Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Gibiskus
, xitoy gul (Gulhayrilar oilasi). Vatani — Xitoy, Siriya. Kamtalab, doimo 
yashil buta o’simlik, ancha katta bo’lib o’sadi. Barglari yirik, to’q yashil yaltiroq, 
tuxumsimon shaklda chetlari tishli; barglari bandli bo’lib, navbatma-navbat 
joylashgan, Xitoy gul ko’p gul chiqarib, uzoq muddat gullab tura-di, gullari to’g’ri 
shaklda, yirik, navining xiliga qa-rab har xil rangda, oddiy va seryaproq bo’ladi. Har 
bir guli bir kecha-kunduz ochilib turadi. Bu o’simlik yorug’ joylarda yaxshi o’sib, 
gullaydi, lekin bir oz soya-ga ham ko’naveradi. Qishda o’rtacha miqdorda, yozda 
mo’l-ko’l sug’orib turiladi, qo’shimcha suv purkab turish: kerak bo’ladi. Yosh 
o’simligi har yili oziqli tuproqqa ko’chirib olib o’tqazib turiladi; qari o’simliklar 3—4 
yilda bir marta ko’chirib olib o’tqaziladi. Qo’chirib olib o’tkazilgandan keyin 
novdalarini kalta qilib kesib qo’yish kerak. Yozda bu o’simlik ochiq havoda o’sishi 
mumkin; qishda uni salqinroq joyda saqlanadi. Qalamchalaridan ko’paytiriladi. 
Mamlakatimizning janubida ochiq yerda o’saveradi. 
Gloksiniya (Gesneriyalar oilasi). Vatani — Amerika tropiklari. Juda chiroyli, lekin 
sertalab o’simlik, har xil tusda bo’ladigan bir rangli va ikkirangli voronkasimon yirik 
gullar chiqaradi. 6—7 oydan qeyin gullaydi, dastlabki shonalarini chimdib olib 
tashlab, o’simlikni bir muncha salqin joyga qo’yib qo’yiladi (havo harorati 15—18° 
bo’lgan joyga). O’rtacha miqdorda suv berib, sug’orib turiladi. Gullashi noyabrgacha 
davom etadi. Gloksiniya 50 tagacha va bundan ko’ra ko’proq gul chiqaradi. 


36 
Gloksiniyalarning barglari yirik, tuxumsimon shaklda, to’q yashil rangda, baxmaldek 
mayin tuklar bilan qoplangan bo’ladi, barglarining bandi kalta. Yer osti qismi — 
tugunaklar. 
Gloksiniyaga yorug’ va salqin xona bo’lishi kerak; tik quyosh nurlari va suv 
purkashga u bardosh bera olmaydi. Uni ehtiyot bo’lib sug’orish kerak. Gullab 
bo’lganidan keyin o’simlikning butun yer ustki qismi asta-sekin quriy boshlaydi, 
shunda suv berishni to’xtatish kerak. Qurib qolgan poya va barglari olib tashlanadi, 
tugunaklarini tuproqdan tozalab, saralanadi va ichiga torf solingan yashiklarda 
qorong’i salqin joyda saqlanadi. Yanvarda tuganaklarini tuproq aralashmasi solib 
qo’yilgan yashiklarga ko’chirib, iliq xonaga o’yib qo’yiladi. Ildiz olib, novda yozishi 
bilan bularni sal nordon, yengil oziqli (biroz sog’tuproq qo’shilgan) tuproqqa olib 
o’tqaziladi. Gloksiniya bargli qalamchalari yoki bandli butun barglaridan 
ko’paytiriladi, buning uchun hammadan yaxshisi, yirik bo’ladigan qari barglarni olish 
kerak; ularni suvga solib qo’yiladi yoki isitib turiladigan oziqli nam joyda ildiz 
oldiriladi, ildiz olgandan keyin esa tuvakka olib o’tqaziladi. Gloksiniyani 
urug’laridan yoki tugunaklarini bo’lib ko’paytirish ham mumkin, buning uchun 
bahorda tugunaklari nish berganidan keyin ularni har qismida nishi qoladigan qilib 
bo’linadi. 
Gloksiniyaning eng yaxshi navlari: psixeya (yirik, oq gulli), goliaf (gulining diametri 
10 sm gacha bo-radi, qizil bo’ladi), tsiklon (baxmaldek-qizil, yirik gulli). 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish