Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

12.3. Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati 
 
Jahon banki 190 dan ortiq 
rivojlangan 
hamda 
rivojlanayotgan mamlakatlarga 
moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi 
xalqaro moliya tashkilotidir. 
Jahon 
bankining 
bosh 
maqsadi iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan 
mamlakatlarni kreditlash yo‘li bilan kambag‘allik darajasini pasaytirish 
hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga 
hamda fuqarolarning hayot darajasini yaxshilanishiga imkon tug‘diradi.
Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik deklaratsiyasiga muvofiq o‘z 
faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming yillikdagi 
rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim bo‘lib, u o‘z ichiga 
quyidagilarni olgan: 

kambag‘allik va ochlikka barham berish; 

umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash; 

bolalar o‘limini qisqartirish; 

onalik muhofazasini yaxshilash; 

VICh/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi 
kurashish; 

atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta’minlash; 

rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni shakllantirish. 
Jahon bankining Xalqaro valyuta fondidan farqi shundaki, Jahon 
banki faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam 
ko‘rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy 
inqirozni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan. 


246 
Jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida 
strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat 
qilishga 
mo‘ljallangandir, 
ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning 
iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizimi asosiy markazlari bilan integratsiya 
qilishdir. 
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
(International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro 
rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) 
qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa 5 ta tashkilotni, xususan, 
XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial 
Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama 
agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion 
bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of 
Investment Disputes) o‘z ichiga oladi
59

Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 

rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati; 

iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahat va tahliliy faoliyat; 

amalga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi 
va tuzilmasini muntazam to‘g‘rilab borish; 

boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasida resurslarni taqsimlashda 
vositachilik qilish.
Har uch-yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi 
faoliyatining strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan 
mamlakatlar bilan bo‘ladigan hamkorlikda foydalaniladi. Strategiyaga 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
xususiyatlari 
va 
kambag‘allik 
muammolarini hal qilish bo‘yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi. 
O‘zining faoliyati bo‘yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal 
qiladi, jumladan: 

rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam 
beruvchi samarali kapital qo‘yilmalar uchun resurslar ajratish; 

resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda 
iqtisodiy mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish; 

bitta ishtirokchi mamlakat doirasida berilgan resurslarni 
ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi; 

xodimlar 
faoliyatining 
boshqa 
subyektlarga, 
jumladan, 
mamlakatlar hukumatiga emas, balki faqatgina bank manfaatlariga 
yo‘naltirilganligi. 
59
 
www.worldbankgroup.org
  


247 
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi 
dunyodagi yirik moliyaviy mablag‘lar manbalaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
U o‘zining moliyaviy resurlarini kambag‘al mamlakatlardagi 
kambag‘allik 
darajasini 
pasaytirish 
hamda 
iqtisodiy 
o‘sishni 
jadallashtirish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga sarflaydi. 
Yuqorida 
qayd 
etilgan 
tashkilotlarning 
faoliyatini 
quyidagi 
ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish