Nilufarsimon begoniya
(Begoniyalar oilasi). Bu turdagi begoniyaning barglari
dumaloq va silliq, qizg’ish-jigarrang tusda, barg bandlari uzun-uzun bo’ladi;
barglarining orqa tomoni qizil. Begoniya barglari nilufar barglariga o’xshab ketadi,
uning nomi ham shundan olingan. Barg bandlari siyrak tuklar bilan qoplangan.
Poyasi osilib tushib, qovuzloq-qovuzloq bo’lib o’sadi. Gullari och rangda, ko’rimsiz,
gul bandlari uzun-uzun bo’ladi; ularni yulib olib tashlash kerak. Uni yettirish
sharoitlari boshqa turdagi begoniyalarga o’xshash. Bu o’simlik ko’chirib olib qayta
o’tqazish mahalida kesib olingan bargli ildizpoyasidan ko’paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |