Holdor chipor begoniya
(Begoniyalar oilasi). Tik o’suvchi yo’g’on poyalar
chiqaradigan sershox bo’ydor o’simlik, poyalarida cho’ziq tortgan yirik-yirik
yaltiroq barglari bo’ladi; barglarining ustki tomoni to’h yashil rangda bo’lib,
kumushsimon dog’lari bor; pastki tomoni pushtinamo. Holdor begoniya chiroyli
gullaydi, gullari och pushti, oddiy, yirik popuk bo’lib to’plangan. Bu kamtalab
o’simlik. Poyalari ko’pincha juda bo’ydor bo’lib ketadi, ayni vaqtda poyasining
pastki qismidagi barglari to’kilib, faqat uchki tomonlaridagina qoladi. SHuning uchun
poyasi ma’lum darajada o’sganidan keyin chimdib qo’yiladi, shundan so’ng shox-
shabbasi yaxshiroq shakllanib borib, sershox shaklga kiradi. Hol-dor begoniya
qalamchalaridan ko’paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |