Asparagus, sparja, sarsabil
(Piyozgullilar oila-si). Vatani— sharqiy yarim sharning
mo’’tadil iqlim-li va iliq oblastlari. 2 turi — patsimon asparagus va SHprengern
asparagusi ko’proq ekiladi. Asparagus-larning barglari reduktsiyaga uchrab mayda-
mayda par-dasimon tangachalarga aylanib qolgan. Barglar vazi-fasini kambar yupqa
plastinkalar, bargsimon shoxcha-lar — kladodiylar bajaradi. Ikkala turi ham ampelь
o’simliklardir, ya’ni osilib tushadigan poyalar chiqa-radi. Asparaguslarning yer osti
qismlari tuganaklar ko’rinishida yo’g’on tortgan ildizlardan iborat bo’lib, ularda oziq
moddadar bor. Asparaguslar yorug’lik sevadigan o’simliklardir, shunga ko’ra
yorug’lik kamroq joyda yaxshi o’smaydi. Quruq havoga chidash bermaydi.
(«ignachalari» — kladodiylari sarg’ayib, to’kilib ketadi). O’tacha darajada sug’orib
turish, 2—3 yil ora-lab 2:2:2:1 nisbatdagi chim tuproq, bargli tuproq, chi-rindili
tuproq va qumdan iborat tuproq aralashmasiga ko’chirib olib o’tqazib turish talab
ztiladi.
Yog’ochlanib boruvchi tik yoki chirmashib o’sadigan novdalar va to’q yashil rangli
ingichka kladodiylari bo’-ladigan shoxchalar chiqaradigan patsimon asparagusning
bir necha tur-xillari bor: baquvvat (kladodiylari bir muncha kalta bo’ladigan),
ingichka (kladodiylari kam bo’ladigan), past bo’yli va jajji asparaguslar shular
jumlasidandir.
Uzunligi 2 m gacha boradigan bir talay egiluvchan novdalar chiqaradigan,
kladodiylari, xuddi shoxchalari singari och yashil rangda bo’lib, kattaligi 2—5 sm
keladigan, gullari oqish-pushti bo’ladigan SHprengeri asparagusining bir nechta tur-
xili: xonaki (novdala-ri 40 sm cha bo’ladi), ola-bula, popuksimon, o’roqsimon va
boshqa xillari bor.
Aspidistra
(Piyozgullilar oilasi). Vatani — Yaponiya. Ildiz poyali doimo yashil
o’tsimon o’simlik, cho’ziq ellips shaklida bo’ladigan to’q yashil rangli terisimon
barglar chiqaradi, barglarining bandi uzun-uzun bo’ladi. Yesh barglari naycha holida
o’ralgan och yashil rangda bo’ladi, keyin ular yozilib, to’q rangga kirib boradk. Qari
o’simliklar ba’zan gullaydi. Gullari qo’ng’irnamo-sariq rangda, ko’rimsiz bo’lib,
ildizpoya-sining yer,ga shundoqqina yaqin joyida to’p gullar hosil qiladi. Eng
chidamli va kam talab o’simliklarning biri; soyaga, nam yetishmasligiga, havoning
chang va gaz bosgan bo’lishiga, keskin harorat o’zgarishlariga yaxshi bardosh beradi.
Ildizpoyasini bo’lish yo’li bilan ba-horda ko’paytiriladi, shu bilan birga har bir ayrim
qismida 4—5 dona bargi bo’lishi kerak. Aspidistrani 2—3 yilda bir marta, fevralь —
mart oylarida ko’chirib olib o’tqaziladi. CHiroyli bo’ladigan ola-bula turlari ham bor,
ular odatdagi aspidistraga qara-ganda nozikroq, sertalabroq bo’ladi, sekinroq o’sadi,
oftob bo’lishini talab qiladi, oftobsiz joyda barg-larining ola-bula (oq yoki tillarang)
32
tusi yo’qolib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |