muhim
printsiplari
-
«uzluksizlik,
ishonchlilik,
ko‘rsatkichlarning
qiyoslanuvchanligi»ni ta’minlaydi.
Yana bir muhim jihat, unda «buxgalteriya hisobi registrining majburiy
rekvizitlari»ni belgilovchi yangi qism kiritilganligidir. Bunday rekvizitlar
quyidagilar:
«registrning nomi;
buxgalteriya hisobi sub’ektining nomi;
registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr
tuzilgan davr;
xo‘jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi;
xo‘jalik operatsiyalarining o‘lchov birligi ko‘rsatilgan holda puldagi
o‘lchov miqdori;
registrni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning lavozimlari,
familiyalari hamda ismi va otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holdagi
imzolari yoki ushbu shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan
boshqa rekvizitlar».
373
Demak, ushbu rekvizitlardan birortasi bo‘lmasa, xato yoki chala
to‘lg‘azilgan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi registri haqiqiy hisoblanmaydi.
Ushbu qismning kiritilishi ham yuqorida ta’kidlangan buxgalteriya hisobi
printsiplarini ta’minlaydi.
Hozirgi paytda barcha tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidagi
korxonalarda asosan buxgalteriya hisobining uchta turi qo‘llanilmoqda:
jurnal-order, bosh jurnal (memorial order shaklining bir turi) va
avtomatlashtirilgan shakl. Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida
yuritilganda hisob axborotlari qo‘lda yoki AKT vositalaridan foydalanib
qayd qilinadi.
Jurnal-order registr sifatida ikkita xususiyatga ega:
a) xronologik yozuv (jurnal) b) sistematik yozuv (order). Ko‘p jurnal-
orderlar sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birlashtiradi. Bunday
jurnal-orderlar uyg‘unlashgan hisob registrlari deb ham ataladi. Alohida bitta
schyot uchun yuritiladigan (masalan, 1,2 jurnal-orderlar) yoki o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan schyotlar guruhi uchun mo‘ljallangan jurnal-orderlar ham mavjud.
Ularga qo‘shimcha ravishda (ko‘pincha analitik hisob uchun) yordamchi
qaydnomalar yuritiladi (debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, ishlab
chiqarish xarajatlari hisobi va shu kabilar uchun).
Jurnal-order va vedomostlar bilan birga umumlashtiruvchi sintetik
hisob registri-
Bosh daftar
ham yuritiladi. Bosh daftarda har bir sintetik
schyot uchun yoyiq bir bet ajratilgan bo‘lib, unda tegishli schetning oy
boshiga va oy oxiriga qoldig‘i, debet oborotlari yoyiq holda, ya’ni
kreditlanuvchi schyotlar hamda shu schyotlar yuritiladigan jurnal-orderlar
raqami ko‘rsatilib, kredit oboroti esa umumiy summasi bilan har oyda aks
ettirib boriladi. Bosh daftar bir yilga ochilib, har oy uchun bir qator ajratiladi.
Bosh daftar va boshqa hisob registrlarining qismlariga asosan buxgalteriya
balansi hamda hisobotning boshqa shakllari to‘lg‘aziladi.
Bosh-jurnal shakli hisobning memorial-order shakli ko‘rinishlaridan
biri hisoblanadi. Uning mazmuni shundan iboratki, xo‘jalik operatsiyalarini
qayd qilish uchun maxsus yig‘ma hisob qaydnomalaridan foydalaniladi.
Hisobning bosh-jurnal shakli asosan kichik biznes korxonalarida,
xususan mikrofirmalarda qo‘llaniladi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish
uchun hisob registrlari «Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining
soddalashtirilgan shaklini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom»da tavsiya etilgan
(O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (№ 1. 21.01.2008y.),
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (№ 1/2.
21.01.2008y.) qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan).
374
16-moddada
Do'stlaringiz bilan baham: |