319
Tovar va firma belgilari tasdiqlangan namunalarga
aniq mos kelishi va yuqori
badiiy darajada bajarilishi lozim.
Vitrinalarni bezatish uchun yordamchi materiallar sifatida kapron ip,
to‘g‘nag‘ichlar, mix, oyna, reyka (yupqa va ensiz uzun taxtacha), sim, karton, fanera
va chilvir foydalaniladi.
Kapron ip
yordamida vitrinada ilish va tortish ishlari bajariladi.
Tovarni mahkamlash uchun dekorator
to‘g‘nag‘ichlardan
foydalanadi.
Kanselyariya to‘g‘nag‘ichlari oson egiladi va shu bilan birga yog‘ochga oson kiradi,
ular bilan tovar va dekorativ elementlar mahkamlab qo‘yiladi. Tikuvchilar
to‘g‘nag‘ichlari yordamida matolar biriktiriladi, tikuvchilik mahsulotlari va boshqalar
qadab qo‘yiladi.
Turli o‘lchamdagi
va kesimdagi
mixlar
inventar va tovar ilib qo‘yish uchun
foydalaniladi. Mayda mixlarning yordamida mato romga tortiladi.
Oyna
yoki shift sifatida, yoki dekorativ fon sifatida foydalaniladi. U to‘rtburchak,
uchburchak, doira shaklida qirqiladi, chetlari silliqlanadi. Ba’zida oyna bir tomonidan
moybo‘yoq yoki nitrobo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Reyka
tovar mahkamlab qo‘yiladigan ilgaklar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Ingichka
sim
yoki 2,5-3 mm kesimli metall
novda
bilan
trikotaj va tikuvchilik
mahsulotlarini namoyish etish uchun konturlar yasaladi. Uch millimetrli alyumin
novda yordamida dekorator ichkiyim uchun oddiy takgliklar, oyoq kiyimi uchun
poshna qo‘yiladigan moslamalar tayyorlanishi mumkin.
Bo‘yalgan
karton
gul (kashta) tikilgan mahsulotlar yoki tikuvchilik mahsulotlari
ichiga solish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Zichlashtirilgan kartondan byustlar
va yarim manekenlar yasaladi. Nay shaklida o‘ralgan va qisqich yoki to‘g‘nag‘ich bilan
mahkamlangan karton zig‘ir tolasidan to‘qilgan donabay mahsulotlar yoki mato uchun
karkas, oyna uchun tirgak, shlyapalar uchun tayanch sifatida foydalaniladi. Fanera va
qalin
kartondan shim, erkaklar ko‘ylagi va yubkalar ichiga solinadigan qirqimlar
yasaladi.
Vitrinalarni bezatishda bundan tashqari, qirindi, shag‘al, marmar uvog‘i, oyna
parchalari kabi materiallar ham foydalaniladi. Masalan, bezakchining g‘oyasi va
320
namoyish etiladigan tovarlarga qarab, vitrina poliga rangli qirindi, qum, chig‘anoqlar
sepiladi; yangi yil vitrinalari singan archa o‘yinchoqlari parchalari, mayda zarqog‘oz
bo‘laklari bilan bezatiladi.
YAngilik tovarlarga e’tiborni jalb qilish maqsadida, shuningdek, syujetli
vitrinalarni bezatishda dinamik moslamalar qo‘llanadi. Bu tovarlar uchun turli
aylanadigan tagliklar, harakatlanadigan qo‘g‘irchoqlar, tebranadigan dekoratsiyalar va
h.k.
Tovarlarni reklama uchun ko‘rsatishda dinamik moslamalar, xuddi butun inventar
kabi, tovarlarni yorqinroq va ifodaliroq namoyish etish maqsadlariga xizmat qiladi.
SHu sababli turli aylanadigan disklarda, harakatlanuvchi maydonchalarda dekorativ
elementlarni emas, balki tovarning o‘zini ko‘rsatish lozim bo‘lib, makon bo‘ylab
harakatlanishi tufayli tovar yanada ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi, bu esa xaridorga
tovarni har tomondan tomosha qilish imkonini beradi.
Yorug‘lik effektlari: shu’la, o‘chib-yonadigan nur,
ranglar almashinishi,
aylanuvchan nurqaytargichlar, soyalar, ko‘zguda aks ettirish vositasida yorug‘likni
kuchaytirish, nurni tovar joylashgan erdagi bir nuqtaga to‘plash yordamida qiziqarli
vitrina yaratish mumkin. Ko‘zgular yordamida yaqin va uzoq sahna effektini yaratish
mumkin.
Boshqa bir usul – havo harakatlaridir. Havo oqimi eksponatlarning aylanma yoki
tebranma harakatini yaratishdir. Eksponatlarning «jonli» harakati – vitrinadagi eng
samarali harakat shaklidir.
Harakat shakllari turlicha bo‘lishi mumkin. Illyuzor (xayoliy) harakat bu –
dinamik reklamaning shunday turiki, bunda tovarni va unga yo‘ldoshlik
qiladigan
plastik elementlarni (grafika, fotosurat, tagliklar, manekenlar) joylashtirish harakat
illyuziyasini yaratadi, xaridorni o‘z nigohini bir predmetdan boshqachiga ko‘chirishga
majbur qiladi. Bunday samarani tovarlarning turli rangdagi uyg‘unlashuvi,
shuningdek, ularning fakturasi va naqshlari ham berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: