elpig‘ichsimon, yarim doira shaklidagi
– engil matolar raanglari va fakturasini
ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
324
Vitrinadagi tovar namunalarini notabiiy holatda joylashtirmaslik, ularni nooadtiy
rakursda ko‘rsatmaslik va vitrinalarni bezatishda dekorativ element sifatida
foydalanmaslik kerak. Misol uchun, kichik ro‘mol yoki paypoqlarni savat ko‘rinishida
yoki murakkab naqsh hosil qiladigan pichoq va sanchqilar ko‘rsatish omadsi
sanalmaydi.
Kompozitsiya haqida to‘liqroq tushuncha berish uchun vitrina tuzilishida
mutanosiblik tamoyili, ya’ni turli elementlar o‘lchamlarining nisbatlari haqida gapirish
kerak. Dekorativ elementlar tovar shakli va o‘lchamini takrorlamasligi lozim. Ular
tovardan kattaroq yoki kichikroq bo‘lishi, lekin bunda xaridorning tovarni idrok
qilishiga xala bermasligi lozim. Kompozitsiyaning alohida qismlari mutanosibligi
buzilmasligi uchun katta predmetlarni kichik predmetlar guruhlari bilan
muvozanatlash kerak.
Magazin ikkita yoki undan ortiq vitrinaga ega bo‘lgan hollarda ularni
kompozitsion jihatdan bir-biri bilan bog‘lash tavsiya etiladi. Barcha vitrinalarda
dekorativ
elementlar,
masalan,
bahor-yoz
mavsumida
vitrinadagi
gullar
takrorlanadigan bo‘lishi mumkin. Kompozitsion jihatdan vitrinalar har biri alohida hal
etiladi, biroq butun fasad bo‘ylab ular umumiy bir yaxlit bo‘lib ko‘rinishi lozim.
Vitrinalarni bezatish bo‘yicha ishlarda rang katta ahamiyatga ega. Tovarni rangi
bo‘yicha to‘g‘ri tanlash uchun dekorator ranglarni va ularning birikuvini yaxshi bilishi
lozim.
Barcha tovar va dekorativ elementlarni umumiy g‘oyaga ko‘ra juda puxtalik bilan
tanlash kerak.
Vitrinaning rangga oid tuzilishi xilma-xil bo‘lishi, bironta rang, masalan,
havorang ustunligiga, bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki-uchta rangning tovlanishiga yoki
kontrast birikuvlarga asoslanishi mumkin.
Kontrast birikuvlar doimo jalb etuvchan bo‘ladi. Vitrinalar bezatuvchi rang turi
bo‘yicha, intensivlik bo‘yicha va teranlik bo‘yicha kontrastlarni hisobga olishi lozim
.
Vitrinada qizil rangli bir nechta predmetni namoyish etishda ularni bir joyga
mujassam etish maqsadga muvofiq, chunki qizil rang boshqa rangdagi tovarlarni
«bosib» qo‘yadi. Intensivlik bo‘yicha kontrastga misol – och rangli predmetlar to‘q
325
fonda joylagan bo‘lsa, yanada ochroq ko‘rinadi. Kumush buyumlar qora fonda qanday
ajoyib ko‘rinishiga e’tibor qarating.
Vitrinalar bezatuvchi ranglar uyg‘unlashuvining uch tamoyilini yodda saqlashi
lozim.
1.
Ritm.
Rang yordamida
belgilangan oraliqlar orqali vitrinada bir xil ranglar
gammasini takrorlash vositasida aniq bir ritm yaratish mumkin.
2.
Muvozanat.
Ochiq ranglar bo‘g‘iq ranglar bilan, to‘q ranglar och ranglar bilan,
iliq ranglar esa – sovuq ranglar bilan muvozanatlanishi lozim.
3.
Mutanosiblik.
Mutanosiblikka rioya qilishga misol bo‘lib ochiq tonda, uni
ommaga «yaqinlashtiradigan», hajmi bo‘yicha xuddi shunday, lekin biroz
«bo‘g‘ilgan» ranglardagi vitrina bilan uyg‘unlash lozim bo‘lgan kichik vitrina makoni
xizmat qilishi mumkin.
Ranglar uyg‘unligidan foydalaniladigan vitrinalar eng jalb etuvchan sanaladi.
Odatda to‘rt xil koloristik sxema qo‘llanadi.
1.
Monoxromatik
– vitrinani bezatishda turli intensivlik va teranlikdagi bitta
rangdan foydalanish.
2.
Analogik(ayni shunday)
– bo‘yoqlar shkalasida yonma-yon joylashgan bir
nechta rangdan foydalanishga asoslanadi. Masalan, havorang, havorang-binafsha rang
va binafsha rang tuslari.
3.
Kontrast
– bu turli ranglar birligi natijasidir. Taqdim etilayotgan tovardan
keskin farq qiladigan rang foydalaniladi. Boshqa rang fonida tovar e’tiborni darhol
o‘ziga jalb qiladi. Masalan, vitrinada kul rang ayollar kostyumi va qora rangdagi charm
sumkani namoyish etish.
4.
Polixrom
(ko‘p rangli) – bir nechta ranglar kombinatsiyasiga asoslanadi.
Buning uchun tovarning bitta asosiy rangi tanlab olinadi va unga qarab asosiy tovarga
hamroh bo‘lgan boshqa tovarlar uchun ranglar uyg‘unligi belgilanadi.
Oqshomgi kostyum va ko‘ylaklarni yoritish uchun sariq nur sochadigan lampalar,
kunduzgi kiyim-boshni yoritish uchun esa – kunduzgi yorug‘likni qo‘llash maqsadga
muvofiq. Iliq nur sochish sovuq nur sochishni neytrallaydi: oqshomgi yoritishda
havorang mato xira va ko‘kimtir bo‘lib ko‘nmaydi. Iliq nur sochish iliq ranglarni
326
yanada yorqinlashtiradi: qizil rang yanada keskin ajralib turadi. Sovuq nur sochish iliq
ranglarni neytrallashtiradi: to‘q sariq rang havorang nur sochishda deyarli sarg‘ish, och
jigarrang bo‘lib ko‘rinadi.
Badiiy amaliyotda an’anaviy, umum e’tirof etilgan ranglar uyg‘unligi
tamoyillaridan foydalaniladi. Masalan, qoidaga ko‘ra, xromatik va axromatik ranglar
(qizil bilan qora, ko‘k bilan oq, pushti bilan kumush rang, kulrang bilan havorang,
yashil bilan oq) uyg‘unlashuvi yaxshi ko‘rinadi. Och tusdagi ranglar neytral ranglar
bilan yaxshi uyg‘unlash.
Kontrast birikuvlarda (qizil — yashil, ko‘k — to‘q sariq, binafsharang — sariq)
o‘ziga xos uyg‘unlikka erishish mumkin.
Vitrinada qizil, oq va ko‘k; havorang va pushti, och jigarrang va o‘rib qolgan o‘t
rangi; qora va oq; ko‘k va pushti ranglar uyg‘unlashuvi juda chiroyli ko‘rinadi. Oxirgi
yillarda moda tuayli ilgari ma’qul hisoblanmagan ranglar: ko‘k bilan yashil,
binafsharang bilan yashil ranglar birikuvi ham iste’molga joriy qilindi.
Xilma-xil ranglar uyg‘unligi variantlari soni cheksizdir. Biroq bunda rang tusini
aniq belgilab olish, shuningdek, ranglardan foydalanishda mutanosiblikka rioya
qilishga o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rang qanchalik faol bo‘lsa, u vitrinada
shunchalik kam bo‘lishi kerak. Masalan, kiyim-kechaklar yoki matolar vitrinasida
axromatik (kulrang yoki qora va oq) ranglarni jonlantirish uchun ikki-uchta qizil
«dog‘» etarli.
Vitrina ko‘rgazmasining reklama samarasi ko‘o‘dan reklama qilinayotgan
tovarlar narxko‘rsatkichlarining joylashuvi va bezatilishiga ham bo‘ladi bo‘ladi.
Vitrinada
narxko‘rsatkichlar
bezatish
va
joylashtirish
uslubi
tovarlar
ekspozitsiyasining umumiy kompozitsion echimiga to‘liq darajada mos kelishi lozim.
Reklama narxko‘rsatkichi oddiy narxko‘rsatkichlardan – shakli, o‘lchami va
bajarilishi bo‘yicha farq qiladi. Qoidaga ko‘ra, u yirikroq o‘lchamda bo‘lib,
uchburchak yoki romb shaklida bo‘lishi yoki tovar siluetini takrorlashi mumkin, bu esa
xaridorlar e’tiborini jalb qilishga yordam beradi.
Reklama narxko‘rsatkichlari yangilik tovarlar va magazin ularni sotishda juda
manfaatdor bo‘lgan tovarlar uchun qo‘llanadi. Bu narxko‘rsatkichlar yorqinroq
327
bo‘lishi; zarur ma’lumotlar – tovar nomi, vazni, navi, narxidan tashqari tovarning
iste’mol xususiyatlari haqida qo‘shimcha axborotga (televizor ekranining o‘lchami,
muzlatgich kamerasining sig‘imi va h.k.) ega bo‘lishi mumkin.
Narxko‘rsatkichlar tovarlarni mavsumiy sotib tugatish davrlarida narxlarni
pasaytirishda o‘ziga xos reklama rolini o‘ynaydi. Ikkita – ustiga qizil chiziq tortilgan
eski va yangi narxni taqqoslash xaridorga samarali psixologik ta’sir ko‘rsatadi, tovarni
xarid qilish istagini rag‘batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |