R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/517
Sana04.02.2022
Hajmi8,08 Mb.
#429678
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   517
Bog'liq
fayl 1513 20210818

aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya 
hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniqligini tasdiqlash uchun 
aktivlar va majburiyatlarini vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya qilib turishlari 
lozim. 
Inventarizatsiya 
o‘tkazish 
tartibi 
va 
muddatlari 
№19-
«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli buxgalteriya hisobi 
milliy standarti (BHMS) bilan aniqlanadi. 
Qonunga muvofiq ishlab chiqarish zaxiralari va korxonaga tegishli 
bo‘lmagan, ammo buxgalteriya hisobida turgan (mas’ul saqlash uchun 
olingan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) mol – mulklarning 
boshqa turlari, shuningdek, qandaydir sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan 
mol – mulklar ham inventarizatsiya qilinishi lozim. 
Inventarizatsiya natijalari tegishli normativ hujjatlarga muvofiq 
rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettiriladi. 
Qonunning 17-moddasi 
aktivlar va majburiyatlarni
baholash 
masalalariga bag‘ishlangan (sobiq shu nomdagi 12-modda). Ushbu 17-
moddada oldingi tahrirga nisbatan ayrim printsipial o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, oldingi tahrirdagi «Oborot aktivlar» 
o‘rniga «Tovar-moddiy zaxiralar» tushunchasi kiritilib, lekin baholashning 
uslubiy jihatlari saqlanib qolgan. Ya’ni «tovar-moddiy zaxiralarni baholash 
quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha – balans tuzilayotgan sanadagi 
haqiqiy tannarx(sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha 
yoki bozor bahosi(realizatsiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga 
oshiriladi» deb ta’kidlangan. Shu o‘rinda ishlab chiqarish tannarxi mazkur 
mahsulot (ish, xizmat) turini ishlab chiqarish (bajarish) bilan bog‘liq 
xarajatlar 
ekanligini, 
sof 
realizatsiya 
qiymati 
esa 
mahsulot(ish, 
xizmat)larning realizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan bahosidan realizatsiya 
qilish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirib tashlangandan so‘ngi qolgan summa 
ekanligini nazarda tutish zarur. 
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning 
tovar-moddiy zaxiralari quyidagi ikkita baholash turining bittasi bo‘yicha 
baholanishi lozim: balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish 
narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi (sof 
realizatsiya qiymati) bo‘yicha. Farq zarar sifatida moliyaviy natijalar 
schyotida aks ettiriladi. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
ularning dastlabki yoki tiklash 
qiymati bo‘yicha hisobga olinishi lozim.


375 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan o‘chirish, 
ular qiymati to‘la qoplangunga qadar amortizatsiya hisoblash u yoki bu 
ob’ektni hisobdan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya 
ajratmalari ob’ekt qabul qilinib, foydalana boshlanganidan keyingi oydan 
hisoblanishi lozim. Shuningdek, yerning qiymati amortizatsiyalanmasligi 
ta’kidlangan. 
Keyinchalik sotib olinish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olingan 
asosiy vositalar qiymati ijarachi korxonalarda har oyda amortizatsiya 
ajratmalari hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Nomoddiy aktivlarning eskirish 
normalari ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar va xizmat 
muddatlaridan kelib chiqib, korxonada mustaqil aniqlanadi hamda 
tasdiqlanadi. 
Agar nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni 
bo‘lmasa, amortizatsiya muddati 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, korxonaning 
ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyat muddati doirasida aniqlanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash 
metodiga doimo amal qilinishi lozim. Amortizatsiya hisoblash metodi uni 
o‘zgartirish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lgandagina o‘zgartirilishi 
mumkin. 
Qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash metodi xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy hisobotiga yoziladigan tushuntirishda aks ettirilishi 
lozim. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   517




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish