Urush va tinchlik muammosi
. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni
Shu
sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta‘minlash butun
dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e‘tirof etiladi
. Uning keskinligi barcha
zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‗lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun
insoniyat oldiga «o‗lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo‗yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat
kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo‗lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‗q qilish imkoniyatini yaratgan yadro
quroli paydo bo‗lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor
qo‗llanilgan paytdan e‘tiboran mutlaqo Yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod,
tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‗zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo
muhimi Shundaki, mazkur davrdan e‘tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o‗lishi mumkin
bo‗lib qoldi. Teyyar de SHarden Yangi vaziyatga baho berar ekan, Shunday deydi: «Bir individ o‗lsa, uning
o‗rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o‗limi hayotning davom etishiga to‗siq bo‗la olmaydi.
Ammo butun insoniyat o‗lsa-chi?..»
98
.
1940-yillarning oxirida ta‘riflangan bu masala vaqt o‗tishi bilan ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi.
Atom bombasi paydo bo‗lishi bilan «qiyomat-qoyim» xom-xayol bo‗lmay qoldi. O‗sha davrda Yangi
ixtironing butun xavfini ko‗pchilik hali tuShunmagan, ayrim faylasuflar va olimlar yadro urushi tahdid
solayotgan sharoitda odamlar o‗zining o‗zgargan holatini anglab etishlari va insoniyat halok bo‗lishining
oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligi haqida ogohlantirgan edi.
Albatta, o‗zini o‗zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bo‗lgani yo‗q. YAdro qurolini
yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlash uchun etarli miqdorda jamg‗arish uchun vaqt, juda katta
moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar, Shuningdek jahonning turli mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar
va ishchilar ko‗p millionli armiyasining kuch-g‗ayrati talab etildi. Ammo birinchi yadro portlashlaridan
so‗ng Yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini jahon hamjamiyatining keng davralari anglab etishi uchun ham
qariyb 30 yil vaqt o‗tishi kerak bo‗ldi.
AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda ish olib borgan olimlar ikki jamoasi
tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo‗lgan «yadro qishi» konsepsiyasi paydo bo‗lgan 1980-
1
Каримов И.
А. БМТ Саммитининг мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисдаги нутқ.-Т.: Ўзбекистон, 2010.
98
П. Тейяр де Шарден. Феномен человека. – М.: 1987. – С
.216.
270
yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro quroli yaratilishi, Shuningdek global muammolar paydo bo‗lishi
bilan u o‗zining avvalgi «umrboqiyligi»ni yo‗qotganini uzil-kesil anglab etdi.
Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur konsepsiyaning asosiy
mazmuni Shundan iboratki, jahonda Erdagi hayotni butunlay yo‗q qilish uchun etarli miqdorda yadro
zaryadlari to‗plangan.
Ular portlatilgan taqdirda to‗g‗ridan-to‗g‗ri shikastlantiruvchi ta‘sirdan tashqari
havoga son-sanoqsiz miqdorda chang, tutun va kul ko‗tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni quyosh
nurlaridan butunlay to‗sib qo‗yadi. Bu atmosfera va Er Yuzasining temperaturasi keskin pasayishiga sabab
bo‗ladi va uni muz bosishiga olib keladi. «YAdro qishi» konsepsiyasi odamlarni ular Yangi xavf darajasini
anglab etishga va sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh yoqasidan
uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzil-kesil mahrum qildi.
Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir o‗ziga xos xususiyati Shundaki, u mohiyati va hozirgi
holati «Tabiat falsafasi»mavzusida ko‗rib chiqilgan ekologiya bilan uzviy bog‗liq. Biz fan-texnika
taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni bartaraf etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan edik,
ammo qurol-yarog‗larning vayronkor imkoniyatlari, ularning shakllari, qo‗llash metodlari va usullarining
rang-barangligi ham ayni Shu darajaga bog‗liq bo‗ladi. Boshqacha aytganda, inson o‗z hayotini tabiat bilan
uyg‗unlikda yo‗lga qo‗yish imkoniyatlarini qo‗lga kiritish bilan bir qatorda butun tiriklikni yo‗q qilish
qobiliyatini ham ko‗p karra oshirdi. Jamiyatning harbiylaShuvi, qurollanish poygasi va harbiy mojarolarning
salbiy oqibatlari atrof muhitning buzilish jarayonlarini yanada jadallashtirmoqda. YAdro quroli bilan bir
qatorda urush olib borishning «geografik» vositalari ham oldindan aytib bo‗lmaydigan oqibatlardan iborat
alohida xavf tug‗diradi. Bu oqibatlar inson sun‘iy yo‗l bilan tabiiy ofatlar, vayrongarchiliklar va Shu
kabilarga erishish maqsadida tabiiy jarayonlarga izchil ta‘sir ko‗rsatishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Urush harakatlari olib borishning bunday usullari, masalan muayyan hudud ustidagi ozon qatlamini ataylab
vayron qilish va Shu kabilar yadro qurolining qo‗llanilishi bilan teng oqibatlarga sabab bo‗lishi mumkin.
Bugungi kunda harbiy qarama-qarshilik ma‘lum darajada susayganiga qaramay, aksariyat
mamlakatlarda mudofaa va atrof muhitni muhofaza qilish xarajatlarida ulkan nomutanosiblik hanuzgacha
saqlanib qolmoqda. Bu tafovut mudofaa foydasiga ba‘zan ellik baravar va undan ko‗proq darajaga etadi. Bu
hol «uchinchi dunyo» mamlakatlarida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Bu erga, bir tomondan, qurol-
aslaha, boshqa tomondan esa – murakkab ekologik vaziyatni yanada og‗irlashtiruvchi eskirgan asbob-uskuna
va noekologik texnologiyalar tobora ko‗proq etkazib berilmoqda. Natijada ifloslanish va tabiatning zavol
topish sur‘atlari bu erda rivojlangan mamlakatlardagidan ancha yuqoridir.
Qurollanish poygasi nafaqat ulkan moddiy resurslarni, balki mehnat resurslari, intellektual resurslarni
ham behuda sarflamoqda. Butun dunyoda olimlarning to‗rtdan bir qismi, odatda, eng malakali kadrlar
urushga tayyorgarlik ko‗rish borasidagi ishlarga jalb qilingan bo‗lib, ularning bilim va ko‗nikmalari
vayronkorlik vositalarini yaratishga yo‗naltirilgan. Ammo olimlarinsoniyat duch kelgan xavf darajasini
birinchi bo‗lib (ularning eng ilg‗or vakillari) anglab etdilar.
Qurollanish poygasi avj ola boshlagan 1955 yilda taniqli ingliz faylasufi B.Rassel tinchlik va
qurolsizlanish uchun kurash tashabbusi bilan chiqdi. U A.Eynshteyn bilan hamkorlikda F.Jolio-Kyuri,
M.Born, S.Pauell, L.Infeld va boshqa yirik olimlar tomonidan qo‗llab-quvvatlangan mashhur Manifestni
e‘lon qildi. Bu Manifestda insoniyat unga tahdid solayotgan xavf haqida ogohlantirildi, Shuningdek yadro
asrida sivilizatsiyani asrab qolish uchun «Yangicha fikrlashni o‗rganish» lozimligi uqtirildi.
B.Rassel nafaqat xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi, balki ularni echish yo‗llarini ham taklif qildi.
Xususan, u barcha urushlarga chek qo‗yishi lozim bo‗lgan jahon hukumatini tashkil etish g‗oyasini ilgari
surdi. Uning fikricha, BMT
*
bunday hukumat negizi bo‗lishi mumkin. U Shuningdek davlatlar o‗rtasidagi
nizoli masalalarni tinch yo‗l bilan echish uchun jahon konferensiyasi chaqirishni talab qildi.
Tinchlik, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik uchun kurash boshlagan jahon ilmiy hamjamiyati bu
borada o‗z kuch-g‗ayratini birlashtirish lozimligini anglab etdi va 1957 yilda Pagoush (Kanada)da o‗z
tarafdorlarining birinchi konferensiyasini o‗tkazdi.
Pagoush harakati
deb nomlangan bu tashkilot tinchlik
uchun kurash olib boruvchi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi. Endilikda unga hozirgi
globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf etish yo‗lida kurash olib borayotgan boshqa ko‗p
sonli tashkilotlar va harakatlar (Grinpis, Rim klubi, antiglobalistlarning harakatlari va boshqalar) qo‗shildi.
*
Бирлашган Миллатлар ташкилоти
271
Tinchlik va qurolsizlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash g‗oyasini 1993 yilda I.A.
Karimov BMTning 48 sessiyasida taklif qilgan edi. O‗zbekistonda 1999 yil 16 fevral voqealari, 2001 yil 11
sentyabrda AQSHning markazida ko‗p qavatli savdo uyining portlatishi, CHechenistondagi cheksiz
terrorchilik harakati natijasidagi minglab qurbonlar I.A. Karimovning nechog‗lik haqligini yana bir karra
isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |