Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Antropologiya
inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‗rnini, o‗ziga xos 
xususiyatlarini o‗rganish bilan Shug‗ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to‗laroq ochish 
uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‗llanadi. «Men» — insonning o‗zligini tashqi 
olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o‗zini boshqa borliqdan farqlaydi. 
Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‗lib tuyuladi. SHaxs insonning mustaqilligini ifoda 
etadi. 
Inson o‗z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini 
qondirish inson borlig‗ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma‘nosi faqat moddiy 
ne‘matlardan bahramand bo‗lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‗yishdan iborat emas. 
Inson ruhi ham o‗ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma‘rifatparvarlik, odamiylik, 
odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma‘naviy fazilatlar 
shakllanadi. YUksak ma‘naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e‘tiqodini mustahkamlaydi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma‘naviy-ruhiy jihatdan kamol 
toptirishga qaratilgandir. 
Insonning ma‘naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy 
mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini 
to‗g‗ri tushunishga xalaqit berishi mumkin. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g‗oya va milliy mafkura insonga biryoqlama 
qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma‘naviylikni uyg‗unlashtirishni taqozo etadi. Bozor 
iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo‗lishini 
inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo‗lishga rag‗batlantiradi. 
YUksak ma‘naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o‗rnatib, saxiy va 
olihimmat bo‗lishga undaydi. 
Antropologiya insonning ma‘naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini 
bilish mumkin, degan g‗oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta‘rifiga ko‗ra, ma‘naviyat (ruh) insonni 
axloqan poklaydigan, iymon-e‘tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. 
YUksak ma‘naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk 
shaxslar timsolida o‗z aksini topadi. Insonga xos bo‗lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, 
uning jamiyatda tutgan o‗rnida, uning o‗z moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan 
mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko‗rinadi. 
SHaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g‗oya va mafkura 
muhim o‗rin tutadi. Bozor munosabatlariga o‗tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar 
Yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom 
Karimov asarlarida asoslab berilgan. 
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to‗laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini 
yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir: 
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o‗zgarganligi; 
- mehnatga Yangicha munosabatni rag‗batlantirishga yordam beruvchi omillar; 
- o‗z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo‗lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining 
yaratilganligi; 
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo‗llab -quvvatlanishi; 
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; 
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; 
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; 
- demokratik qadriyatlar rivoji; 
- ma‘naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi 
kabilardir. 
Ular shaxsning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida 
rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar 
inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro‗yobga chiqishini ta‘minlashga, uning barkamol sifatlar 
kasb etishiga qaratilgandir. SHaxs islohot natijalaridan bahramand bo‗luvchigina emas, balki ularni 


246 
sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham Yangilanish jarayonida o‗zgaradi, yuksaladi, 
qadr-qimmat topadi va e‘zozlanadi. 
Insonning jamiyatidagi o‗rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o‗z oldiga quydagilarni 
maqsad va vazifa qilib qo‗yadi: 
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo‗yish; 
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; 
- insonning o‗zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog‗lom avlodlar 
uzluksizligini ta‘minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e‘tiqodi butun 
bo‗lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. 
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan 
bog‗liqdir. Hozirga qadar inson to‗g‗risidagi falsafiy ta‘limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy 
xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko‗proq e‘tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson 
borlig‗ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi. 
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o‗rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf 
etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta‘kidlash joizki, ayrim 
kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va 
me‘yorlarni poymol etib, ko‗proq g‗arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni 
keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo‗lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, 
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‗lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga 
to‗sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, 
ma‘naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo‗lgan ishonchini susaytiradi, 
barkamol insonni voyaga etkazishga qarshilik ko‗rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib 
chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami 
vakillari, giyohvand, poraxo‗r, terrorchi va Shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir. 
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana Shunday kishilar mavjudligini e‘tiborga olish 
muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta‘minlashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yar ekan, 
bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy 
manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e‘tibor beradi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish