Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Sog‗liqni saqlash. 
Aholi soni va uning yashash sharoiti, Shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning 
yana bir global muammosi bilan uzviy bog‗liq.
Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen 
o‗zgarishlar o‗rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit 
ifloslanishining hali o‗rganilmagan yoki kam o‗rganilgan ko‗p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy 
va biologik omillari ta‘sir ko‗rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining 
tarkibi va xususiyatida Yuz bergan o‗zgarishlar ayni Shu hol bilan izohlanadi.
Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‗lib, ular odamlar o‗limining asosiy sabablari 
hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‗paydi, 
«sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay Yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‗ldi. 
1
Каримов И.А. БМТ Саммити мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқ. –Т.:. 
Ўзбекистон, 2010 


267 
Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‗sishining asosiy sabablari kam harakatchan 
turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‗riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga 
tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‗zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni 
mashinalar, texnika vositalariga yuklab, o‗ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish 
funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda kasalliklardan azob 
chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‗proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish 
imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‗limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, 
epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‗lish ehtimoli rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab 
bo‗lmaydigan darajada yuqoridir.
So‗nggi ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun sayin ortib bormoqda. 
Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‗lim bilan tugaganligi sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. 
Butunjahon sog‗liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotiga ko‗ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 
17,5 million inson vafot etgan. Ushbu ko‗rsatgich barcha o‗lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. Shu 
jumladan, 7,6 million kishi yurak ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan ko‗z 
yumgan
97
. Hozirgi vaqtda o‗rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‗rtasidagi ulkan yuk 
oqimlari, odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamShumul xususiyat kasb 
etdi va ko‗pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, cho‗chqa 
grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‗lmagan, Yangi kasalliklarning paydo bo‗lishi sabablarini ham ayni 
Shu erdan izlash lozim.
Ayni paytda Shuni ham alohida ta‘kidlash lozimki, XX-XXI asrda Yangi kasalliklar soni ko‗payib 
borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng 
katta yutug‗i sifatida 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) ayollarda bachadan saratoni 
kasalligini ―papiloma‖ virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani 
uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‗ldi. Dunyo bo‗yicha umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki 
tashkil qilar, va har yili ikki Yuz mingga yaqin ayollar Shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‗z yumar edi. 
Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalaShuvi Yuzlab ayollarning sog‗ligi garoviga aylanmoqda. 
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan O‗zbekistonda ham 2009 yildan 12-14 yoshdagi 
qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur 
Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e‘tirof etilmoqda. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi bo‗yicha davlat 
dasturi qabul qilingan bo‗lib, unga ko‗ra barcha viloyatlarda skrining markazlari tashkil qilindi, ona va bola 
salomatligining profilaktikasi, ―tez yordam‖ markazlarining faoliyati yo‗lga qo‗yildi, aholini notipik gripp 
kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. ―Bugungi kunda mamlakatimizning barcha 
hududlarida bolalarning 98 foizidan ortig‗i oldini olish mumkin bo‗lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. 
Buning natijasida difteriya, qizamiq kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 
2010 yilda yuqumli kasalliklar bilan og‗rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi 28 foiz, epidemik 
parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana Shunday tadbirlar samarasidir‖
2
. Darhaqiqat, 1997 
yilda 1 sonli yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot institutida Yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi 
O‗zbekistonda (gippotit) odam organizmida sariq kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, E 
viruslarini aniqlash imkonini yaratdi. ―Sog‗liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‗ta 
og‗ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat‘iy choralar ko‗rildi. Onalar 
o‗limi darajasi 2 baravardan ko‗proq, bolalar o‗limi 3 baravar kamaydi....odamlarning o‗rtacha umr ko‗rishi 
67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr ko‗rishi esa 75 yoshgacha oshdi‖
1
. Zamonaviy diagnostika 
texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishning yo‗lga qo‗yilishi, surunkali sariq kasalligining oqibati 
bo‗lmish jigar serrozining kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi. 
97
Бобожонова Н. ―Ёшарган‖ хавфли тўлқин. -Т.: Ношир, 2008. –Б.23. 
2
Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш-тараққиѐтимизнинг муҳим омилидир.-
Т.: Ўзбекистон, 2010 
1
Каримов И.А. БМТ Саммити мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисдаги нутқ. –Т.: Ўзбекистон, 
2010. 


268 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish