244
uchun mo‘ljallangan. XVFdan kengaytirilgan
kreditlash doirasida kredit
olishga asos bo‘lib ishlab chiqarish, savdo hamda baholarda salbiy
o‘zgarishlarni
kelitirib
chiqargan
to‘lov
balansidagi
jiddiy
muvozanatsizlik hisoblanadi. Kengaytirilgan kreditlar, odatda,
uch yilga
zaruriy holatlarda esa to‘rt yil muddatga beriladi.
Stend-bay va kengaytirilgan kreditlarning asosiy maqsadi XVFga
a’zo mamlakatlarning makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturlarini yoki
tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish hisoblanadi.
“Stend-bay” kreditlash mexanizmi to‘lov balansini tartibga solish
bilan bog‘liq qisqa muddatli qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan, kam
daromadli mamlakatlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda stend-bay kreditlash mexanizmi doirasida moliyalashtirish
nolli foiz stavkasida 4 yil imtiyozli davr bilan to‘liq qaytarish muddati 8
yilga amalga oshiriladi.
Tezlashtirilgan
kreditlash mexanizmi, to‘lov balansini tartibga
solishda shoshilinch moliyaviy mablag‘larga muhtoj bo‘lgan, kam
daromadli mamlakatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shartlar cheklangan
holatda tezlikdagi moliyaviy yordamni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu
mexanizm doirasida moliyalashtirish hozirgi
kunda nolli foiz stavkasida
5½ yil imtiyozli davr bilan to‘liq qaytarish muddati 10 yilga amalga
oshiriladi
58
.
Egiluvchan kredit liniyasi. Egiluvchan kredit liniyasi asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlari juda yaxshi bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan.
Egiluvchan kredit liniyasi to‘g‘risidagi bitim foydalanish bo‘yicha
o‘rnatilgan talablarga oldindan javob beruvchi mamlakatlar uchun
tasdiqlanadi.
Egiluvchan kredit liniyasining qo‘llanilish muddati bir-ikki yildan
iborat bo‘ladi, qaytarish muddati esa stend-bay mexanizmiga o‘xshash
hisoblanadi. Ushbu mexanizmdan foydalanish
aniq holatlarni hisobga
olish orqali belgilanadi, unga odatdagi foydalanish cheklovlari
qo‘llanilmaydi, mablag‘ esa bosqichma-bosqich emas balki, bitta to‘lov
bilan beriladi.
Oldini oluvchi kredit liniyasi. Oldini oluvchi
kredit liniyasi asosiy
iqtisodiy ko‘rsatkichlari ishonchli bo‘lgan asoslangan iqtisodiy siyosatga
va bunday siyosatni o‘tkazishning yuqori tajribasiga ega bo‘lgan
mamlakatlar uchun mo‘ljallangan. Oldini oluvchi kredit liniyasining
davom etish muddati bir yildan ikki yilgacha bo‘lishi mumkin.
Favqulodda yordam. XVF tabiiy ofatni boshdan kechirayotgan yoki
58
http://www.imf.org/external/np/exr/facts/sba.htm
245
urush oqibatlarini bartaraf etayotgan mamlakatlar
uchun favqulodda
yordam ko‘rsatadi. Favqulodda kreditlar bo‘yicha yig‘imlarning baza
stavkasi undiriladi, kreditlar 3-5 yil davomida qaytarilishi kerak.
XVFning resurslaridan foydalanish uchun mamlakat o‘zining to‘lov
balansini moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojni asoslab berishi lozim.
Moliyalashtirish zaruriyatini belgilovchi mezonlar sifatida XVF mamlakat
to‘lov balansining holati, uning xalqaro zaxiralar qoldig‘i va mamlakat-
ning zaxira pozitsiyasi dinamikasidan foydalanadi.
Shuningdek, to‘lov
balansi tengsizligi sabablarini bartaraf etish uchun mamlakat tomonidan
qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligi ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: