Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(XTTB, ing. International 
Bank for Reconstruction and Development) Jahon bankining asosiy kredit 
tashkiloti bo‘lib keng miqyosda Jahon banki nomi bilan tanilgan. Ushbu 
bankka a’zo bo‘lish uchun ariza taqdim etgan mamlakat, avvalo, XVFga 
a’zolikka kirgan bo‘lishi lozim. Bankning barcha qarzlari a’zo davlatlar 
hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo‘yicha har olti 
oyda o‘zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 
6-7 %ga teng. Qarzlar , asosan, 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi 
bo‘yicha to‘lovlarni 3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish 
davlat hukumatining kafolati olingandan so‘ng amalga oshiriladi
60

XTTB – 1944-yildaBretton-Vudsdagi (AQShning Nyu-Xempshir 
shtatidagi shaharcha) Xalqaro valyuta moliyaviy konferensiyada XVF 
bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo investitsiya institutidir. Bir vaqtning 
o‘zida bankning nizomi ham bo‘lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945-
yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank o‘zining faoliyatini 1946-yildan 
boshlagan. XTTBning shtab-kvartirasi AQShning Vashington shahrida 
joylashgan. 
XTTBning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit 
va qarzlar berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali 
ularning iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Dastlab 
XTTB a’zo mamlakatlarning to‘plangan mablag‘lari va Amerikalik 
investorlarning jalb qilingan kapitallari yordamida Ikkinchi jahon urushi 
natijasida iqtisodiy jihatdan turg‘un holatga kelib qolgan G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarida xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan 
edi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning 
maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi: 
– a’zo davlatlarning xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishga 
ko‘maklashish; 
60
 
www.mfino.ru
 


248 

kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari 
va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni 
rag‘batlantirish; 
– jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar to‘lov 
balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. 
50-yillarning o‘rtalaridan boshlab, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 
xo‘jalik hayoti barqarorlashishi munosabati bilan, XTTB o‘z faoliyatining 
katta qismini Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining 
iqtisodiyotini rivojlantirishni barqarorlashtirishga yo‘naltirdi.
XTTBning oliy rahbar organi Boshqaruvchilar Kengashi va 
Direktorat (ijroiya organi) bo‘lib hisoblanadi. A’zo mamlakatlarning 
moliya vazirlari yoki markaziy banklar boshqaruvchilaridan tashkil topgan 
Kengash o‘z sessiyalarini XVF bilan birgalikda bir-yildabir marta 
o‘tkazishadi. XTTB a’zolari bo‘lib faqatgina XVF a’zoligiga qabul 
qilingan mamlakatlar bo‘la oladi. Ovozlar XTTB kapitalidagi (180 mlrd. 
AQSh dollaridan ortiq) mamlakat kvotasi orqali aniqlanadi.
Hozirda XTTB a’zolari bo‘lib, 186 mamlakat hisoblansada, yetakchi 
o‘rinda yettilik mamlakatlari turadi: AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya
Germaniya, Fransiya, Kanada va Italiya
61

Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo‘lib, Amerika 
bozorlarida obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan 
mablag‘lar hisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda, 20 yil muddatga a’zo 
mamlakatda ishlab chiqarish obyektlarini kengaytirish uchun hukumat 
kafolati ostida beradi. Shuningdek, XTTB boshqa banklarning uzoq 
muddatli kreditlari bo‘yicha kafolat ham beradi. U ham XVF singari 
qarzdor mamlakatning moliyaviy holati, kreditlanuvchi obyektlar va 
ushbu obyekt bo‘yicha bank missiyasi tomonidan o‘rganilgan axborotlarni 
talab qiladi. 
XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi: 

iqtisodiy boshqaruv va kambag‘allik bilan kurashish; 

ekologiya va ijtimoiy rivojlanish; 

infratuzilma, xususiy sektor va moliya; 

inson salohiyatini rivojlantirish. 
Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi 
qarzlarini tartibga solish bilan shug‘ullanmoqda: kreditlarining 1/3 qismini 
qo‘shma moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to‘lov 
balansi holatini yaxshilashga, shuningdek, iqtisodiyot tuzilmalarini 
tartibga solishga tuzilmali kreditlarni ajratadi. 
61
www.worldbank.org
  


249 
Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o‘rta muddatli 
kreditlash; 

loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash; 

rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
tuzilmaviy 
qayta 
qurish 
dasturlarini moliyalashtirish. 
XTTBning maqsadlari quydagilardan iborat: 

a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga va qayta tiklashga 
yordam ko‘rsatish; 

xususiy xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash; 

to‘lov balansining muvozanatini saqlashga va xalqaro savdoning 
barqaror o‘sishiga yordam berish; 

statistik ma’lumotlarni to‘plash va e’lon qilish. 
XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli 
qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi 
operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog‘ozlari yuqori 
kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq 
mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi davlat 
milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov 
vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi. 
XTTB qarzlarini ikkita kategoriyaga ajratish mumkin: 
1.
Iqtisodiyot uchun yo‘qotishlarsiz ssudalar bo‘yicha foizlarni 
to‘lashga qodir bo‘lgan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qarzlar. 
2.
Xalqaro moliya bozorida kreditga layoqatsiz va ssudalar bo‘yicha 
foizlarni to‘lashga qodir bo‘lmagan kambag‘al mamlakatlar uchun qarzlar. 
Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida 
chiqmoqda. Bank tomonidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi 
davlatlararo investitsiya banklari o‘rtasida eng katta solishtirma og‘irlikka 
egadir.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish