Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 Magazin intereri reklama vositasi sifatida



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

15.2. Magazin intereri reklama vositasi sifatida
Magazin intereri tovarlarni muvaffaqiyatli sotish va tijorat faoliyati 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Magazinda uning «firma yuzi»ni belgilab 
beradigan, o‘zining qandaydir jalb etuvchan jihatlari bo‘lishi lozim. Zamonaviy 
magazin nafaqat bevosita tovarlar sotiladigan joy, balki ularni reklama qilish vositasi 
sifatida ham ko‘rib chiqiladi. 
Magazin intereri yangi mijozlar jalb qilish va doimiy xaridorlarni ushlab turishda 
muhim o‘rin egallaydi. Ma’lumki, xaridor doim ham magazinga ma’lum bir tovarni 
xarid qilishning aniq shakllangan rejasi bilan kiravermaydi. 
Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish uchun asbob-uskunalar
Zamonaviy magazin intererida xaridorlarning asosiy e’tibori savdo jihozlarida 
joylashtiriladigan tovarlarga qaratiladi. Savdo jihozlari va asbob-uskunalarining eng 
tarqalgan turlari peshtaxtalar, erkin turadigan vitrinalar, javon-stendlar, tokchalar, 
kassa kabinalari, savatlar, kiyim ilgichlar va h.k. hisoblanadi. Savdo uskunalarining 
estetik xislatlari badiiy bezalgan magazin intereri yaratishga imkon beradi. 
Zamonaviy savdo uskunalariga qo‘yiladigan eng muhim talab shundaki, ular 
unchalik sezilarli bo‘lmasligi, xaridorning e’tiborini unda joylashtirilgan tovarlardan 
chalg‘itmasligi, bundan tashqari, tovarni eng yaxshi ko‘rinishda taqdim etishi lozim. 
Tovarlarni magazinlarda ko‘rsatish uchun shiroko unifikatsiyalangan savdo uskunalari 
qo‘llanib, uning yig‘ma detallari osonlik bilan yig‘ish, uning konfiguratsiyasini 
o‘zgartirish, boshqa joyga qo‘yish, zarur hollarda esa savdo zali joylashuvini yoki 
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish mumkin. 
Unifikatsiyalangan savdo uskunasi asosan tekis yuzali, sterjenbop va bo‘rtma 


292 
elementlardan iborat bo‘ladi. U mustaqil ravishda ham, blok tarkibida kompleksli 
ravishda ham qo‘llaniladi. 
Osma (devorga ilinadigan) karkaslar, maxsus ishlov berib silliqlangan elementli 
alohida turadigan tirgaklar, qisman polga yoki shiftga kiritilgan ustunchalar keng 
foydalaniladi. Bu savdo zali maydonidan maksimal darajada foydalanish, uning 
ekspozitsion maydonini oshirishga imkon beradi. Universal tirgaklar har xil turdagi 
shiyponlar qo‘llashda manevr qilish imkonini beradi. Konstruksiya tamoyili tirgaklar 
xilma-xilligini, elementlar birikuvi soddaligini, ularning engilligi va transport 
vositasida tashish qulayligini ta’minlaydi. Ular texnologik vazifa va yuklamalar 
o‘zgargan hollarda osonlik bilan almashtiriladi. 
Amaliyotda asosiy elementlar quyidagi o‘lchamlari eng qulay ekanligi 
belgilangan: tokchalar chuqurligi - 32, 40, 56 va 64 sm, eng yuqoridagi tokchalar 
balandligi – pol yuzasidan 175-180 sm. 
Har bir magazinda bir xil turdagi savdo uskunalari o‘rnatilishi lozim. Aks holda 
tovarlarni joylashtirish unumdorligi pasayadi, xaridorlar e’tibori unda sotish uchun 
qo‘yilgan tovarlardan chalg‘itiladi. 
Savdo zali intereri orastaligi, yuqori baddiy darajasi bilan ajralib turishi kerak. 
Devorlar va shiftlarni bo‘yashda ortiqcha va oqlanmagan rang-baranglikdan, keragidan 
ortiqcha ko‘zgular va bezaklar joylashtirishdan, intererni didsiz va beo‘xshov qilib 
qo‘yadigan vitrinalar konstruksiyalari, eshiklar va asbob-uskuna qo‘polligidan qochish 
kerak. 
Savdo zali intererida xaridorga tovarning shakli, fakturasi va rangi haqida etarli 
darajada to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradigan devorlar rangi ham muhim 
ahamiyatga ega. Magazinlar devorlari ko‘pincha yumshoq tusdagi ranglarga bo‘yaladi, 
bunda hamma devorlar bri xil rangda bo‘lishi shart emas. Rangli tonlarning 
muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi qiziqarli ranglar samarasi beradi. Pushti va yashil, sariq 
va binafsha rang tuslar bir-biri bilan yaxshi chiqishadi. 
Magazin intererida pol v ashift ham o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Magazin poli 
chiroyli, xaridorlarning harakatlanishi uchun qulay bo‘lishi va savdo zalida yuzaga 
keladigan ortiqcha shovqinni yutishga xizmat qilishi lozim. SHiftlar ham ortiqcha 


293 
shovqinni yutishi va yortigichlarning oqilona joylashuvini ta’minlashi lozim. 
Savdo zalida yoritish
Tovarlarni magazinda joylashtirish va qo‘yilgan tovarlarni tanlash qanchalik 
muvaffaqiyatli bo‘lmasin, ular to yorug‘lik magazin intererini bezashning tarkibiy 
qismiga aylanmagunga qadar kerakli taassurot qoldirmaydi. Magazinni yoritish 
intererni dekorativ bezash vazifasini hal qilibgina qolmaydi, u tovarlarni sotish 
texnologik jarayoni zaruriy shartlarini ta’minlashi ham ko‘zda tutilgan. SHu sababli 
dekoratorga yorug‘lik texnikasi sohasida ayrim ma’lumotlar, xususan, yoritish 
uskunalari tavsifnomalarini bilish zarur bo‘ladi. Savdo zali va magazin ichkarisidagi 
vitrinalarni yoritish muammosini hal qilishga nafaqat estetik, balki texnik talablarni 
ham hisobga olishga qodir bo‘lgan yorug‘lik texnikasi mutaxassisini jalb qilish kerak. 
Magazinlarda qoidaga ko‘ra, ham tabiiy, ham sun’iy yoritishdan foydalaniladi. 
Tabiiy yoritish 
etarlicha geometrik yorug‘lik koeffitsienti rioya qilingan, ya’ni oynalar 
maydoni pol maydoniga nisbati normal bo‘lgan holatda foydalaniladi. 
Bu nisbat (yorug‘lik koeffitsienti) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish