Aximenes (Gesneriyalar oilasi).
Vatani — yer yuzidagi tropiklar. Rango-rang tusli
chiroyli gullar chiqaradigan, gultojlari pastga qayrilib turadigan ix-chamgina
o’simlik. Barglari kulrangnamo, yirikmas, tukli. Bahor va yoz bo’yi o’sib, rivojlanib
boradi; kuzga kelib, o’simlikning yer; ustki qismi qurib ketadi; tugunaklari qolgan
tuvakni salqin qorong’i joyga qo’yib qo’yib, onda-sonda bir suv berib turiladi
(tuprog’i qurib qolmasligi uchungina oyiga bir marta). Bahorda ildozpoyasini bo’lib
4:1:1 nisbatdagi barg chirindisi, torfli tuproq va qumdan iborat tuproq aralashmasi
solingan sayozgina tuvaklarga o’tqaziladi va salqin yorug’ joyga qo’yib qo’yiladi,
shu joyda o’simlik tez o’sishga boshlaydi va ko’p o’tmay, |gulga kiradi, ko’p
gullaydi. Usish davrida o’simlikka ko’p suv va nam havo kerak bo’ladi (suv purkab
turish aximenesga yoqmaydi). Uni qalamchalardan ko’paytirish ham mumkin.
Xonaki xillaridan yirik gulli, uzungulli, duragay, qizil aximenes uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |