Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

K
s
 
=
 S
zp
 : S
p
 
bu erda 
K
s
– magazin savdo zalining tabiiy yoritilganlik koeffitsienti; 
S
zp
– oynalar maydoni; 
S
p
– savdo zali polining maydoni. 
Tabiiy yoritish darajasi ko‘rsatkichi kamida 0,125 yoki v sootnoshenii 1:8 
nisbatni tashkil qilishi lozim. 
Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni yoritish uchun cho‘g‘lanma elektrolampalar 
va lyuminissent (natriyli va simobli) lampalardan foydalangan holda 
sun’iy yoritish
qo‘llanadi. Bularning keyingisi eng tejamkor hisoblanadi, istalgan tusdagi yorug‘lik 
olishga imkon beradi va shu sababli ularni qo‘llashda rangli filtlardan foydalanishga 
ehtiyoj yo‘qoladi. 
Sun’iy yoritish belgilangan me’yorlarga muvofiq qo‘llanishi lozim. Bu me’yorlar 
doirasida yoritilganlik darajasi umumiy, mahalliy va aralash yoritish tizimlari 
yordamida erishiladi. Yorug‘lik oqimlari butun bino bo‘ylab bir tekisda yoritilganlik 
yaratadigan yoritish tizimi umumiy yoritish tizimi hisoblanadi. Undan tovarlarning 


294 
o‘ziga xos xususiyatlari alohida yoritilganlikni talab qilmaydigan, ish o‘rinlari va 
tovarlar bir-biriga yaqin joylashtirilgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq. 
Mahalliy yoritishda yoritgichdan chiqadigan butun yorug‘lik oqimi belgilangan 
maydonga yo‘naltiriladi. Bu tizim ispolzuetsya dlya osveщeniya vitrinalarni, alohida 
tovarlarni, savdo zalidagi tovar joylashtirilgan qiya yoki vertikal stendlarni yoritish 
uchun foydalaniladi. 
Butun magazinda etarli darajada yoritilganlikni ta’minlaydigan aralash tizim eng 
ko‘p qo‘llaniladi. 
Eslatib o‘tamizki, savdo uchun mo‘ljallangan binolar savdo zallari, kafeteriy va 
aholiga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish hududlarini, namoyish zalini o‘z ichiga oladi. 
Ko‘pchilik magazinlarda yorug‘likni taqsimlashning pog‘onasimon tizimi 
foydalaniladi. Agar savdo zalining o‘rtacha gorizontal yoritilganligini birlik deb qabul 
qiladigan bo‘lsak, magazinga kiraverish, peshtaxta, tokcha va stellajlardagi tovar 
ekspozitsiyalarining yoritilganligi 1,5-2 birlikni, tovarlar reklama ekspozitsiyasi 2-3 
birlikni tashkil qilishi lozim. Bunday magazin ichkarisida yoritish tizimi tejamkor 
bo‘lib, xaridorlarning savdo zali bo‘ylab harakatlanishida ma’lum bir yorug‘likni his 
qilish ritmini yaratadi va ularning e’tiborini sotuvda bo‘gan tovarlarga mujassam etadi. 
Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni oqilona yoritish xaridorlar e’tiborini aynan 
magazin ularni kuchli reklama qilish zarur deb hisoblaydigan tovarlarga qaratishga 
yordam beradi. Savdo zalining alohida hududlarini yoritish rangini vaqti-vaqti bilan 
o‘zgartirish ham xaridorlarni jalb qiladi va shu tariqa magazinning tijorat 
muvaffaqiyatlariga erishishiga xizmat qiladi. 
YOrug‘lik oqimini shakllantirish va uni savdo binolari va vitrinalarni yoritish 
umumiy rejasiga muvofiq taqsimlash uchun dekorator turli yoritish uskunalaridan 
foydalanadi. Umumiy yoritish uskunalari yorug‘lik oqimini taqsimlash xarakteri 
bo‘yicha to‘g‘ri, qaytarilgan va tarqoq nur yoritgichlariga ajratilishi mumkin. Bundan 
tashqari, yorug‘likni keskin ifodalangan yo‘nalishli taqsimlash uskunalari 
foydalaniladi. Projektor turidagi bu uskunalar tor va uzun yorug‘lik oqimini beradi. 
2-rasmda yoritish uskunalarining ayrim turalri aks ettirilgan. YOritish uskunalari 
ixcham, unchalik sezilmaydigan bo‘lishi, ular yaratadigan yorug‘lik samarasini oson 


295 
o‘zgartira olishi lozim. 
Savdo reklamasi ob’ektlarini yoritish yakuniy sxemasini izlashda bir nechta 
variantlardan foydalanib ko‘rish, uskunalarning o‘rnini almashtirish, ularning ta’sir 
yo‘nalishini o‘zgartirish, bir qator holatlarda esa, agarda bunga yorug‘lik uskunalari 
imkon beradigan bo‘lsa, yaratiladigan yorug‘lik oqimi xarakterini ham o‘zgartirish 
zarur. Biroq bunda yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga amal qilish lozim, chunki 
yorug‘lik uskunalarining ortiqcha qizib ketishi yong‘inga sababchi bo‘lishi mumkin. 
Bundan tashqari, katta quvvatli yorug‘lik oqimlari tovarlarning rangi o‘chishi va 
buzilishiga olib kelishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish