Televidenie
ovozdan tashqari tasvir ko’rinishida ham beriladigan axborotlarni
uyg’unlashtiradi.
Moskva shahrida 80 ga yaqin xorijiy teleradiokompaniyalar o’z byurosiga ega.
Ularning orrasida eng mashhuri CNN (Cable News Network) xususiy telekompaniyas
hisoblanadi. U kabel orqali uzatiladigan ko’rsatuvlar uchun abonent to’lovlari va
reklamadan olinadigan daromad hisobiga kun ko’radi. Kompaniya sutkasiga 24 sota
ishlaydi va turli qit’alardagi 150 dan ortiq mamlakatda namoyish etiladi.
Buyuk Britaniyaning mashhur VVS (British Broadcasting Corporation) davlat
teleradiokompaniyasi 46 dan ortiq tilda ko’rsatuv va eshittirishlar beradi.
Internet
asta-sekinlik bilan ommaviy axborot vositalari qatoriga kirib
borayotgan nisbatan yangi axborot vositasi hisoblanadi. Internet orqali matn, ovoz,
harakatlanayotgan rangli tasvirlar (animasiya), videodan foydalanish mumkin. Ushbu
xalqaro axborot tizimidan foydalanuvchilar soni kun sayin o’sib bormoqda. Agar 1996
yil Internetga haftasiga 61 mln. kishi ulangan bo’lsa, 1998 yilda - 147 mln. kishi ulandi.
2015 yilga kelib, global kompyuter tarmog’idan foydalanuvchilar soni ??? kishiga
yetishi kutilmoqda.
Dlya poiska informasii v seti Internet tarmog’ida axborot qidirib topish uchun
Word Wide Web (WWW – butujahon o’rgimchak to’ri) axborot-qidiruv tizimi xizmat
qiladi, u axborotlarni matndan tortib to ovoz va videotsvirlar ko’rinishigacha
multimedia shaklida taqdim etadi.
Internet tarmog’idan biznesda foydalanish bir-biridan uzoq masofada
96
joylashgan yirik kompaniya bo’linmalari o’rtasida hujjatlar almashinish uchun
foydalanilgan elektron pochta xizmatidan boshlandi. Internetdan biznesda
foydalanishning navbatdagi yo’nalishiga aylangan reklama elektron pochta rejimida
potensial xaridorlarga yuborilgan. Internetdan reklama maqsadlarida foydalanishga
misol qilib IBM firmasini keltirish mumkin. 1996 yilning bahorida ushbu kompaniya
Rossiya matbuotida o’zining WEB-sahifasini reklama qilish uchun o’n minglab dollar
mablag’ sarfladi. Savdo korxonalari Internetdan asosan tovarlarni reklama qilish va
dialog tarzida savdoni tashkil qilish uchun foydalanadi. Internet ulgurji savdo sohasida
keng foydalaniladi.
Internetdan foydalanish tijorat strukturalariga katta miqdorda mablag’lar tejab
qolishga imkon beradi, chunki reklama xarajatlari - 60%, poligrafiya xarajatlari - 40%,
maslahat xarajatlari - 50% va transport xarajatlari - 80% qisqaradi.
Pablik rileyshnz axborot materiallari
O’ziga nisbatan barqaror ijobiy munosabatni ta’minlash maqsadida korxonalar
matbuotga turli axborot materiallarini muntazam ravishda taqdim etib turishi kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi bilan bozorda ishlashning yangicha
tushunchalari, atamalari paydo bo’ldi. Biz uchun yangilik sanalgan PR axborot
materiallari paydo bo’ldi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
1.
Bekgraunder (backgrounder)
– sensasiya xarakteriga ega bo’lmagan, korxona
va tashkilotlardagi joriy hodisalarni aks ettiradigan axborot ma’lumotlari. Bu OTMda
ochiq eshiklar kuni o’tkazilishi haqidagi xabar, bironta firmaning magazinlari kunu-
tun ishlashi haqida xabar yoki masalan, qurilish materiallari assortimentini
kengaytirish haqida xabar bo’lishi mumkin.
2.
Nyuz-reliz yoki press-reliz (new-release, press-release)
– matbuot uchun
tayyorlangan, keng jamoatchilik uchun foydali axborot yoki muhim yangilikdan iborat
bo’lgan xabar. Bu keng omma uchun qiziqish uyg’otadigan bironta muassasa, yirik
magazin ochilishi haqida xabar bo’lishi mumkin.
3. Media-kit (media-kit)
– matbuot orqali keng muloqot diorasiga tarqatiladigan
bir necha xil turdagi axborot materiallari komplekti. Kit (komplekt) savol-javob
ko’rinishida bajarilgan materialdan iborat bo’lishi mumkin.
97
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |