Insonning mohiyati.
Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat
tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning
individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini
ham hisobga olish lozim.
Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‗i
birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
Shunday qilib,
individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik
uni muayyan o‗ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, «shaxs» tushunchasiga yanada
torroq ma‘no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam
holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs
to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini beradi
. YA‘ni keng talqinga yo‗l qo‗yadigan «individ» va
«individuallik» tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‗lgan
ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. «SHaxs» tushunchasi esa
doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‗liq bo‗lib, faqat Shu ma‘noda, ayrim insonni
uning jamiyatdagi o‗rni, «ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Kezi kelganda yana Shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, har qanday shaxs zamirida oqilona
faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. Shuningdek inson Yangi moddiy va ma‘naviy
boyliklar yaratib, o‗z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‗yobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon
bo‗ladi.
Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi uch muhim omil: irsiyat,
madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‗zaro ta‘sirga kirishishi natijasida inson
shaxs sifatida o‗ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar,
maqsadlar, mo‗ljallar, ma‘naviyat va Shu kabilarga ega bo‗ladi. Insonning mazkur betakror
individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar
ta‘sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol
o‗ynashini qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e‘tirof etilgan me‘yorlarga
muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma‘noda ijobiy shaxslar
to‗g‗risida ham, salbiy shaxslar to‗g‗risida ham so‗z yuritish mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy jarayonlarni va
ijtimoiy o‗zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlaShuvi, odamlar
ongidan umuminsoniy me‘yorlar mustahkam o‗rin olishi bilan bog‗lamoqdalar. Bunda inson
o‗zining butun umri mobaynida, bir tomondan, o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishishga harakat
qilib, boshqa tomondan esa – o‗zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta‘sirini his etib, yaxlit bir
butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e‘tiborga olish lozim. Boshqacha aytganda,
o‗zining kamol topish jarayonida u doim ham sub‘ekt, ham ob‘ekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‗z
imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishi va hayot mazmunini izlashi bilan bog‗liq bo‗lgan yana bir
muhim falsafiy muammo Yuzaga kelishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |