Pastdarg‘om tumanida mahallalarda peshtaxtalar va tashqi reklama ishlari o‘rganilganligi bo‘yicha Ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli Qarori va xuddi shunday Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Pastdarg‘om tuman hokimligining ishchi guruhi (Tuman hokimining maslahatchisi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi, tuman soliq inspeksiyasining xodimi, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi, tasviriy oyina rahbari va tuman obodonlashtirish xodimlari) 2021-yil 9-19-avgust kunlari tumandagi barcha tashqi yozuvlar (peshlavha, narxnoma, e’lon va boshqa axborot matnlari) ning imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilganligi, davlat tilida ekanligi va qonuniy to‘g‘ri o‘rnatilganligini yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, 2021-yil 9-avgustda Pastdarg‘om tumanidagi “Ag‘ron”, “Yuqori Bog‘onali”, “Qoramang‘it”, “Beshnayman”, Buyuk Turon”, “Oqmang‘it”, “Tor Ariq” Mahalla fuqarolar yig‘inlarida peshtaxtalar va tashqi reklama bannerlari o‘rnatilishi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida MFY raislar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni, 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Krill yozuvida yozilgan 5 dan ziyod peshtaxta va targ`ibot materiallari hamda 10 dan ziyod tadbirkorlarning reklamalari olib tashlandi, 7 nafarda tadbirkorlar va MFY raislariga ogohlantirishlar berildi, tushuntirish ishlari olib borildi. Holatlar foto va vedio tasvirlarga olindi.
Ilova 14 rasm.
Tuman hokimining maslahatchisi v.b R.Shodiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |