradi. Mantiqiy izchillik 
buzilgan nutq tinglovchi yoki o‘quvchida fikrning to‘liq etib bormasligiga, bayon 
etilayotgan fikrning anglashilmasligiga olib keladi. Umuman “mantiq” so‘zi gap, fikr, 
harakat va shuning kabilarni aql monandligi, asoslanganligi ma’nosini ifodalaydi. 
Demak, nutq mantiqiyligi, so‘zlovchining ijtimoiy hayot va uni qay tarzda tasavvur 
etish, munosabati va uning tafakkur dunyosi bilan bog‘liq hodisadir. Shuning uchun 
ham mantiqiylik nafaqat nutq jarayonida til birliklaridan o‘rinli foydalanish bo‘lib 
qolmasdan, uning mazmundorligini ham namoyon etadi. Mantiqiy nutq fikrning bir-


205 
biriga bog‘liqligi va izchilligida ko‘rinadi. Bunda matndagi birinchi gapdan to oxirgi 
fikrning mazmuni jmhatidan uzviyligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bundan tashqari, mantiqiy nutqda voqea-hodisa, tushuncha va hodisaning 
mazmuni, mohiyatini to‘g‘ri anglash muhim o‘rin egallaydi. Xususan, tushuncha 
predmet va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarni umumlashtirib, 
belgilashtirib, aks ettiruvchi umumiy tasavvur ma’nosini anglashdir. 
2
Chunonchi, 
talabalar nutqida “Men sizni ko‘p qidirdim” – gapi uchraydi. “Qidirmoq” so‘zi 
ko‘pincha narsa, buyumga nisbatan qo‘llaniladi. To‘g‘ri, qidirmoq kishiga nisbatan 
ham qo‘llanadi. Biroq, bunda ushbu so‘z umuman yo‘qolgan kimsa ma’nosida 
qo‘llaniladi. Bu so‘z ma’nosi chegaralangan bo‘lib, asosan, nutqda yo‘qolgan narsa 
haqida qo‘llaniladi: Uzukni qidirish, kitobni qidirish. Shaxsga nisbatan izlamoq so‘zi 
o‘rinlidir. “Men sizni izladim. ”Xuddi shu ma’noda nutqda “bormoq”, “ketmoq” 
so‘zlarining ham ma’nosi jihatidan qo‘llashda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. ”Bormoq” 
shaxsning biror manzilga tomon yo‘nalganligi ma’nosini anglatadi: “Men bosh binoga 
boraman” gapi esa ko‘pincha “Men bosh binoga ketaman” tarzida qo‘llaniladi. Bu 
gapda “ketmoq” so‘zining lug‘aviy ma’nosida so‘zlovchining biror ob’ektga 
yo‘nalganlik ma’nosi emas, balki o‘zi turgan joyini tark etmoq ma’nosida ekanligini 
anglamaslikdir. 
Nutq mantiqiyligida o‘zaro muomala munosabatini ifoda etuvchi etiket (biror 
jamiyatda ijtimoiy guruh va shuning kabilarda qabul qilingan o‘zaro muomala 
qoidalari majmui
3
) lar mavjudki, bunday so‘zlar ma’nosini to‘g‘ri anglamasdan 
qo‘llash hollari uchrab turadi. Masalan, “bilasizmi?” so‘zi rus millatiga mansub 
kishilar muomalasida (“znaete; segodnya pogoda ochen xolodno bыvaet”) (“His 
qilyapsizmi, bugun havo juda sovuq bo‘ladi” degan fikr ifodalanmoqda. Bizning 
tilimizda ko‘pincha “bilasizmi?” deb murojaat etilganda uning ilk lug‘aviy ma’nosi- 
biror, soha ma’lumotga, bilimga egalik tushunchasi anglashiladi. To‘g‘ri, bu so‘zning 
darak gap tarkibida qo‘llanishda “his qilmoq”, “ idrok qilmoq”, “anglamoq”, 
“fahmlamoq” ma’nosini ifodalashni anglash mumkin:”Men, birodar, erning tagida ilon 
qimirlasa bilaman (anglayman ma’nosida). Shuning uchun ham nutqimizda 
“bilasizmi?”, murojaat, munosabat so‘zi o‘rnida “His qilasizmi? “Anglaysizmi, 


206 
sezasizmi?” kabi so‘zlarni qo‘llasak, mantiq jihatdan joiz bo‘lar edi. Bundan tashqari, 
o‘zbek tilida o‘zaro munosabat uchun do‘stim, birodar, taqsir, janob, og‘ayni, aka, uka, 
tog‘o, amaki kabi so‘zlar mavjudki, bu so‘zlar shaxslarning bevosita yaqinlik muomala 
so‘zlari sanaladi. 
Taniq li olim N. Mahmudov nutqning jo‘yaligi xususida fikr bildirar ekan, bu 
ham bevosita nutq mantiqiyligi bilan chambarchas bog‘liq, mantiqiylik belgisini 
anglatadi: ”Nutq tuzishda ifodalanmoqchi bo‘lgan axborotning mavzusi, uning 
mantiqiy va xissiy- ruhiy mazmuni aniq tasavvur qilinmog‘i va ana shularga uyg‘un 
holatda til vositalari mazmunga muvofiq bo‘lmagan har qanday til birligi, sintaktik 
struktura, intonatsiya, badiiy tasviriy vositalari, maqol, matal, turli iqtiboslarning 
nutqda begonaligi, bejoligi, juda tez bilinadi va bunday nutqni jo‘yaligi deb bo‘lmaydi” 
deb yozadi
4
maqolasida. “ O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” 
iborasining qo‘llanishi jihatidan mantiqsiz ifoda etilganligi aniq ko‘rsatilgan. 
Haqiqatdan ham ushbu maqol ona yurtning bir joyidan ikkinchi joyida yashashga 
majbur bo‘lgan shaxs tilidan aytilsa, uning mantiqiyligiga raxna solinadi. Bir talaba 
o‘qituvchi bilan o‘zaro suhbatda “Domla, sizning oldingizga katta boshimni kichik 
qilib keldim” deb iboraning mazmunini “iltimos” ma’nosida anglab qo‘lladi. Aslida 
esa bu ibora “yosh xususiyati, vazifa, mansab jihatidan o‘zidan katta kishi oldiga 
iltimos qilib borish” ma’nosini va mantiqiyligini anglamasdan qo‘llaganligini his 
etmaydi. Bu esa nutqning nojoizligi va mantiqsizligidir. 
Nutqning mantiqiyligi urf-odat bilan bog‘liqdir. Masalan, bizning millatimiz 
vakillari bir-birini mehmon qilganda, uyiga taklif etadi. “Keling, mehmon bo‘ling” 
yoki “Qani, marhamat choy ichamiz” deb uyiga da’vat etadi. “Choy ichmoq” iborasi 
nafaqat choy , balki ziyofat, ovqatlanish ma’nosida qo‘llanadi. Choy ichish uchun 
taklif etilgan dasturxonga hamma egulik va ichimliklar qo‘yiladi. Bu urf - odatiy 
holdir.
------------------------------------------
5 . Qodiriy Abdulla”Mehrobdan chayon” T. :G‘. G‘AD N. 1991, 11-bet 
6. Hamroev M. Ona tili T :. Fan, 2006. ma’ruza matni,-71b 


207 
Shuning uchun ham yozuvchi A. Qodiriy “ Mehrobdan chayon” romanida 
Anvarga ovqat hozirlash uchun borayotgan Ra’noni to‘xtatib: “Anvar akangga choy 
berdingmi, qizim?”- deb so‘raydi
5

Ayrim iboralarning yaratilishida, ularda mantiqiylikning kuchli ifodalanishida 
xalq san’atkorligi (tor ma’noda badiiy vosita ma’nosida) ta’siri mavjudligi sezilib 
turadi. Chunonchi, taniqli tilshunos olim Alibek Rustamov “Halovini topsang, qor ham 
yonadi” maqolining yaratilishini quyidagicha izohlaydi: “Buni yoqimli, go‘zal qilingan 
narsa, birinchidan, “qor” so‘zining “halov” so‘ziga uyg‘unligi, ya’ni tovushdoshligi, 
ikkinchidan, qorning olovga zidligi, uchinchidan, bo‘rttirish, ya’ni mubolag‘a 
borligidir”-deb tahlil etadi
9

So‘zlarning ma’nosini anglamay qo‘llash nutq mantiqiyligiga putur yetkazadi. 
Nutqda barcha so‘zlar ham o‘zaro mantiqiy munosabatga kirisha olmaydi. Gapda 
so‘zlarning o‘rnini zo‘rma-zo‘raki yoki almashtirib qo‘llash mantiqsizlikni keltirib 
chiqaradi. Bir qo‘llanmada: “Ayrim shaxs yoki predmetga atab qo‘yilgan nomlar atoqli 
ot deyiladi” deb ta’rif etiladi

Nahotki muallif hayotda barcha shaxs nomga ekanligini 
bilmasa, deb qolasiz. 
Xuddi shuningdek , “Yangi qurilayotgan korxonalar, binolar, uy-joylar, 
ko‘chalar ham ko‘kalamzor boqqa aylantirilmoqda (Sh. Rahim). Bu gapda binolar, uy-
joylar (shuningdek, korxona, ko‘cha ham-S. a), ko‘kalamzorlashtirildi deyilmoqda. 
Lekin boqqa (mevali daraxt, tok va gul bilan band er maydoni) aylantirilishi 
mantiqsizlikdir. 
So‘zlarni bir-biriga mazmunan bog‘lash, ular o‘rtasidagi grammatik aloqani 
to‘g‘ri shakllantirish nutqning mazmundorligi va mantiqiyligini ta’minlaydi. 
Xuddi shuningdek, “Yangi qurilayotgan korxonalar, binolar, uy-joylar, ko‘chalar 
ham ko‘kalamzor boqqa aylantirilmoqda (Sh. Rahim). Bu gapda binolar, uy-joylar 
(shuningdek, korxona, ko‘cha ham-S. a), ko‘kalamzorlashtirildi deyilmoqda. Lekin 
boqqa (mevali daraxt, tok va gul bilan band er maydoni) aylantirilishi mantiqsizlikdir. 
So‘zlarni bir-biriga mazmunan bog‘lash, ular o‘rtasidagi grammatik aloqani to‘g‘ri 
shakllantirish nutqning mazmundorligi va mantiqiyligini ta’minlaydi. 
9
Rustamov А,So‘z xususida so‘z Т:. “Yosh gvardiya”, 1987, 72 b. 


208 
Mazmunan bir xil bo‘lmagan so‘zlarni uyg‘un holda qo‘llash mantiqsizlikni 
keltirib chiqaradi. M: Suxandonning “Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling. Gapida 
ma’no buzilgan. Chunki kuyni tinglashmumkin, ammo raqs tomosha qilinadi. YOki: 
Hammomda qatiq va shisha idishlar iste’mol qilish mantiqsizligiga yo‘l qo‘yilganligini 
ko‘rish mumkin.
Nutq mantiqiyligida badiiy tasviriy vositalarni o‘rinli qo‘llash uning 
mazmundorligini yana oshiradi. 
Bir rivoyatda shogird o‘z ustozidan so‘raydi: “Til nimadir?” Piri murshid javob 
berdi: Til – o‘tkir qilich kabidir. Agar undan ehtiyot bo‘lmasang, o‘zgalarning qalbiga 
sanchilgaydir”. Ayrim rivoyatlarda til- qindagi pichoqqa, zaharli ilonga hamqiyos 
etiladi. Aslida bu qiyoslar mazmunan to‘g‘ri. Lekin tasvir jihatidan tilning o‘tkir 
qilichga o‘xshatilishi mantiqqa yaqin sanaladi. Qindagi pichoq, o‘rmalovchi ilon esa 
tasvir jihatidan nisbatan yiroqroq. 
Nutqning mantiqiyligi uning ifodaliligi bilan chanbarchas bog‘liqdir. Masalan, 
E. Vohidovning quyidagi she’rida “Q” tovushi alohida ohangdoshlik kasb etganligini 
his etasiz va shoir mahoratidan zavqlanasiz: 
Haro qoshing, halam qoshing, 
Qiyiq qayrilma qoshing qiz, 
Qilur qastimga qast qayrab- 
Qilich qotil haroshing, qiz. 
Qafasda qalb qushing qayrab 
Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan. 
Qiyo qilkim,qalbimni. 
Qizdirsin quyoshing, qiz. 
She’rda qiz qarashi-qotil qilichga, oshiq qalbi- qafasda qolgan qushga yoki yor nigohi 
–quyoshga o‘xshatilishi nutq mantiqiyligini yanada oshirgan. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish