Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish 
Magazinning savdo zali xaridor uchun unga tovarlar bilan yaqinroq tanishib 
chiqish imkonini beradigan qulayliklarni ta’minlashi lozim. Savdo uskunalari ham 
sotuvchining mehnatini engillashtirishdan tashqari estetika talablarini hisobga olgan 
holda tovarlarni reklamaga oid namoyish etishni ta’minlaydigan sharoitlar yaratishi 
ham lozim. 
Savdo jarayonining reklama funksiyasi ko‘o‘dan tovarlarni joylashtirish 
qanchalik oqilona tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi. Xaridorlar tovarning o‘zini, uning 
firma belgisini ko‘rish, undan foydalanish usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega 
bo‘lishi kerak. Bunda tovarga talab xarakteri va xususiyatlari ham hisobga olinadi. 
Xususan, tez-tez talab qilinadigan tovarlar xaridorlarning ko‘zi bilan bir xil darajada, 
savdo zalidagi aravachalarda, unchalik ma’lum bo‘lmagan tovarlar esa – eng ko‘rinarli 
joylarda (savdo zalining markazida, kassa yonida) joylashtiriladi. 
Universal tovarlar assortimentiga ega bo‘lgan magazinlarda yangi tovarlarni 


298 
reklama qilish uchun axborot burchaklari tashkil etish tavsiya qilinadi. Ular odatda 
kirish eshiklari yonida yoki zinapoya yonidagi keng maydonchalarda joylashtiriladi. 
Axborot burchagi qisqacha annotatsiyali maxsus kartalar bilan ta’minlaangan, 
yangilik-tovarlar qo‘yilgan vitrinalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Agar gap 
mahsulotlar haqida boradigan bo‘lsa, ularning yonida reklama varaqalari va 
prospektlar joylashtirish tavsiya etiladi. 
Mayda tovarlarni kichik yacheykalarga ajratilgan maxsus kasseta-qutichalarda 
yoki peshtaxtada oyna ortida qo‘yish mumkin. 
Tovarlar xarakteri va o‘rovi turiga shuningdek, ularni joylashtirish ham bog‘liq 
bo‘lib, u tovarni xaridorga ko‘rsatishi ko‘zda tutiladi. Masalan: 
• paketdagi va pachkadagi tovarlar tokchada yonma-yon yoki taxlangan holda 
joylashtiriladi; 
• shisha idishdagi tovarlar tokchalar bo‘ylab bir necha qator qilib, ba’zida 
yaiklarda joylashtiriladi; 
• tunuka bankadagi konservalar souvtiladigan peshtaxta-vitrinalarda yoki 
savatlarda ustma-ust joylashtiriladi; 
• shisha bankadagi konservalar – tokchada ikki, uch, to‘rttadan usta-ust qo‘yiladi; 
• setka va paketdagi tovarlar qutida yoki savatda ustma-ust saqlanadi. 
Tovarlarni reklamaga mos joylashtirishni ularni guruhlash tamoyillariga rioya 
qilishdan kelib chiqqan holda tashkil qilish tavsiya etiladi. Tovarlarni to‘g‘ri guruhlash 
xaridorga kerakli tovarni topish va tanlashga yordam beradi. Tovarlarni guruhlashning 
ikkita tamoyili mavjud: 
tarmoq (tovar) belgisi bo‘yicha 
va 
iste’mol qilish usuli 
bo‘yicha.
Zamonaviy oziq-ovqat magazinlarida hamrohlik qiluvchi nooziq-ovqat 
tovarlarini to‘g‘ri joylashtirishga katta ahamiyat beriladi. Bunday tovarlar qatoriga 
quyidalar kiradi: metalldan yasalgan oshxona anjomlari (qoshiq, vilka, pichoq), 
kastryulya, choynak, kofe qaynatgich, sharbatsiqqich va boshqalar, kir yuvish kukuni 
va h.k. 
Tovarlarni guruhlashning o‘ziga xos bir turi 
talab kompleksliligi 
bilan bog‘liq.
 
Uning mohiyati shundan iboratki, belgilangan ehtiyojlar majmuini qondiradigan 


299 
tovarlar tanlab olinadi. Sanoat tovarlari magazinlarida bu iste’mol komplekslari 
bo‘lishi mumkin: «Ayollar uchun tovarlar», «Erkaklar uchun tovarlar», «Hammasi uy 
uchun», «Hammasi dam olish uchun» va h.k. 
Namunalar bo‘yicha savdo qiladigan va o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatiladigan 
magazinlarning savdo zallarida tovarlarni joylashtirish – namoyishga oid reklama 
vositasidir. Bu magazinlarda tovarlarni reklamaga oid joylashtirish yordamida ikkita 
vazifa hal etiladi: 
•sotuvda bo‘lgan tovarlar xaridorlari haqida axborot; 
• tovar sifati, qo‘llash usullari va konstruksiyasi xususiyatlari haqida ko‘rgazmali 
tashviqot. 
Bu vazifalarga qarab, tovarlarni reklamaga mos joylashtirish vazifalarini ikki 
turga ajratish mumkin: axborotli joylashtirish va maslahatli joylashtirish. Ikkala tur 
ham reklamaning tasviriy-so‘z bilan bog‘liq vositalari: plakatlar, badiiy bezalgan 
narxko‘rsatkichlar, matnli kartochkalar qo‘llash bilan yaxshi uyg‘unlashadi. 
Maslahatli joylashtirish xaridorlarga tovar sifati, uning konstruktiv xususiyatlari, 
hozirgi modaga mos kelishi va h.k. borasidagi savollarga mustaqil javob topish 
imkonini beradi. SHu maqsadda bir xil predmetlarni turli variantlarda: o‘ralgan va 
o‘ralmagan holda, yig‘ilgan va yig‘ilmagan holda, hamrohlik qiluvchi tovarlar bilan 
birgalikda namoyish etish lozim. Bunday batafsil namoyish etish texnik jihatdan 
murakkab mahsulotlar (radio- va elektrotovarlar, foto- va madaniy mollar) bilan 
savdoda ko‘proq zarurdir. Tovarlarni bunday joylashtirish tufayli xaridorlar tovar 
xususiyatlari bilan o‘zlari tanishib chiqadi va sotuvchilarga izoh va ma’lumot so‘rab 
kamroq murojaat qiladi. 
O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatiladigan magazinlarda tovarlarni reklamaga mos 
joylashtirish savdo zalining devori bo‘ylab, maxsus burchaklarda joylashtirilgan
badiiy bezalgan tovarlar ekspozitsiyasini ifodalaydi. Ba’zida bunday ekspozitsiya 
ustunlar atrofida joylashtiriladi yoki magazinlar vestibyullari devor oldi joylarini va 
savdo amalga oshiriladigan bir xonadan boshqasiga o‘tish joylarini egallaydi. 
Ichki magazin reklama ekspozitsiyasi oldida turgan vazifalarga qarab, u tematik, 
syujetli, ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. Bunday ichki magazin ekspozitsiyalari savdo 


300 
zalining umumiy bezalishi bilan uyg‘unlashadi va ularga o‘ziga xos jalb etuvchanlik 
baxsh etadi. 
Reklama ekspozitsiyasini tashkil qilishda tovarlarni joylashtirishning ayrim 
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Xaridor ular uchun magazinga atayin keladigan 
asosiy tovarlarni ko‘zga tashlanadigan tarzda joylashtirish shart emas. Boshqa 
toifadagi tovarlarni (impulsiv xarid qilinadigan tovarlarni) joylashtirish yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan bo‘lishi, ular magazinga kiraverish eshigiga yaqin joyda va xaridorlar 
e’tiborini ko‘proq jalb qiladigan joylarga, shuningdek, kassa va zinapoyalar yaqinida 
joylashtirilishi lozim. 
Magazinda matolar, oyoq kiyimi, bosh kiyimi kabi tovarlarni namoyish qilish 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Masalan, matolar reklamasida bu mato ular uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan 
xaridorlarda ayrim tikuv mahsulotlari turlari bichimi haqida tasavvur uyg‘otish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu erda ko‘p narsa zavisit dekoratorlarning qobiliyatlariga, 
ularning fantaziyasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Matolarni bosma reklama axboroti bilan uyg‘unlikda manekenlarda namoyish 
etish katta samara beradi. U yoki bu matolarning xususiyatlari (tovar xislatlar va 
iste’mol xususiyatlari) haqida ma’lumot berishdan tashqari bosma reklamada quyidalar 
haqida xabar berish zarur:
• matolar tovar guruhlarining belgilangan sotuv joylarida jolashuvi; 
• matolar sifati, ularning vazifasi, ularni tozalash usuli tavsifi; 
• matolarni xarid qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmat turlari (bichish, yarim 
tayyor mahsulotlar sotish). 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish