Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Ehtiyojlar va qadriyatlar.
Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi 
bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir. Inson 
ehtiyojlari uning hayotini, xususan jismoniy, aqliy, ma‘naviy, ishlab chiqarishga doir, oilaviy 
hayotni saqlash yoki o‗zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy yoki salbiy 
aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu tarzda vujudga 
keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto‗g‗ri anglashi mumkin. 
Ammo har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da‘vat etadi. Bu faoliyat samarali yoki 
samarasiz, puxta o‗ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‗lishi mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit 
predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma‘naviy uyg‗unlikka erishishga muhtojlik sifatida 
anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‗lib, ob‘ektlarni, o‗zlari 
yo‗naltirilgan mavjud borliqni ham, o‗z manbai sanalgan sub‘ektning muhim xususiyatlarini ham 
tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‗yobga 
chiqarishga yo‗naltiruvchi mo‗ljallar, mayllar va manfaatlarda o‗z rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar 
inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining poydevori 
hisoblanadi.
Inson ehtiyojlari o‗zgaruvchan, harakatchan, o‗zaro bog‗langan va bir-birining o‗rnini 
bosishga qodir. Ularning ayrimlari vujudga keladi, ba‘zilari yo‗q bo‗ladi, ayrimlari aktuallashadi, 
ba‘zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va 
kengayishga qodir, zero ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy 
aloqalarining ko‗p sonliligi va intensivligini aks ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar 


227 
majmuining murakkablaShuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy va ma‘naviy hayotning o‗z 
me‘yorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma‘naviy hayotining jo‗shqinligi – bularning 
barchasi uning ehtiyojlari o‗zgarishi va rivojlanishini belgilaydi.
Garchi qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita bog‗liq bo‗lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. 
Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‗lib, ularning 
ierarxiyasi muntazam ravishda o‗zgaradi, qadriyatlar esa nisbatan o‗zgarmas va individ tomonidan 
uning ijtimoiylaShuvi jarayonida o‗zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida Yuz bergan 
Yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari 
xristian dinining qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‗in qilinganlar. 
Belorusiyalik mashhur rassom Mark SHagalning o‗ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak 
baholangan bo‗lsa-da, o‗z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma‘lum emas. Sezann ijodi 
rassomning o‗limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning 
asarlari Parijdagi zamonaviy san‘at ko‗rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan, chunki 
nufuzli hay‘at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va sh.k. Ayni hol Shu bilan 
izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‗g‗ri anglanishi mumkin. Shu 
sababli amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega 
bo‗lmagan narsa esa yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Bundan tashqari, 
ehtiyojlarni qondirishga yo ko‗maklaShuvchi, yo monelik qiluvchi hodisalar mavjud. Binobarin, 
ahamiyatga ega bo‗lgan hamma narsalar ham qadriyat sanalavermaydi, balki ijobiy ahamiyatga 
molik hisoblanadi.
Shunday qilib, qadriyat deganda biron-bir ob‘ektning ijobiy ahamiyati tuShuniladi. Ammo 
ayrim hollarda biron-bir ob‘ektning ijobiy ahamiyati foydalilik chegarasidan chetga chiqmasligi 
mumkin (masalan, quyosh nuri o‗simliklar uchun foydali). Muhimlikni ob‘ektiv talqin qilish 
mumkin. qadriyat esa inson uchun muhim bo‗lgan hodisaning mazmunini aniqlashni nazarda tutadi. 
Shu sababli qadriyat tabiat hodisalarining insonga bog‗liq bo‗lmagan ob‘ektiv aloqasi sifatidagi 
foydalilik ayrim ko‗rinishi sanalgan hodisalarning moddiy predmetli borlig‗i bilan mos kelmaydi.
Qadriyat borliqning insonning ma‘naviy ehtiyojlariga bo‗lgan munosabatidir. Bunda 
ijtimoiy manfaatlar va ehtiyojlargina emas, balki gruppaviy va shaxsiy manfaatlar va ehtiyojlar 
mavjudligini ham hisobga olish muhimdir. Ayrim guruhlar yoki individlar uchun qadriyat sanalgan 
narsa boshqalar uchun yovuzlik, adolatsizlik, o‗zboshimchalik yoki axloqsizlik hisoblanishi 
mumkin. Ayni bir hodisalarning turli sub‘ektlarga funksional munosabati har xil va hatto qarama-
qarshi bo‗lishi mumkin: muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi bilan ayniy emas.
Qadriyatlar haqida mulohazalarning shakllanishida insonning ehtiyojlarini ijtimoiy shakl-
shamoyilga soluvchi me‘yorlar ayniqsa muhim rol o‗ynaydi. Qadriyatning borlig‗i baholash bilan 
uzviydir. Baholash yo‗li bilan individ ayrim qadriyatlarni aktuallashtiradi, ba‘zi bir qadriyatlarni esa 
rad etadi, ularning ierarxiyasini o‗rnatadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish