90
Etakchi xodimlarning so’zga chiqishlaridan so’ng mehmonlarga tashkilotning
barcha bo’linmalari, agar mavjud bo’lsa – laboratoriyalar va h.k. faoliyatini ko’rsatish
lozim.
Agar bu tadbir ommaviy axborot vositalarida yoritiladigan bo’lsa, ochiq eshiklar
kuni o’tkazish natijasi ancha yuqoriroq bo’ladi. Axborot shunday taqdim etilishi
kerakki, u odamlarni ushbu tashkilot faoliyatiga qiziqtirib qo’ysin,
uning ishida
bevosita yoki bilvosita ishtirok etish istagini uyg’otsin.
Pablik rileyshnz muhim vositalaridan biri sanalgan
ko’rgazmalar
korxonalarga
bozordagi o’z pozisiyalarini mustahkamlashga yordam beradi. Korxona ko’plab va
xilma-xil firmalar ishtirok etadigan biron-bir ko’rgazma qo’mitasi tomonidan tashkil
etiladigan ko’rgazmalarda qatnashishi mumkin. Biroq korxona mustaqil ravishda
«shaxsiy» ko’rgazma tashkil qilishi va u yerda bir o’zi ishtirok etishi ham mumkin.
Ko’rgazma o’tkazish zarurati korxona o’z oldiga qo’yadigan quyida maqsadlar
bilan belgilanishi mumkin:
- korxona uchun ma’lum bir imidj yaratish;
- o’z mahsulotlarini ilgari surish;
- bozorni tadqiq etish.
Biroq, masalan, imidj yaratish yoki sotuv hajmining o’sishini
odatiy reklama
vositalari bilan ham ta’minlash mumkin. Shu sababli ko’rgzmada ishtirok etish yoki
mustaqil ravishda ko’rgazma tashkil qilish har bir muayyan holatda uning maqsadga
muvofiqligi, xarajatlar va kutilayotgan natijalarni taqqoslashni talab qiladi. Shu bilan
birga, ko’rgazmalar tashkil qilgan holda bozorda o’z pozisiyalarini
mustahkamlashning turli vositalarini uyg’unlashtirish sezilarli ijobiy samara beradi.
Shunday qilib, ko’mada ishlashga tayyorgarlikni boshlashni oldin uni
o’tkazishdan maqsadlarni belgilab olish, shundan keyin
bu maqsadlarga muvofiq
ravishda muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan, mos keluvchi o’zaro bog’liq
ishlar kompleksini amalga oshirish zarur.
Qabul marosimlari
korxonalar tomonidan dam olish va ko’ngilocharliklarini
ishbilarmonlik muloqoti bilan birlashtirgan holda mehmonlar bilan birgalikda vaqt
o’tkazish uchun tashkillashtiriladi. Qabul marosimlari mustaqil tadbirlar sifatida yoki
91
boshqa tadbirlar, masalan, marosimlar bilan birgalikda o’tkazilishi mumkin.
Qabul
marosimlari odatda quyidagi hollarda tashkil qilinadi:
- korxona tashkil qilingan tantanali sana yoki bironta yubiley;
- korxonaga hamkorlar delegasiyasi tashrif buyurishi;
- yirik bitim imzolanishi, jiddiy tadbir o’tkazilishi va h.k.
Qabul
marosimi
ishbilarmonlik
aloqalarining
kengayishi
va
mustahkamlanishiga, ishbilarmonlik jamoatchiligi orasida korxona imidji yaratilishiga
xizmat qilishi lozim. Bu tadbir puxtalik bilan tayyorlanishi lozim. Tayyorgarlik
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– qabul maqsadlarini belgilash;
– qabul shaklini tanlash;
– qatnashchilar tarkibini belgilash;
– qabul ssenariysini tuzish;
– taklifnomalar jo’natish;
– menyu tuzish;
– stollarni bezatish;
– mehmonlarni stollarga o’tqazish rejasini tuzish;
– mehmonlarga xizmat ko’rsatish tartibi;
– nutq va tabriklarni tayyorlash.
Qabul marosimlari turli belgilarga ko’ra tasniflanishi mumkin. Qabul
marosimlari rasmiy va norasmiy, qatnashchilar o’tiradigan joylar oldindan belgilangan
va belgilanmagan bo’lishi mumkin.
Rasmiy marosimlar qatoriga oldindan tayyorgarlik ko’riladigan,
taklif
qiluvchilar va taklif qilinuvchilar belgilangan taomillarga amal qiladigan qabul
marosimlari kiradi. Norasmiy marosimlar oldindan tayyorgarlik ko’rmasdan, do’stona
ishchi vaziyatda o’tkaziladi. Ular qoidaga ko’ra, kichik korxonalarda o’tkaziladi. Biroq
ularga doimo tayyor turish talab etiladi.
Kunduzgi qabul marosimlari qatoriga «nonushta» tadbirlari kiritiladi.
«Nonushta» ertalabdan boshlab soat 12 gacha tashkil qilinishi va 1,5-2 soat
davom etishi mumkin. Dasturxondagi taomlar unchalik xilma-xil bo’lmaydi.
Tushlik
92
jarayonida umumiy mavzular bilan birgalikda ishga doir masalalar ham muhokama
qilinishi mumkin.
Kechki qabul marosimlari – tantanalilik darajasi yuqoriroq bo’lgan tadbirlardir.
Ular qatoriga «kokteyl», «furshet», «tushlik», «tushlik-bufet», «kechki ovqat».
Kokteyl (ingl. Cocktail – xo’roz dumi) – shakar, maza beruvchi dorivorlar, meva
va h.k. qo’shiladigan spirtli ichimliklardan iborat bo’lgan aralashma. «Kokteyl»,
«kokteyl oqshomi» odatda soat 17-18 da boshlanadi va ikki soat davom etadi.
Ofisiantlar suhbatlashib turgan odamlar oldiga ichimliklar (qoidaga ko’ra, kokteyl) va
yaxna gazaklar olib keladi.
«Furshet» (fr. Fourchette – sanchqi) amalda «kokteyl»dan katta farq qilmaydi.
Bu yerda mehmonlarning o’zi bezatilgan stollar oldiga kelib, likopchalariga o’zlari
uchun gazaklar solib oladi va suhbatlashayotgan kishilar oldiga boradi. Furshetda ham,
kokteylda ham an’anaviy sanchqilar deyarli foydalanilmaydi, ularning o’rniga kichik
plastmassa yoki yog’och sanchqilar ishlatiladi.
«Tushlik» va «kechki ovqat» bir-biridan faqat ularni o’tkazish vaqti bo’yicha
farq qiladi. Bu tadbirlar – qabul marosimlarining eng tantanali shakllaridir. Tushlik
odatda soat 17 atrofida boshlanadi va 2-3 soat va undan ortiq davom etadi. Kechki
ovqat bundan kechroq boshlanadi. Tushlik va kechki ovqat qatnashchilar o’tiradigan
joylar oldindan belgilangan holda o’tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: