93
– radio;
—
televidenie;
– Internet.
Axborot agentliklari bu – qoidaga ko’ra, pullik asosda axborot to’playdigan va
ommaviy axborot vositalarini (gazeta, jurnal, radio, televidenie), davlat,
jamoat va
tijorat muassasalarini yangiliklar bilan ta’minlaydigan tashkilotlar.
Masalan, AQShning Shiroko, naprimer, Associated Press (AR) axborot agentligi
juda mashur. U dunyoning dunyoning turli mamlakatlarida 80 dan ortiq va AQShning
o’zida 140 ta byuroga ega. Ushbu agentlik dunyo bo’ylab 15 mingdan ortiq mijozga
(gazeta, jurnal, tele va radiokompaniyalar, davlat tashkilotlari va h.k.) xizmat
ko’rsatadi.
AQShda yiriklik darajasi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan va AR raqobatchisi
bo’lgan United Press International (UPI) AQSh da 146 ta va uning hududidan
tashqarida 80 dan ortiq bo’inmaga ega.
Moskvada 16 dan ortiq mahalliy axborot agentiklari mavjud. ularnin gorasida
eng mashhurlari RIA «Novosti»,
ITAR-TASS, «Praym»-TASS, «Interfaks» bo’lib,
ularning axborotlaridan turli ommaviy axborot vositalari keng foydalanadi.
Alohida tashkilot va korxonalar buyurtmasi bilan ommaviy axborot vositalari
monitoringi bilan shug’ullanadigan axborot agentliklari ham mavjud.
Monitoring
bu –
matbuot, radio, televideniedagi xabarlarni kuzatib borish, tahlil qilish va baholashdir.
Bunday agentliklar istalgan masala bo’yicha va istalgan kompaniya haqida gazeta va
jurnallarda bosib chiqarilgan materiallar taqdim etishi mumkin. Masalan, AQShda
shunday agentlik mavjud – press-kliping byuro Burrel, u har kuni o’z mijozlariga 50
minggacha klip-podborka (clip – qirqib olingan parcha) yuboradi. Byuro 1700 ta
kundalik va 8300 ta haftalik gazetaga, 6300 ta jurnalga obuna bo’lgan. Byuro
xizmatlarining narxi oyiga 200
dollarni va bundan tashqari, har bitta klip uchun 1
dollarni tashkil qiladi.
AQShda asosiy radio va telestansiyalarni kunu-tun monitoring qilish bilan
shug’ullanuvchi kompaniyalar mavjud.
Har bir korxona o’zi haqida ijobiy axborot tarqatish, jamoatchilik fikrini
94
yaratishga intiladi. Shu bilan birga,
korxona uchun boshqa firmalar, raqobatchilar
faoliyati haqidagi axborotlar, shuningdek, OAVda ular haqida chiqarilgan barcha
axborotlar qiziqish uyg’otadi.
OAV monitoringi korxonalar tomonidan nafaqat o’z
faoliyati haqida
jamoatchilik fikrini baholash uchun olib boriladi. U boshqa korxonalar va
raqobatchilarning o’z muammolarini hal qilishdagi tajribasini tahlil qilish va
foydalanish, raqobatbardoshlikni oshirishda katta foyda berishi mumkin.
Matbuot bu – davriy bosma nashrlar bo’lib, ularning qatoriga gazeta va jurnallar
kiradi. Faqat Moskva shahrining o’zida 600 ga yaqin davriy nashrlar bosib chiqariladi.
«Argumentы i faktы» haftalik gazetasi eng ommaviy sanalib, hattoki 1998 yilgi
iqtisodiy inqiroz sharoitlarida ham uning adadi 3 mln. nusxadan ortiq bo’lgan. AQShda
1650dan ortiq kundalik gazeta chiqariladi.
Dunyoning yetakchi gazetalari turli xorijiy mamlakatlarda o’z byurolariga ega.
Masalan, Moskvada «Time» haftalik jurnali (adadi 4 mln. ekz. hajmi 80-100 bet.),
«Wall Street Jornal» (2 mln. ekz.), «New York Times» (1,2 mln. ekz.), «Business
Week» (1 mln. ekz.) gazetalari va h.k. kabi AQShning
yirik nashrlariga tegishli
byurolar ishlab turibdi.
Gazetalar asosan joriy dolzarb voqea-hodisalar haqida axborot, tahliliy-sharhlov
materiallari chop etadi. Reklama-axborot materiallariga katta joy ajratiladi. Masalan,
amerika va nemis gazetalari 50-70%ga turli tashkilotlardan PR bo’yicha mutaxassislar
yuborgan materiallardan iborat. Gazeta hajmi turlicha, 2 betadn 100 betgacha va hatto
undan ko’p ham bo’ladi.
Gazetalar quyidagicha farqlanadi:
• chiqish davriyligi bo’yicha – kundalik (tonggi, kechki); yakshanbalik; haftalik;
• ko’lami bo’yicha – markaziy yoki umummillik; mintaqaviy; mahalliy (viloyat,
tuman, shahar); korporativ (kompaniya, OTM va h.k.);
• ixtisoslik bo’yicha (ommaviy; ixtisoslashgan; tarmoq).
Qoidaga ko’ra, har bir gazeta ma’lum bir sondagi, ijtimoiy-demografik
qatlamdagi o’z muloqot doirasiga ega bo’ladi. o’z firmasi
haqida reklama-axborot
materiallari tayyorlar ekan, PR bo’yicha mutaxassislar ular qaysi ijtimoiy guruhga
95
qarab ish tutishi kerakligini bilishlari lozim.
Radio,
xuddi matbuot kabi, axborot agentliklari taqdim etadigan axborotdan
keng foydalanadi. Bu axborotlar muharrirlar tomonidan radio uchun qulay shakldagi
matnga aylantiriladi.
Faqat Moskva shahrining o’zitda 30 ta mahalliy va 90 ga yaqin xorijiy tele- va
radiokompaniyalar ro’yxatdan o’tgan.
Radio matbuot oldida
shunday afzallikka egaki, u aholining kengroq
qatlamlarini qamrab oladi. Radio avtomobilda ketayotganda ham, bo’sh vaqtda va
hatto ish jarayonida ham tinglanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: