Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

G‗arb falsafasida inson.
Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan 
yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‗rin egallab 
keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga nisbatan 
kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‗proq xosdir. Dunyoning 
mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‗ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‗rin 
olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos 
muammolari chiqadi.
86
Ал-Форобий. Фозил шаҳар аҳолиси. -Т.: Шарқ, 1999.- Б. 69 
87
Ал-Форобий Фозил шаҳар аҳолиси.-Т.: Шарқ, 1999 –Б.73. 
88
Вивекананда Свами. Философия йога. – Магнитогорск, 1992. – С.488-489. 


243 
Kosmotsentrizm nuqtai nazaridan inson avvalo kosmosning bir qismi sifatida, «kichkina 
dunyo» sifatida (Demokrit), ba‘zan jonli organizm sifatida tasavvur qilinadigan makrokosm bilan 
uzviy bog‗liq bo‗lgan mikrokosm sifatida idrok etiladi
. Antik faylasuflar Koinotni va unda mavjud 
tartibni tushunish orqali insonning o‗zini ham anglab etish mumkin deb hisoblaganlar (Platon, 
Aristotel). Bunda tafakkur, bilim, aql-zakovat va donishmandlik muhim rol o‗ynagani bois, ular 
doim kosmotsentristlar tomonidan yuksak baholangan, inson va uning qobiliyatlariga baho berishda 
birinchi o‗ringa qo‗yilgan.
Bunday qarashlar Evropa falsafiy an‘anasida V asrgacha, ularning o‗rnini teotsentrizm 
konsepsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Bu konsepsiyaga muvofiq hamma narsani Xudo 
belgilaydi. Xristianlikning mohiyatini aks ettiruvchi turli kreatsionistik nazariyalarga ko‗ra butun 
dunyo, Shu jumladan jonli dunyo (o‗simliklar, hayvonlar, inson) darhol va o‗zining mukammal 
ko‗rinishida yaratilgan. Injilning dunyo olti kunda yaratilgani haqidagi rivoyatiga asoslangan bu 
nuqtai nazar evropaliklar tafakkurida Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo‗lgunicha, ya‘ni 
XIX asrning o‗rtalariga qadar hukm surdi. Xristianlar dunyosida dindor odamlar orasida u bugungi 
kunda ham amal qilmoqda.
Teotsentrizm nuqtai nazaridan insonning mohiyatini anglab etish, masalan, qadimgi yunon 
faylasuflari yoki keyingi materialistik falsafiy konsepsiyalardagi kabi oqilona fikrlash yo‗li bilan 
emas, balki MuqaddasKitobda ta‘riflangan vahiylar yordamida amalga oshiriladi
. Bu vahiylarni 
faqat Injil aqidalariga e‘tiqod qilish orqali tushunib etish mumkin. Teotsentrizm nuqtai nazaridan 
e‘tiqod nuridan charog‗on bo‗lgan aql dunyodagi ilohiy tartibning tarkibiy qismi sanalgan va 
«Xudoning timsoli» sifatida amal qiladigan insonning o‗zini emas, balki uning ba‘zi bir 
jihatlarinigina aniqlashga yordam beradi. Ayni Shu sababli xristianlik, Xudoni oliy mohiyat deb 
e‘tirof etadigan va insonga U yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teotsentrik falsafiy tizimlar 
kabi, insonni Xudoning o‗zi singari tagiga etish mumkin bo‗lmagan sir, jumboq deb e‘lon qiladi.
Teotsentrizm falsafasini boshqa falsafiy nuqtai nazarlar – antropotsentrizm va 
kosmotsentrizm siqib chiqara boshlagan Uyg‗onish davrida insonga doir qarashlarda jiddiy 
o‗zgarishlar Yuz berdi. O‗rta asrlarda inson u yoki bu korporatsiya vakili sifatida amal qilgan 
bo‗lsa, Uyg‗onish davrida u o‗zlikni anglash tuyg‗usi va ijtimoiy nuqtai nazari o‗sishi natijasida o‗z 
manfaatlarini ifoda eta boshladi. Inson shaxs sifatida kamol topdi. U o‗zini o‗z shaxsiy hayoti va 
taqdirining bunyodkori sifatida tobora kuchliroq anglay boshladi. Inson mustaqillikka va tabiatni 
o‗ziga bo‗ysundirishga harakat qildi, o‗z ijodiy imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishona boshladi. 
Mazkur qarashlar italyan faylasufi Piko della Mirandolaning «Inson qadr-qimmati haqida so‗z» deb 
nomlangan mashhur asarida o‗z aksini topdi. Tasviriy san‘at, me‘morchilik, axloq, estetika, 
adabiyot va pedagogikani yaxshi tuShunadigan har tomonlama komil inson o‗sha davrning idealiga 
aylandi. Uyg‗onish davri bu idealga to‗la mos keladigan Leonardo da Vinchi, Alberti Bottichelli, 
Rafael kabi atoqli shaxslarni dunyoga berdi.
O‗sha davr falsafasida insonga bo‗lgan qiziqishning kuchayishi bilan bir qatorda tabiatga 
bo‗lgan qiziqish ham tiklandi. N.Kuzanskiy, J.Brunoning panteistik konsepsiyalari xristianlar 
Xudosini siqib chiqara boshladi. YUnonlarning kosmotsentrizmi tabiiysentrizm sifatida qayta 
anglab etildi. Bunda antik faylasuflarning markazida Er joylashgan pirovard kosmos haqidagi 
tasavvurlari cheksiz va markazsiz kosmosga o‗rin bo‗shatdi.
Bunday kosmos umumiyroq va kengroq tushuncha – «tabiat» bilan tenglashtiriladi. Shundan 
beri u turli falsafiy tizimlarda faol o‗rganiladi. Xususan, Ma‘rifat davri falsafasida fundamental 
tushunchaga aylanadi, SHelling ijodida markaziy o‗rin egallaydi, Shuningdek ekologiyaga qarab 
mo‗ljal oluvchi ayrim hozirgi falsafiy konsepsiyalarda dunyo va insonni tushunishda tayanch 
nuqtasi hisoblanadi. Mazkur yondashuvga ko‗ra inson tabiatning ajralmas qismi sifatida qaraladi. 
Bunday qarashlarning izchil tarafdorlari, masalan, XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan 
ijtimoiy ekologiya namoyandalari e‘tiborni haddan tashqari keng qaratadigan tabiatdan uning 
muayyan qismiga – inson o‗z hayot faoliyatini amalga oshiradigan biosferaga qaratish lozimligini 
qayd etadilar va bunda antropotsentristik qarashlardan voz kechib, ularni biosferotsentrizm bilan 
almashtirishni talab qiladilar. 
Biosferotsentrizmda falsafiy tadqiqotlar markaziga inson o‗rniga 
tabiatni qo‗yish taklif qilinadi va Shu tariqa tabiat inson ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaralmaydi, 


244 
inson mohiyati va uning ehtiyojlari esa tabiiy qonunlarni va biosferaning tadrijiy rivojlanish 
tendensiyalarini bilish nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish