Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

10.1-jadval 
AQSH korxonalarda tarmoqlar bo’yicha reklama xarajatlari salmog’i 
 
Tarmoq 
AQSh korxonalarida reklama 
xarajatlari salmog’i, % 
Sotuv hajmida 
Foydada 
1. Sutni qayta ishlash 
1,4 
5,5 
2. Oziq-ovqat mahsulotlari 
6,3 
16,3 
3. Oziq-ovqat magazinlari 
4,2 
10,3 
4. Go’shtni qayta ishlash 
6,0 
23,7 
5. Parrandani qayta ishlash
2,5 
13,5 
6. Kolbasa va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish
9,6 
24,5 
7. Shakar va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish
12,7 
29,9 
Shu bilan bir qatorda texnik byudjet, raqobat paritett, topshiriq va boshqalar 
asosida rejalashtirish usullari ham mavjud. 
10.2. Marketing kommunikatsiyalari byudjetini rejalashtirish usullari 
Bozor ulushi, foyda miqdori yoki sotuv hajmi bo’yicha byudjetni rejalashtirishda 
reklama yoki marketing kommunikatsiyalari xarajatlar normativi foydalaniladi. 
100
Р
П
ПР
П
Р
Н
О
Р
=
bu yerda 
R
R
P
– reklama xarajatlari miqdori, ming rubl 
O
PR
P
– rejadagi sotuv hajmi, foyda miqdori, ming rubl 
N
R
– bozor ulushi, foyda miqdori yoki sotuv hajmidan reklama xarajatlari 
normativi, %. 


186 
Eng yuqori normativ sotuv bozorining rivojlanish dinamikasini hisobga olgan 
holda ish tajribasi va hisobot ma’lumotlaridan kelib chiqib belgilanadi. byudjetni tejash 
yoki undan ortib ketish ko’plab omillarga, jumladan, asosiy raqobatchilarning reklama 
xarajatlariga bog’liq bo’ladi. Hisob-kitoblar ob’ektiv bo’lishi uchun tovar taklifi 
xususiyatlari, narx va talabni hisobga olgan holda sotuv hajmini to’g’ri bashorat qilish 
zarur. 
Bir qator tarmoqlarda ushbu usulning xtlma-xil turlari foydalaniladi. Normativ 
tovar birligiga so’mda belgilanishi mumkin. Marlboro kompaniyasi yillik umumiy 
xarajatlar 46,8 mln dollar bo’lgani holda bir blok sigareta reklamasiga atigi 8,9 sent 
sarflaydi. Sigaretalar uchun asosiy reklama xarajatlari markalarni almshatirishga 
qaratiladi. parfyumeriya reklamasiga sotuv qiymatinin 12%dan ortig’i, sug’urta 
kompaniyalari xizmatlariga esa – 1% sarflanadi. 
Normativ sifatida reklama xarajatlarining tovarning bozor ulushi foiziga nisbati 
ham foydalaniladi. Tadqiqotchilar bozor ulushi va reklama xarajatlari o’rtasida 
chambarchas bog’liqlik mavjudligini qayd etadi. 
Shunday holatlar ham ma’lumki, bunda bozor ulushining har bir foizi sotuv 
hajmida 1,8-2% miqdorida reklama xarajatlarini talab qiladi. 
Mazkur usulning kamchiligi uning bozor faoliyati asosiy tamoyili – marketing 
kommunikatsiyalari 
byudjeti 
miqdorigagina 
bog’liq 
bo’lmagan 
talabni 
rag’batlantirishga mos kelmasligidir. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar sotuv hajmi 
taqqoslash mumkin bo’lgan darajada bo’lganda bozor ulushi birligiga hisoblaganda 
raqobatchilarga nisbatan reklamaga kamroq pul sarflaydi. Shu sababli ko’pincha 
xarajatlarni qo’yilgan maqsadlar bilan mantiqiy muvofiqlashtirishni rejalashtirish usuli 
foydalaniladi. 
Qo’llanayotgan harakatlar muvofiqligini baholash uchun Shroer usulidan 
foydalaniladi. Buning uchun raqobatchining kommunikatsiya xarajatlari o’z bozor 
ulushi bilan solishtiriladi. 
Xarajatlarni qo’yilgan maqsadlarni hisobga olgan holda rejalashtirishda joriy va 
istiqboldagi davrlar uchun dolzarb masalalar hal etilishiga erishish maqsadida 


