Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Insonga fan nuqtai nazaridan yondashuv



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Insonga fan nuqtai nazaridan yondashuv
.Tabiat haqida bilimlar to‗planishi va ularning 
rivojlanishiga qarab, odamzotning o‗z-o‗ziga bo‗lgan qiziqishi ham kuchayib bordi, inson 
borlig‗ining bu sohadagi tadqiqotlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratuvchi Yangi va Yangi 
o‗ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran 
o‗zgarishlar Yuz bergan, insoniy munosabatlar negizini tashkil etuvchi eskicha tasavvurlar va 
qarashlar ta‘sirida butunlay o‗zgargan davrlarda insonga bo‗lgan falsafiy qiziqish ayniqsa 
kuchaygan. Bunday davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va Yuz 
berayotgan voqealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga bo‗lgan qiziqish yana 
kuchaygan. Shunday qilib, falsafaning ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika kabi bo‗limlari 
bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-sekin shakllanib bordi. Bu erda inson nafaqat 
turli tomonlardan tahlil qilindi, balki uning ijtimoiy, tabiiy va kosmik jarayonlar bilan o‗zaro 
aloqalari ham o‗rganildi.
Xo‗sh, bilimning bu sohasida asrlar mobaynida qanday ijobiy bilimlar to‗plangan? Insonni 
tushunish borasida taraqqiyotga erishildimi? Falsafa va fan sohasida erishilgan insonning 
mohiyatini tavsiflovchi, uning muhim xususiyatlarini yoritib beruvchi qanday shak-Shubhasiz 
yutuqlarni qayd etish mumkin? 
Insonni bilish borasidagi ko‗p asrlik sa‘y-harakatlarni bir erga jamlab, ularning orasidan 
uzil-kesil echilgan deb hisoblash mumkin bo‗lganlarini ajratib olsak, shak-Shubhasiz yutuqlar soni 
uncha ko‗p bo‗lmaydi. Ular orasida avvalo Shu dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo bo‗lishi 
Erda hayotning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, u o‗z ibtidosi va muayyan tarixiga egadir. 
Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil etgan kongress ishtirokchilari 
– dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi zamon tabiatShunosligiga 
tayanib, inson va hayvonot dunyosi o‗rtasida yaqin aloqa mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb hisoblash mumkin. Bu 
nafaqat arxeologiya va Er geologik tarixi bilan tasdiqlanadi, balki Erdagi hayotga doir hozirgi 
tasavvurlardan va umumiy e‘tirof etilgan «kengayib boruvchi Olam» nazariyasi tuShuntiradigan 
dunyodagi evolyusion jarayonlardan ham kelib chiqadi.
Biroq fan, ayniqsa genetika ba‘zan bizning avvalgi tasavvurlarimizni butunlay 
o‗zgartiradigan Yangi kashfiyotlar qilishda davom etmoqda. Xususan, jonli mavjudotlarning 
biologik nusxalarini yaratish imkoniyatini beruvchi klonlash ketidan genetiklar, shov-Shuvga sabab 
bo‗lgan eng so‗nggi xabarlarga ko‗ra, qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi tajribaga 
tayangan o‗lmaydigan odam yo‗qligi haqidagi taxminiy (induktiv) xulosani jiddiy Shubha ostida 
qoldirishga qodir natijaga yaqinlashdilar. Jumladan, italyan olimlari sut emizuvchilarning qarish 
jarayonini P66SHC sifatida ma‘lum bo‗lgan alohida gen boshqarishini aniqladilar. Ular mazkur 
genni «nazorat osti»ga olish va Shu tariqa sinalayotgan hayvonlar umrini populyasiya bo‗yicha 
umrning o‗rtacha uzunlik ko‗rsatkichiga nisbatan 35% ga uzaytirishga muvaffaq bo‗ldilar.
Shunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtai nazardan biologiyaning 
fundamental qonunlariga zid hisoblanadi. Bu qonunlarga muvofiq hujayralarning bo‗linish yo‗li 
bilan ko‗payish qobiliyatining susayib borishi inson hayotini cheklaydi. Xususan, insonning etuk 
organizmi taxminan 50 000 milliard hujayradan iborat ekanligi aniqlangan. «Odamda uning umri 
mobaynida bir hujayra avlodida ketma-ket bo‗linishlar soni elliktagacha bo‗ladi. Bo‗linish 
jarayonlari maromini hisobga olganda, Shuni taxmin qilish mumkinki, inson umrining uzunligi 
(ba‘zi bir istisno hollardan tashqari) 110 yoshdan oshishi mumkin emas»
1
.
Biroq fan bir joyda to‗xtab turgani yo‗q va Shu bois matbuotda vaqti-vaqti bilan paydo 
bo‗layotgan genetik olimlarning hujayra qarishini to‗xtatadigan moddani topish, Shuningdek 
organizmda mazkur moddaning ajralishini boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari 
haqidagi xabarlar o‗ziga jiddiy e‘tibor berishni talab qiladi.
1
Годфруа Ж. Что такое психология. – М.: 1996. Т. 2. – С.10.


240 
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish uchun yo‗l ochadigan 
ba‘zi bir muhim muammolarning ta‘riflanishini ham ilmiy tadqiqotlarning shak-Shubhasiz natijasi 
deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi – insonning kelib chiqishi, Shuningdek ong, til, ijod, 
axloq, ma‘naviyat va Shu kabilarning tabiatini aniqlashdir.
Ko‗rsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam, 

hayot nima? 

birinchi odam qaerda va qachon paydo bo‗lgan? 

inson ma‘naviyatining tabiati qanday? 

Erda inson paydo bo‗lishining sababi nimada? 

bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi yoki 
bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab bo‗lganmi? 

hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi? 

inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni e‘tibordan 
chetda qoldirishi mumkin emas. 
Bu va boshqa Shunga o‗xshash masalalar echimini topish ustida falsafiy tafakkur ham, ilmiy 
tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatShunoslik uchun ularning aksariyati nafaqat mushkul, 
balki echib bo‗lmaydigan, ba‘zi bir hollarda esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, chunki ular 
xususida mavjud bilimlar Shu qadar oz, Yuzaki va muammolarga to‗laki, bunday bilimlarga 
asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o‗zining ishonchlilik 
darajasiga ko‗ra taxminiy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Ammo fan o‗z kuchini yo‗qotgan, yoki, hali kuchga to‗lmagan joyda aniq ta‘riflar, bir 
xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o‗zini erkin 
his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada o‗z ifodasini topadi. 
Falsafa «boqiy» masalalarni o‗rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim 
qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil echimlar va shak-Shubhasiz javoblar 
olishga da‘vogarlik qilmaydi. Sinovdan o‗tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo‗qligi uni 
xijolatga solmaydi, zero falsafa intuitsiya, g‗oyibona ta‘sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan 
farazlar, taxminlar, to‗ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan 
tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy echimga ega bo‗lmagan narsa yoki 
hodisani o‗zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. Shu tariqa falsafa insonni bilish 
chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko‗taradi, balki Yangi muammolarni 
qo‗yish imkonini beruvchi Yangicha yondashuvlar, o‗zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi – eski 
muammolarning Yangicha talqinlari bilan boyitadi.
Shu ma‘noda S.SHeroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hech 
ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi
84
. Dunyoga 
keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim
85

Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog‗liq murakkab 
masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‗laroq, fanda bir fikrlilik u 
yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni 
yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‗la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon 
tabiatShunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan 
farqli o‗laroq, falsafaning o‗ziga xos xususiyati Shundan iboratki, u har qanday hodisani o‗rganish 
va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‗ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni Shu sababli bu 
erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim 
rol o‗ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim 
deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‗lgan 
tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Shunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an‘anasi uzoq vaqt hukm surgan fandan 
farqli o‗laroq, falsafa har xil, Shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni ilgari suradi, 
84
Қаранг: Саъдий Шерозий. Рубоийлар. –Т.: Шарқ, 1995. –Б.26 
85
Саъдий Шерозий. Рубоийлар.–Т.: Шарқ, 1995. –Б. 26 


241 
ayni bir hodisalar va ob‘ektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni ta‘riflaydi. Insonni 
tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko‗pligi ayni Shu hol bilan izohlanadi. Bu 
konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o‗z individual borlig‗idagi 
muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat bilan, nihoyat, tabiat, 
kosmos bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish