376
Kotirovkasi buxgalteriya hisobotlarida e’lon
qilinadigan aktsiyalar,
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qilingan qo‘yilmalarning
bozor bahosi hisobdagi bahosidan past bo‘lsa, ular bozor bahosida aks
ettirilib, farqi korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalariga olib boriladi.
Majburiyatlarni baholash
. Majburiyatlar tomonlarning kelishuvi
bo‘yicha aniqlangan summada aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra
yuzaga
kelgan majburiyatlar uning qarorida ko‘rsatilgan summalarda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlar alohida aks
ettiriladi.
Da’vo muddati o‘tib ketib, talab qilinmayotgan majburiyatlar hamda
kreditor qarzlar foyda sifatida joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari
schyotiga olib boriladi.
Xaridorlarning debitor qarzlari nakladnoylar
yoki boshqa dastlabki
hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. O‘z vaqtida
qaytarilmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar
shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqariladi.
Ushbu moddaning eski tahrir(12-modda)dan printsipial farqli jihati –
unga:
«Shartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga
muvofiq aks ettiriladi»
degan qo‘shimcha kiritilgan.
Bu jumladagi kalit
so‘zlar:
«shartli aktivlar», «shartli majburiyatlar», «buxgalteriya hisobi
standartlari».
37-sonli «Noaniq majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli
aktivlar» nomli MHXSning 10-bandiga muvofiq:
«Shartli aktiv – bu bo‘lib
o‘tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va uning mavjudligi
faqatgina kompaniyaning to‘liq nazorati ostida bo‘lmagan kelgusi noaniq
hodisalardan biri yoki bir nechtasi sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi
natijasida tasdiqlanadigan aktivdir»
10
.
«Shartli majburiyat – bu:
(a) bo‘lib o‘tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina kompaniyaning to‘liq nazorati
ostida bo‘lmagan kelgusi noaniq hodisalardan biri yoki bir nechtasi sodir
bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi natijasida tasdiqlanadi: yoki
(b) u hozirgi paytdagi majburiyat bo‘lib, o‘tgan hodisalardan yuzaga
keladi, ammo tan olinmaydi, chunki:
(i) iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlashtiradigan resurslarning
majburiyatni so‘ndirish uchun chiqib ketishi talab etilishining ehtimoli yo‘q;
yoki
10
Международные стандарты финансовой отчетности. М.: АСКЕРИ, 2011, -С. 461.