Yangi davrda insonga qiziqish
asosan, ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki bilan bog‗landi.
Yangi davrda insonga biluvchi sub‘ekt sifatida yondashildi. Masalan, Dekart insonning mohiyati,
o‗ziga xos xususiyatini uning tafakkuri, fikrlash qobiliyatida ko‗rdi. XVIII asr fransuz materialist
faylasuflari (Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri) tabiatShunoslik va mexanika sohasida erishilgan
hayratomuz yutuqlar ta‘sirida insonning jonini ong bilan, tanasini esa – avtomat, mashina bilan
tenglashtirib, uni mexanistik talqin qildilar.
Buyuk nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) insonni tushunish yo‗lida muhim qadam tashladi.
U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza yuritish mumkin, deb hisoblar edi.
Ayni vaqtda, u «inson uchun maktab bo‗lib xizmat qiladigan madaniyat sohasidagi barcha
muvaffaqiyatlarning maqsadi o‗zlashtirilgan bilim va ko‗nikmalarni amalga tatbiq etishdan
iboratdir. Ammo bu bilimlar tatbiq etilishi mumkin bo‗lgan dunyodagi eng muhim predmet
insondir, zero u o‗zi uchun pirovard maqsaddir»
1
, deb qayd etadi.
Dunyoning butun rang-barangligi orasida I.Kant tabiatning turli, lekin bir-biri bilan uzviy
bog‗langan uch darajasi: notirik tabiat, tirik tabiat va inson tabiatini farqladi. Uning fikricha, bu
darajalarning har birida tabiat o‗z qonunlariga, chunonchi: notirik tabiat – mexanika qonunlariga,
tirik tabiat – maqsadga muvofiqlikka bo‗ysunadi, inson tabiati esa erkinligi bilan tavsiflanadi. Ayni
vaqtda u inson tabiatini qolgan ikki tabiatga bog‗lash va ular orqali bilish mumkin emasligini
ta‘kidlaydi. Inson tabiatini faqat uning erkinlikdan kelib chiqadigan o‗z qonunlariga muvofiq anglab
etish mumkin. Shunday qilib, I.Kant inson tabiatning undagi boshqa jonli va jonsiz ob‘ektlar kabi
o‗ziga to‗q ob‘ekti hisoblanishi haqidagi fikrni ilgari surish orqali insonni o‗rganish uchun Yangi
imkoniyatlar yaratdi va Shu tariqa falsafiy bilimning mustaqil bo‗limi sifatida falsafiy
antropologiyaning yaratilishiga yo‗l ochdi.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini yaratuvchi
ma‘naviy faoliyat sub‘ekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql manbai sifatida tuShunildi.
L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi. O‗sha davrda ob‘ektiv idealizm falsafasida
hukm surgan tushunchalar («g‗oya», «ruh»)ga zid o‗laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi.
Feyerbax insonga tarixiy ma‘naviy rivojlanish mahsuli sifatida emas, balki avvalo biologik, hissiy-
jismoniy mavjudot sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi. Unda inson
Xudo yaratgan banda emas, balki tabiatning bir qismi bo‗lib, fransuz faylasuflari qayd etganidek
mexanizm emas, balki organizmdir.
Ayni Shu sababli Feyerbax falsafasi «antropologik materializm» degan nom oldi. Uning
insonga nisbatan yondashuvi Shu bilan tavsiflanadiki, insondagi tabiiylik va ijtimoiylik
materialistik monizm nuqtai nazaridan tuShuntiriladi. Bu inson bir vaqtning o‗zida notirik va tirik
tabiatning tadrijiy rivojlanishi mahsuli sanalgan biologik mavjudot sifatida ham, mohiyati ijtimoiy
munosabatlar bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham qaralishini anglatadi.
XIX asrdan boshlab Evropa falsafiy tafakkuri F.SHelling, A.SHopengauer, M.SHtirner,
S.Kerkegor, F.Nitsshe, N.Berdyaev, A.Bergson kabi faylasuflarning sa‘y-harakatlari bilan inson
mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish sari Yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-iroda,
irratsionallik tushunchalari maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik
ekzistensializm, intuitivizm va personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan ob‘ektiv dunyo – bu avvalo «inson borlig‗i»
bo‗lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin emas. Inson borlig‗i
to‗g‗risida so‗z yuritish o‗rinli bo‗ladi, chunki inson borliq xususida savollar beradi, uning
mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan kechiradi, anglab etadi.
Inson muammosiga qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr boshiga kelib falsafada
bilimning Yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi ta‘limot, ya‘ni falsafiy antropologiya vujudga
kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ko‗rsatadi.
Insonni o‗rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
1
Кант И. Соч. Т. 6. – М., 1966.– С.351.
245
Do'stlaringiz bilan baham: |