88
jamoatchiligi uchun katta qiziqish uyg’otsin, anjumanga ommaviy axborot vositalari
qiziqib qolsin va uning materiallarini chop etsin. Buning uchun anjuman
tashkilotchilari oldindan media-kit tayyorlashi va jurnalistlarga taqdim etishit lozim
bo’lib, u quyidalardan iborat bo’lishi ko’zda tutiladi:
– anjuman dasturi;
– anjuman tashkilotchisi sanalgan korxona haqida umumiy axborot (nomi,
faoliyat turlari, qisqacha tarixi, strukturasi va h.k.);
– anjuman qatnashchilari ro’yxati va
ularning qisqacha tavsifnomasi;
– eng muhim va jamoatchilik uchun qiziqarli bo’lgan ma’ruzalar tezislari;
–press-reliza matni.
Anjuman o’tkazish natijasida ishbilarmonlik jamoatchiligida tashkilotchi
korxona va uning mahsulotlari haqida ijobiy fikr va tasavvurlar shakllanishi juda
muhim.
«Davra stoli»
- muammoni muhokama qilish,
korxonalar hamjamiyati yoki
firmaning ishbilarmonlik siyosati, taktika va strategiyasini ishlab chiqish vositalaridan
biri.
Davra stoli qatnashchilari odatda korxonalar rahbarlari yoki mos keluvchi
tadbirkorlik faoliyati sohasining nufuzli mutaxassislari hisoblanadi. Davra stolida
firma vakillarining qatnashishi ma’lum bir muammolarni hal qilishdan tashqari, uning
faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishda keng ishbilarmonlik jamoatchiligi
orasida yetarli darajada mashhurlikni qo’lga kiritishga ham yordam beradi.
«Pablik rileyshnz» sohasidagi har qanday tadbir kabi «davra stoli» faoliyati
oldindan tegishli ravishda rejalashtirilgan va tayyorgarlik ko’rilgan bo’lishi lozim.
Davra
stoli mavzusi, muhokama qilinadigan masalalar va qatnashchilar tarkibi
oldindan belgilanadi. Davra stoli qatnashchilarini muhokama uchun taklif etilayotgan
masalalar bilan dastlabki tanishtirish ularga o’z pozisiyalarini, fikrlarini aniqlashtirib
olish, dalillar va materiallar tayyorlashga imkon beradi.
Bunday tadbir qatnashchilari soni 10-15 kishidan oshmasligi kerak. Ish uchun
haqiqatda aylana shaklidagi stol bo’lishi shart emas. Qatnashchilar bir-biriga
yuzlangan holda o’tirishi uchun aylana, to’rtburchak yoki kvadrat shaklida o’rnatilgan
89
stollar ortida joylashtiriladi. Har bir qatnashchining oldida stolda tablichka-
identifikator turishi lozim bo’lib, unda yirik shrift
bilan ularning ismi-sharifi,
firmasining nomi va lavozimi ko’rsatiladi.
Davra stoli ishini boshqaruvchi «stol» qatnashchilari bilan oldindan kelishilgan
holda ssenariy, muhokama qilinadigan savollar va so’zga chiqishlar ro’yxati va ketma-
ketligini tayyorlashi mumkin. bunday tayyorgarlik, ayniqsa, tadbir televidenie
dasturlarida namoyish etiladigan bo’lsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holatda,
muhokama qilinadigan muammolar va hal etilmagan masalalar mavjudligiga qaramay,
«davra stoli» qatnashchilari, boshlovchi bu tadbir jarayonida alohida shtrixlar, iboralar
yordamida o’z korxonasi yoki davra stoli qatnashchisi bo’lgan
korxonalar haqida
teletomoshabinlar yoki o’quvchilarda ijobiy taassurot uyg’otishi lozim.
OAV vakillari uchun ular o’z muloqot doirasini bu hodisa haqida xabardor
etishda foydalanishi mumkin bo’lishi uchun boshlang’ich materialni oldindan
tayyorlab qo’yish zarur.
Ko’plab tashkilot va muassasalar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: