Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YTTB)



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YTTB)
1990-yilda 
Londonda tashkil qilingan.
 
YTTBning asosiy maqsadi – Markaziy va 
Sharqiy Yevropaning sobiq sotsialistik tuzumda bo‘lgan mamlakatlarini 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga yordam berishdan iborat. YTTB faqatgina 
aniq doiradagi loyihalarni kreditlaydi. YTTB resurslari XTTBga 
o‘xshashlik bo‘yicha shakllanadi. 
YTTB ishlab chiqarishni (loyihalarni moliyalashtirishni o‘z ichiga 
olgan holda), infratuzilmani taraqqiy ettirish va qayta tiklashga texnik 
yordam ko‘rsatishni (ekologik dasturlarni o‘z ichiga olgan holda), 
aksionerlik kapitaliga investitsiyalarni, ayniqsa, xususiylashtirilayotgan 
korxonalarni kreditlashga ixtisoslashgan. Shu bilan birgalikda YTTBning 
asosiy diqqati kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Boshqa 
xalqaro moliya institutlari singari YTTB aniq maqsadli investitsiyalarni 
rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maslahat berish xizmatini 
ko‘rsatadi. YTTBning bitta strategik vazifasi davlat korxonalarini 
xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash, ularni modernizatsiyalash va 
tuzilmaviy qayta qurish, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha 
maslahatlar berishdan iborat. 
Bank o‘z a’zolariga tuzilmaviy va tarmoq iqtisodini davlat 
tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishni isloh qilish, bu bilan
mamlakatlarni 
jahon 
iqtisodiy 
hamjamiyatiga 
uyg‘unlashuviga 
ko‘maklashadi.


262 
YTTBning ta’sischilari 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma 
Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, 
Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, EIK 
va Yevropa Investitsiya Banki hisoblanadi. SSSR, Chexoslovakiya va 
Yugoslaviya parchalanganidan keyin paydo bo‘lgan yangi davlatlar uning 
a’zolari bo‘lishdi. Uning a’zolari sifatida XVF a’zosi bo‘lgan har qanday 
mamlakat bo‘lishi mumkin. 2010 yil holatiga ko‘ra, YTTB aksionerlari 
bo‘lib 60 dan ortiq mamlakat hisoblanadi. 
YTTB kreditlarining muddati, odatda, 5-10 yilni kreditning minimal 
miqdori esa 5 mln. yevroni tashkil etadi. Agar loyiha mamlakat uchun 
muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, bank kamroq miqdorda ham kredit berishi 
mumkin. Kreditlash hoxlagan erkin almashinuvchi valyutada amalga 
oshiriladi, amalda ko‘proq AQSh dollari va yevrodan foydalaniladi. 
Loyihani moliyalashtirish uning qiymatini 35 %dan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorini tashkil etadi.
YTTB tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadi va o‘zining kreditlarini 
risklarni hisobga olgan holda bozor stavkalari bo‘yicha beradi. Tartibga 
ko‘ra tijorat korxonalarini kreditlashda bank mablag‘larni qaytarishga doir 
hukumat kafolatini talab etmaydi, lekin bunday hollarda, odatda loyiha 
aktivlari (masalan, garovga oid asosiy fondlar, garovga oid mol-mulk va 
hokazolar) bilan kreditning garov ta’minoti qo‘llaniladi. Kreditlar qa’tiy 
belgilangan yoki suzub yuruvchi stavkalar bo‘yicha bo‘lishi mumkin, 
shuningdek, xejirlashning turli instrumentlaridan ham foydalaniladi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, YTTB kreditlarining asosiy obyektlari 
bo‘lib, xususiy firmalar yoki xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari va 
shuningdek, xorijiy investitsiyali qo‘shma korxonalar kiritilgan yangidan 
tuzilayotgan kompaniyalar hisoblanadi. Bankning hozirgi davrdagi asosiy 
maqsadi mintaqalarda investitsiyalarni rag‘batlantirishdir.
YTTB o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi: 

rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bank ishi standartlari 
asosida moslanuvchan kreditlash uchun turli xil instrumentlardan 
foydalanadi; 

xususiy sektor tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan sektorlar 
bo‘yicha ko‘zda tutilgan va tutilmagan operatsiyalar strategiyasidagi 
vazifalarni amalga oshirishni o‘zida mujassamlashtiradi; 

xususiy investorlar, ularning maslahatchilari va tijorat banklari 
bilan hamkorlik qiladi;

hukumat bilan rivojlanishning uzoq muddatli rejalarini amalga 
oshirishda hamkorlik qiladi; 


263 

xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari bilan o‘zaro 
harakatlarni bajaradi; 

davlatlararo va mintaqaviy manfaatlardan kelib chiqqan holda 
ishlaydi; 

atrof-muhitni saqlashni va yaxshilashni ta’minlashga harakat qiladi. 
YTTB faoliyatiga rahbarlikni boshqaruvchilar Kengashi, direktorlar 
kengashi va prezident amalga oshiradi. Boshqaruvchilar Kengashi – 
YTTB 
oliy 
farmoyish 
beradigan 
organi 
bankning 
har 
bir 
qatnashuvchisidan 2 tadan vakilni (boshqaruvchi va uning o‘rinbosarini) 
o‘z ichiga oladi (mamlakat yoki xalqaro tashkilotning). A’zo 
mamlakatning xohishiga qarab uning YTTBdagi vakili (boshqaruvchi 
yoki uning o‘rinbosari) xohlangan paytda chaqirib olinishi mumkin. 
O‘rinbosar ovoz berishda faqat boshqaruvchi bo‘lmagan paytdagina 
ishtirok etishi mumkin. Yilda bir marta bo‘ladigan yig‘ilishda kengash 
boshqaruvchilardan birini keyingi rais saylangunga qadar rais sifatida 
saylaydi.
Boshqaruvchilar kengashining vakolatlariga quyidagi masalalarni hal 
qilish kiradi: 
– YTTB yangi a’zolarini qabul qilish, ularni qabul qilish shartlarini 
aniqlash, bank a’zoligini to‘xtatish;
– YTTB prezidenti va direktorini saylash, direktorlar yoki ularning 
o‘rinbosarlari haqi o‘lchamini va shuningdek, prezident bilan 
shartnomaning boshqa shartlarini belgilash;
– YTTB chiqarishga ruxsat etilgan nizom kapitalini ko‘paytirish yoki 
kamaytirish; 
– boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risida bosh 
kelishuvlar (bitimlar) tuzishga vakolatlar berish; 

YTTB foydasi va zararlari hisobini va umumiy balansini (auditorlar 
hisobotini ko‘rib chiqqandan keyin) tasdiqlash; rezervlar o‘lchamini 
aniqlash, foydani taqsimlash, YTTB faoliyatining batamom to‘xtalishi va 
uning aktivlari taqsimoti haqida qaror qabul qilish; 

YTTB ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish, 
Bitimni tushunish yoki Direktorlar kengashi tomonidan uning qo‘llanishi 
bilan bog‘liq apellyatsiyalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Yevropa ittifoqi, Yevropa investitsiya banki a’zo mamlakatlari va 
Yevropa ittifoqining o‘zi YTTB nizom kapitalida 51 % kvotasiga 
egadirlar, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari – 13 %, qolgan 
Yevropa mamlakatlari – 11 %, noyevropa mamlakatlari –24 %. Kapitalda 
ko‘proq hissa bilan AQSh – 10 %, Italiya, GFR, Fransiya, Buyuk 


264 
Britaniya va Yaponiya – 8,5 %dan. Nizom kapitalining o‘lchami har 5-
yildabir marta ko‘rib chiqiladi
68

YTTB o‘z faoliyati davomida xo‘jalik yuritishning bozor usullariga 
o‘tayotgan davlat va xususiy sektor korxonalariga nisbatan 
operatsiyalarning quyidagi shakllaridan foydalanadi: 
1) ishlab chiqarishni rivojlantirishga kredit berish (qo‘shma 
moliyalashtirishni qo‘shgan holda); 
2) kapitalga investitsiya kiritish; 
3) qimmatbaho qog‘ozlarni kafolatlangan shaklda joylashtirish; 
4) kafolatlar berish va ko‘mak berishning boshqa shakllari yordamida 
kapital bozoriga kirishni yengillashtirish
5) foydalanishni belgilovchi bitimlarga muvofiq ravishda maxsus 
fondlar resurslarini joylashtirish; 
6) qarzlar berish (qo‘shma moliyalashtirishni qo‘shgan holda) va 
infratuzilmani tiklash va rivojlantirish uchun texnik yordam ko‘rsatish 
(shu jumladan, tabiatni muhofaza qilish dasturlari uchun).
YTTB eksport kreditlar bo‘yicha kafolatlar bermaydi va sug‘urtalash 
bilan shug‘ullanmaydi.
Shuningdek, YTTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi: 
1.
Mudofaa sanoati. 
2.
Tamaki sanoati. 
3.
Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab 
chiqarish. 
4.
Qimor biznesi. 
5.
Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar va 
jarayonlar. 
YTTB kredit-moliya siyosatining muhim yo‘nalishlaridan moliyaviy 
sektor, energetika, telekommunikatsiya infratuzilmasi, transport va 
agrobiznesni ajratib ko‘rsatish mumkin. Alohida holda xususiylashtirish 
sohasi ham muhim o‘rin egallaydi. 
Hozirgi kunda YTTB kredit liniyalaridan dunyodagi ko‘pchilik 
mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda foydalanib kelmoqda. 
Ushbu tashkilot tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar jahon iqtisodiy 
holatining yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish