Gruppaviy qadriyatlar
to‗g‗risida so‗z yuritar ekanmiz, biz bu bilan mazkur narsa,
hodisani bir individ emas, balki ularning muayyan majmui ijobiy baholashiga urg‗u beramiz.
Gruppaviy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‗oyalarning odamlar muayyan birligi (sinf, millat,
mehnat jamoasi va sh.k.) uchun qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Gruppaviy qadriyatlar muayyan
jamoaga kiruvchi individlarni yagona manfaatlar, qadriyatlar va mo‗ljallar bilan birlashtirib, mazkur
jamoaning hayot faoliyatida ulkan ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |