Oziq-ovqat muammosi
.
Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan
biri oziq-ovqat muammosidir
. Xususan, surunkali to‗yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam
rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‗layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin
taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‗n millionlab odamlar,
kattalardan ko‗ra ko‗proq bolalar halok bo‗lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda,
ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga
qaram qilib qo‗yadi. Shu tariqa g‗alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‗tkazishning samarali vositasiga va
mohiyat e‘tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi.
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun «yashil inqilob»ni
amalga oshirish bilan bog‗langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‗doy va sholining o‗ta unumli Yangi
navlaridan foydalanib, qishloq xo‗jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq
xo‗jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish mo‗ljallandi.
«YAshil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham
salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning
uchun zarur mablag‗lar mavjud bo‗lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday mamlakatlar uncha
ko‗p emas, masalan Hindiston, Pokiston Shular jumlasidan. Texnika va o‗g‗itlar xarid qilish uchun
mablag‗lar mavjud bo‗lmagan, aholining ma‘lumot darajasi juda past bo‗lgan, turg‗un an‘analar va xurofiy
aqidalar xo‗jalik yuritishning ilg‗or shakllarini amalga joriy etishga to‗sqinlik qilgan o‗ta qoloq
mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. Shuningdek, u odatdagi mayda xo‗jaliklarni vayron qila
boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. «YAshil inqilob» eski qishloq xo‗jaligi
o‗rnida Yangi, zamonaviy qishloq xo‗jaligini barpo eta olmadi, ya‘ni eski uyni buzib, uning o‗rnida Yangi
imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi.
O‗zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta yakkahokimligiga chek
qo‗yilib, g‗alla, sholi, chorma mollarini etishtirishga alohida e‘tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini
takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, g‗alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan
unumli foydalanish yo‗lga qo‗yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |