Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Osiyo Taraqqiyot banki (OTB)
– Osiyo va Tinch okeani mintaqasi 
mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit 
ajratish bilan shug‘ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan 
biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966-yilning 22-avgustida 15 ta 
68
www.ebrd.com 


265 
mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank 
o‘zining o‘z kredit faoliyatini 1966-yil 19-dekabrda boshladi. 
Osiyo Taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad Osiyo va Tinch okeani 
mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotiga yordam berishdan iborat.
Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo–Тinch okeani 
mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Yevropa va Amerikaning sanoati 
rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu 
tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB 
boshqaruvi, ushbu mamlakatning Moliya vazirligi va Markaziy banki 
rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazadi.
OTB shtab-kvartirasi Manila shahrida (Filippin) joylashgan bo‘lib, 
OTB prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. 
OTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli 
shartlar bilan 40 yilgacha bo‘lgan kreditlarni yiliga 1 %dan berish; tijorat 
kreditlarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish
69


rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish 
rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va 
loyihalarni hamda rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish; 

xalqaro moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar 
bilan investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda 
hamkorlik qilish; 

mintaqada iqtisodiy o‘sish va hamkorlikni rag‘batlantirish uchun 
zarur ekspert xizmati va maslahatlarining turli shakllarini tashkil etish.
OTB quyidagi sohalarni o‘z ichiga olgan loyihalarni moliyalashtiradi:

qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash; 

avtomobil va temiryo‘llarni ta’mirlash va qayta qurish;

energetika; 

ta’lim; 

transport va aloqa tizimi; 

tog‘-kon sanoati;

sog‘liqni saqlash va ekologiya;

turizm infratuzilmasini rivojlantirish;

iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish;

bank tizimini rivojlantirish. 
69
www.abd.org 


266 
Osiyo 
Taraqqiyot 
bankining 
maqsad-vazifasi 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini va iqtisodiy o‘sishini, ham 
jamoaviy ham mustaqil rag‘batlantirish hisoblanadi. 
OTB rivojlanayotgan mamlakatlarga quyidagi fondlar hisobidan 
kreditlar beradi: 

oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil 
muddatga; 

Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan imtiyozli 1-3 % 
stavkalar bo‘yicha kambag‘al mamlakatlarga 40 yilgacha muddatga. 
Ko‘pgina rivojlanish banklari kabi Osiyo Taraqqiyot banki ham 
kreditlashda balansni ta’minlash uchun davlat sektoriga berilgan 
kreditlarning salmog‘i jami loyihalarning 20 %i dan oshmaydi. 
Osiyo Taraqqiyot banki faoliyatining xususiyati bo‘lib, kreditlarining 
30 %ini imtiyozli shartlarda maxsus fonddan berishi hisoblanadi. OTB bu 
mablag‘larni Yevropa bozorlariga yo‘naltirib, ularni rivojlanayotgan 
mamlakatlarga 25-40 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli kreditlarga 
aylantiradi. Shuningdek, kreditlar tijorat shartlarida yoki yuqori bozor foiz 
stavkasi bo‘yicha 10-25 yil muddatga oddiy jamg‘armalardan ham 
beriladi. 
Osiyo taraqqiyot banki quyidagi talablarga javob beruvchi loyihalarni 
mablag‘ bilan ta’minlaydi: 
1. Moliyaviy mustahkamligi va texnik bajarilishi, iqtisodiy 
barqarorligi yuqori bo‘lgan loyihalar. 
2. Loyihani amalga oshirish mamlakatning istiqbolda rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatishi.
3. Qarzdor mamlakatning qo‘shimcha tashqi qarzga xizmat 
ko‘rsatishga qodirligi.
4. Unumdorlikni oshirish uchun yangi texnologiyalarni joriy qilish. 
5. Qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini tashkil etish. 
Osiyo Taraqqiyot bankiga a’zolik BMTning iqtisodiy va ijtimoiy 
masalalar bo‘yicha Osiyo– Тinch Okean Komissiyasi a’zolariga, 
shuningdek, boshqa mintaqalar rivojlangan mamlakatlari va BMTga 
hamda uning biron bir boshqa maxsus agentliklariga a’zo mamlakatlar 
uchun erkindir. 
Osiyo Taraqqiyot bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

Osiyo 
mamlakatlari 
iqtisodiy 
rivojiga 
va 
hamkorligiga 
ko‘maklashish; 

davlat va xususiy fondlardan kapital qo‘yilmalarning o‘sishini 
ta’minlash; 


267 

hududiy savdoning rivojlanishiga olib keluvchi iqtisodiy rejalarni 
tartibga solishda ishtirok etish; 

tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash 
va bajarishga texnik yordam berish; 

a’zo mamlakatlarning tashqi savdosiga va iqtisodiy rivojlanishiga 
yordam berish. 
OTB ustaviga binoan bank tizimiga bir nechta maxsus fondlar kiradi: 

Imtiyozli shartlarda uzoq muddatli kreditlash maxsus fondi; 

Osiyo rivojlanish fondi; 

Texnika yordami maxsus fondi. 
Bank operatsiyalari ikki asosiy manbadan: oddiy kapital mablag‘lari 
va maxsus mablag‘lardan moliyalashtiriladi. 
Oddiy kapital mablag‘lari Osiyo Taraqqiyot bankiga a’zo 
mamlakatlarning kapital ulushlarini to‘lashlaridan va investitsiyalardan 
keladigan daromad hisobiga shakllanadi. 
Maxsus mablag‘lar a’zo rivojlangan mamlakatlar badallari, maxsus 
fondlar, ssudalar va investitsiyalardan daromadlar, shunindek, Osiyo 
Taraqqiyot banki kengashi maxsus qaroriga binoan oddiy kapital 
mablag‘larini o‘tkazish summalari ko‘rinishida shakllanadi. 
Osiyo Taraqqiyot banki Maxsus mablag‘lari katta bo‘lmagan va 
kambag‘al a’zo mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
imtiyozli ssudalar shaxobchalarini tashkil etgan. 
Osiyo Taraqqiyot banki barcha sharoitlar bo‘yicha puxta tahlil 
o‘tkazgandan keyin kredit beradi. Bu holat bank zaxiralari va likvidligini 
saqlashga, sof daromadni doimiy oshirishga, qarzdorlarning kreditga 
qobiliyatliligi monitoringini o‘tkazishga imkon yaratadi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish