Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar
– bu ijtimoiy va siyosiy hodisalar, voqealar, siyosiy aktlar va 
harakatlarning qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga, odatda, siyosiy 
va ijtimoiy harakatlarda mujassamlashgan ijtimoiy imtiyozlar, Shuningdek jamiyatning ravnaq 
topishi, xalqlar o‗rtasida tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‗maklaShuvchi tarixiy 
voqealarning progressiv ahamiyati kiradi.
Ma‘naviy qadriyatlar
– bu ijtimoiy ong hodisalarining tegishli shakllarda namoyon 
bo‗lgan me‘yoriy-nisbiy tomoni. Fan, axloq, san‘at, falsafa, huquq qadriyatlarini ma‘naviy 
qadriyatlar deb hisoblash odat tusini olgan. 
Ma‘naviy qadriyatlar qatoriga baxt-saodat, yaxshilik va yomonlik, go‗zallik va xunuklik, 
adolat va adolatsizlik, huquqiylik va nohuquqiylik, tarixning mazmuni va insonning vazifasi va 
hokazolar haqidagi me‘yoriy tasavvurlar ko‗rinishida ifodalangan ijtimoiy ideallar, mo‗ljallar va 
baholar, me‘yorlar va taqiqlar, harakat prinsiplari kiradi. Moddiy qadriyatlar inson ehtiyojlari va 
manfaatlari ob‘ektlari sifatida amal qilsa, ma‘naviy qadriyatlar ikki xil funksiyani bajaradi: ular 
qadriyatlarning mustaqil sohasi va moddiy qadriyatlarni baholash asosi, mezonidir.
Qadriyatlar borlig‗ining ideal shakli yo barkamollik, joizlik va zaruriyat haqidagi aniq 
tasavvurlar ko‗rinishida, yo botiniy mayllar, xohish-istaklar, intilishlar ko‗rinishida namoyon 
bo‗ladi. Barkamollik haqidagi tasavvurlar yo muayyan andoza, ideal ko‗rinishida (masalan, estetik 
faoliyatda) namoyon bo‗lishi, yo til vositalari bilan ifodalanishi mumkin.
Ma‘naviy qadriyatlar mazmun jihatidan, funksiyalariga ko‗ra va ularni ro‗yobga chiqarishga 
qo‗yiladigan talablarga ko‗ra rang-barangdir. Faoliyat maqsadlari va usullarini qat‘iy belgilovchi 
qoidalarning butun bir turkumi mavjud. Bular standartlar, qoidalar, qonunlar, andozalar. Madaniyat 
algoritmi sifatida xizmat qiluvchi me‘yorlar, didlar, ideallar qadriyatlarni ro‗yobga chiqarishda 
ko‗proq erkinlik beradi. Me‘yor – faoliyatning yagona va barqaror shartlar bilan belgilanuvchi 
optimalligi va maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur. Me‘yorlar quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
xatti-harakatlarning yagona ko‗rinishi (invarianti)ni; xulq-atvorning boshqa ko‗rinishlariga nisbatan 
taqiqni; mazkur ijtmoiy sharoitlarda xatti-harakatlarning maqbul varianti (andozasi)ni; me‘yordan 
chetga chiqish mumkin emasligi haqida ogohlantirish maqsadida ayrim shaxslarning xulq-atvorini 
baholashni (ba‘zan ayrim sanksiyalar ko‗rinishida). Me‘yoriy tartibga solish inson faoliyati va 
munosabatlari tizimini to‗la qamrab oladi. Ijtimoiy me‘yorlarni mustahkamlash tizimi ularni amalga 
oshirishning sharti hisoblanadi. Mazkur tizim xatti-harakatni ijtimoiy ma‘qullash yoki qoralashni, 
o‗z faoliyatida me‘yorga rioya qilishi shart bo‗lgan shaxsga u yoki bu sanksiyalarni tayinlashni 
nazarda tutadi. Shunday qilib, ehtiyojlarni anglash bilan bir qatorda ularni ijtimoiy me‘yorlar nuqtai 
nazaridan anglash ham mavjud. Garchi me‘yorlar ijtimoiy amaliyot va hayot sinovidan o‗tgan 
faoliyat usullarini mustahkamlash vositasi sifatida vujudga kelsa-da, ular undan ortda qolishi


229 
allaqachon eskirgan va shaxs o‗z imkoniyatlarini erkin ro‗yobga chiqarishiga monelik qilayotgan, 
ijtimoiy taraqqiyot yo‗liga to‗g‗anoq bo‗layotgan taqiqlar va qoidalarning manbalari bo‗lishi 
mumkin.
Ideal
– barkamollikning oliy me‘yori haqidagi tasavvur, insonning inson va tabiat, inson va 
inson, shaxs va jamiyat munosabatlarini tartibga solish, barkamollashtirish va uyg‗unlashtirishga 
bo‗lgan ehtiyojining ma‘naviy ifodasi. Ideal tartibga soluvchi funksiyani bajaradi, u inson ro‗yobga 
chiqarishga butun umrini bag‗ishlashga tayyor bo‗lgan strategik maqsadlarni aniqlash imkonini 
beruvchi omil bo‗lib xizmat qiladi. Idealga amalda erishish mumkinmi? Aksariyat mutafakkirlar bu 
savolga rad javobini bergan: ideal barkamollik va tugallanganlik timsoli sifatida empirik yo‗l bilan 
kuzatiluvchi borliqda o‗z o‗xshashiga ega emas, u ongda transsendentallik ramzi sifatida namoyon 
bo‗ladi. Shunga qaramay ideal ma‘naviy qadriyatlarning jamuljam ifodasi hisoblanadi 
Moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy qadriyatlar o‗rtasida mavjud tafovutlarga qaramay, 
ular bir-biri bilan uzviy bog‗liq va qadriyatlarning har bir turida boshqa bir turning muayyan jihati 
mavjud. Ayni paytda, Shunday qadriyatlar ham borki, ularni moddiy qadriyatlar qatoriga ham, 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga ham, ma‘naviy qadriyatlar qatoriga ham kiritish mumkin. Bu 
avvalo umuminsoniy ahamiyatga ega bo‗lgan qadriyatlardir. Ularning orasida inson hayoti
sog‗lig‗i, erkinligi va Shu kabilarni qayd etish mumkin.
Qadriyatlarni tasniflashning ikkinchi asosi – sub‘ektlarga ko‗ra individual shaxsiy 
(sub‘ektiv-shaxsiy), gruppaviy, umuminsoniy qadriyatlar farqlanadi - (gruppaviy, milliy, sinfiy, 
umuminsoniy) qadriyatlar farqlanadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish