Iste’mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi.
Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi.
Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Istemol va jamģarmaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi. Hozirgi kunda mamlakatning xalqaro bozorlarda erkin tovar ayirboshlashi ham xalqaro baholarda, jahon andozalariga moslashib bormoqda. Ta’minotning makroko’lamdagi holati iste’mol funktsiyasini o’rganish taqozo etadi. Chunki, iste’mol funktsiyasi mohiyatini bilish iste’mol bozorini boshqarishda asos bo’ladi. Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo’lmaydi. Xaridorlar tarkibiga aholiga bepul xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar
Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonining anglatadi. SHaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste‘mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
2
Milliy daromadning (MD=ZM+QM) jamiyat a‘zolarining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste‘mol fondi deb ataladi.
Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va dalat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishidir. Jamg’arish fondi – bu barcha xo’jaliklar daromadidan iste‘mol sarflarini ayirib tashlansa uning hajmini tashkil qiladi. Barcha xo’jaliklar daromadi quyidagi yig’indidan iborat bo’ladi: XD =C+S (1)
Bu yerda: XD – barcha xo’jaliklar daromadi; S - iste‘mol miqdori; S -jamg’arma miqdorini bildiradi.
3
Iste‘mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta‘sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste‘mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalar bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya‘ni jamg’arma real foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi deyiladi (hisoblanadi). Aholi daromadlari iste‘mol va jamg’arma mablag’larinig yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi bilan iste‘mol kamayib, pasayishi bilan esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste‘mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.
Jamg‘arishning mohiyati,omillari va samaradorligi
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek ehtiyot zahiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.Jamg’arilgan mablag’larining moddiy ishlab chiqarish sohasinig asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi.
Jamg’arish normasi bevosita jamg’arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: ЖН = JS х100% (6) MDBunda: JN-jamg’arish normasi; JS-jamg’arish so’mmasi; MD – milliy daromad.
Investitsiya va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini sarflarining pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsion faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foya, amortizatsiya aratmalari, pul jamg’armalari va h.k)
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligitsiya, zayomlari, bank kreditlari).
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoiy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa tulovlari)
- davlat byujeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
2
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko’rsatadi:
1) Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) Texnologik o’zgarishlar.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. Yalpi investitsiyalar - joriy yil davomida iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga muljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.