187 
kommunikasion ta’sir eng istiqbolli bozor segmentlariga qaratiladi. Ro’y berishi 
mumkin bo’lgan vaziyatlar va ularning har biri uchun rivojlanish ssenariylari bashorat 
qilinadi. Amaldagi natijalar bashorat qilingan natijalardan farq qilganda 
kommunikasion ta’sirga tuzatish kiritiladi, bu esa o’z vaqtida zarur choralar ko’rish va 
sotuv holatini samarali boshqarishga imkon beradi. Xarajatlarni marketing maqsadlari 
bilan muvofiqlashtirish usuli yangi tovarni bozorga chiqarishda eng unumli usul 
hisoblanadi. 
Kommunikasion byudjet ishlab chiqishning mazkur usulidan foydalanish bir 
qator ketma-ketlikda bajariladigan bosqichlarni taqozo etadi. Dastlab maqsadni 
aniqlashtirib olish zarur: masalan, 50 ming kishidan iborat potensial xaridorlar 
qatoridan 2 ming kishini jalb qilish. 
So’ngra xaridlar haqiqatdagi takrorlanishini baholash lozim. Buning uchun 
maxsus tadqiqotlar o’tkazilib, ular masalan, 50 ming kishidan iborat potensial 
xaridorlardan 20 mingtasi tovarni takroran xarid qilishi mumkinligini ko’rsatishi 
mumkin. takroran xarid qilish ehtimoli 0,4 ga teng (20 : 50) bo’ladi. 
O’z markasining bozor ulushi 
Shundan keyin marketing kommunikatsiyalari vositalari bilan muloqotlar 
ehtimoliy darajasi baholanadi. Agar tadqiqotlar ikki oy davomida 6 ta reklama e’loni 
paydo bo’lishi reklamani 4 marta va undan ortiq ko’rgan 10 mingta iste’molchini 
ta’minlashini ko’rsatsa, kommunikatsiya vositalarini hisobga olgan holda tovar haqida 
xabardorlik darajasini baholash mumkin - 0,5 (10:20). 
Tadqiqot natijalari bo’yicha beshta e’londan bittasi o’qilishini taxmin qiladigan 
bo’lsak, o’zlashtirish koeffisienti quyidagiga teng bo’ladi - 0,2 (1:5). Natijada barcha 
nashr o’quvchilaridan 10 ming kishi (50•0,2) haqiqatda reklamani ko’rsa va uning 
mazmuni haqida 5 ming kishi (10•0,5) xabardor bo’lsa, 2 ming kishi (5•0,4) tovarni 
takroran xarid qiladi. 
Keyingi qadam – kommunikasion byudjet xarajatlarini hisob-kitob qilish. Bitta 
e’lon narxi 4 ming rubl bo’lganda beshta nashr 20 ming rublga tushadi, xarid 
takroriyligi va xabardorlik darajasini ta’minlash ehtimolini baholash bo’yicha tadqiqot 


188 
xarajatlari 5 ming rublni tashkil qiladi. jami qo’yilgan maqsadga erishish byudjeti 25 
ming rublga teng bo’ladi. 
Maqsadlarni hisobga olish usulining boshqa varianti raqobatchining reklama 
xarajatlari ulushini uning bozor ulushi bilan taqqoslashni taqozo etadi. 
Kommunikasion ta’sirni modellashtirish usuli bilan byudjetni hisob-kitob qilish 
shundan kelib chiqadiki, zaruriy sotuv hajmiga erishish uchun mos keluvchi narx 
bo’yicha muayyan miqdorda tovarlar xarid qiladigan iste’molchilarni ma’lum bir 
sonda jalb qilish qilish kerak bo’lib, bu ma’lum darajada xabardorlikni talab qiladi, 
buning uchun esa mos keluvchi kommunikatsiya vositalari kerak bo’ladi. 
Modellashtirish bozor tavsifnomasi – uning hajmi, reklama qilinayotgan tovarni 
xarid qilishi lozim bo’lgan iste’molchilar soni, buni ta’minlay oladigan reklama 
vositalari haqida axborot mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu modelning afzalligi 
tadqiqot ob’ektida – yakuniy iste’molchida uning jalb qilinganlik xususiyatlarini, 
markaga nisbatan axborot va transformasion imkoniyatlarini, oqilona va obrazli 
qoniqqanlik darajasini bilishdan iborat. 
Kommunikasion modellashtirshiga misol qilib S(A) sotuv hajmi (A) reklama 
xarajatlariga funksional bog’liqligini baholash eksperimental ma’lumotlari asosida 
Littl byudjet hajmi haqida qaror qabul qilishni moslashuvchan nazorat qilish modeli 
bo’yicha reklama byudjetini hisob-kitob qilishni keltirish mumkin. 
S(A) = α + βA - γA , 
bu yerda α, β, γ – hisob-kitob konstantalari. 
Boshqa shunga o’xshash usullar orasida Vaynberg modelini keltirib o’tish 
mumkin. Mazkur model (W) korxona byudjet hajmini ularning o’zgarishi korxona 
xarajatlari darajasini belgilab beradigan eng muhim omillar: korxona sotuv hajmida 
reklama xarajatlari ulushining mos keluvchi raqobatchilar ko’rsatkichiga nisbati (t); 
korxonaning bozor ulushi (U); raqobatchining reklama byudjeti (W
K
); raqobatchining 
bozor ulushi (U
K
) ga qarab quyidagi formula bo’yicha bashorat qilish imkonini beradi: 
K
K
U
W
tU
W
=


189 
Marketing kommunikasion byudjetini ishlab chiqishda xarajatlar rejasimgk 
rejalashtirilgan tadbirlari qiymatini to’g’ridan-to’g’ri hisobga olish bilan aniqlanishi 
mumkin. Barcha kommunikatsiya xarajatlari, ayniqsa, reklama xarajatlari aniq 
identifikasiya qilinishi lozim, chunki mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan 
xarajatlar belgilangan me’rlar doirasida QQS miqdorini qoplash va foyda solig’i uchun 
me’yorlashtiriladi. 
Reklamani tashkil qilish qiymatiga quyidagi xarajatlar kiritiladi: 
- reklama mahsulotlari ishlab chiqish, chop etish va tarqatish xarajatlari (suratli 
preyskurantlar, kataloglar, broshyuralar, albomlar, prospektlar, plakatlar, reklama 
xatlari, otkritkalar); 
- rasxodi na razrabotku, izgotovlenie i rasprostranenie eskiz, etiketka, original 
va firma paketlari namunalari, o’rab-qadoqlash materiallari ishlab chiqish, tayyorlash 
va tarqatish, reklama suvenirlari, chiqarilayotgan mahsulot namunasi ‘arid qilish, 
tayyorlash va tarqatish xarajatlari; 
- ommaviy axborot vositalarida reklama tadbirlari xarajatlari (matbuotdagi 
e’lonlar, radio eshittirishlar va teleko’rsatuvlar); 
- yorug’lik reklamasi va boshqa tashqi reklama xarajatlari; 
- reklama kino-, video-, diafilmlar xarid qilish, tayyorlash, nusxa olish va 
namoyish etish xarajatlari; 
- reklama taxtasi, ko’rsatgichlar tayyorlash xarajatlari, reklama materiallarini 
saqlash va tarqatish xarajatlari; 
- ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlari; 
- vitrinalar, namunalar xonalari, namoyish zallarini bezatish xarajatlari; 
- vitrinada namoyish etishda sifatini qisman yoki to’liq yo’qotgan tovarlar 
narxini arzonlashtirish xarajatlari; 
- ommaviy reklama kampaniyalari o’tkazish vaqtida topshirish uchun yutuqlar 
xarid qilish, tayyorlash va tarqatish xarajatlari; 
- reklama tadbirlari o’tkazish xarajatlari (anjumanlarda ishtirok etish, taqdimot 
o’tkazish). 


190 
Reklama xarajatlari qatoriga kiradigan xarajatlar ro’yxati ochiq hisoblanadi. 
Korxonalar sarflagan xarajatlar reklama xarakteriga ega bo’lishi shartlarida ular ushbu 
asosda quyidagi tasnifiy belgilar bo’yicha xarajatlar tarkibiga kiritilishi mumkin: 
- korxona ishlab chikaradigan mahsulot haqida axborot tarqatish xarajatlari; 
- axborotni tarqatishdan maqsad – mahsulotni ilgari surishga qaratilgan potensial 
iste’molchilarga ta’sir ko’rsatish xarajatlari. 
Tovar sotish uchun mo’ljallangan binolarda ilib qo’yiladigan ish tartibi, xizmat 
ko’rsatish qoidalari, muloqot variantlari (telefon, faks) haqidagi axborot beruvchi 
vositalar, ogohlantiruvchi tablichkalar va reklama xarakteriga ega bo’lmagan boshqa 
axborot beruvchi material va elonlar reklama xizmatlari tarkibiga kirmaydi. 
Agar taqdim etilgan axborot uni joylashtirgan shaxsga, uning tovarlari, g’oyalari 
va rejalariga qiziqish uyg’otish yoki qo’llab-quvvatlash maqsadini ko’zlasa, u reklama 
sifatida ko’rib chiqilishi lozim. 
Vitrinalarda asosiy profil bo’yicha tovar haqidagi axborot ustunlik qilishi lozim 
(hajm va miqdorning 70%idan ko’p). Asosiy profil bo’yicha bo’lmagan axborot ham 
reklama hisoblanadi. 
Tovarlarning o’ziga nisbatan tovarlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarda, 
shuningdek, tovar yorliqlarida joylashtirish majburiy bo’lgan ma’lumotlar ro’yxati 
reklama hisoblanmaydi. Axborot tovarning asosiy iste’mol xususiyatlari, tarkibi, 
vazni, hajmi, zararli moddalar mavjudligi, qarshi dalillar va sotuv qoidalari, ishlab 
chiqaruvchi joylagan joy haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, standartlar 
belgilanishidan iborat bo’lishi lozim. Tovar yorlig’ida kafolat muddati, xizmat 
ko’rsatish muddati, xavfsiz foydalanish qoidalari, sertifikasiya haqida axborot, sotuv 
qoidalari, ishlab chiqaruvchi joylagan joy haqidagi ma’lumotlar ko’rsatish zarur. 
Reklama to’lovlari uchun mos keluvchi shartnomasiz ommaviy axborot 
vositalarida joylashtirilgan reklama xarajatlari tarkibidagi ishlar uchun to’lovlar 
mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. 
Birlamchi hujjatlarga qo’yiladigan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan 
reklama xizmatlari ko’rsatilganini tasdiqlaydigan dalolatnoma xarajatlar qonuniyligini 
aks ettiradigan asosiy hisob hujjati hisoblanadi. Rejalashtirilgan reklama xarajatlarini 


191 
ob’ektiv hisobga olish uchun xarajatlar dastlabki smetasini tuzish hamda mablag’lar 
sarflanishi va smeta ijrosi ustidan tezkor hisob maqsadga muvofiq. 
To’g’ridan-to’g’ri schet bilan marketing byudjetini hisob-kitobi quyidagi 
jadvalda keltirilgan shaklda ifodalanishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish