224
axloqiy, dunyoqarashga doir, mafkuraviy qadriyatlarda erkin baholashlarga ayniqsa ko‗p duch
kelamiz. Ma‘lumki, natijalar, metodlar va vositalarni baholash – bilish jarayonining ajralmas
tarkibiy qismi.
Bu xususiyat gipotezalar, konsepsiyalar, kashfiyotlarning amaldagi qimmati va
ularga ilmiy hamjamiyat, zamondoshlar bergan baholarning nomuvofiqligini tuShuntiradi.
YAnglish
tasavvurlar, gipotezalarning ilmiy ahamiyatini baholash ham muhim muammodir.
Bilimning haqiqiyligi uning ob‘ektiv borliqqa bo‗lgan munosabati bilan belgilansa, uning bilim
sifatidagi qimmati fanning rivojlanish jarayonida aniqlanadi va uning bilish jarayoniga ta‘sirining
ahamiyati bilan belgilanadi. Masalan, o‗tmishning ko‗pgina soxta konsepsiyalari (astrologiya,
alximiya va sh.k.) hozirgi zamon fanining shakllanishiga ancha kuchli ta‘sir ko‗rsatgan. Bu soxta
tasavvurlarning evristik imkoniyatlari ularning bilim sifatidagi mazmunidan boyroq bo‗lib chiqqan.
Shuni qayd etish lozimki, baholashga doir mulohazalar ham haqiqiylik yoki soxtalik, adolat
yoki adolatszlik kategoriyalarida baholash predmeti bo‗lishi mumkin. Baholashga doir
mulohazalarning «haqiqiylik – soxtalik» tushunchalarida tavsiflanuvchi turkumlari mavjud. «Adolat
– adolatsizlik» kategoriyalarida tavsiflanuvchi baholashga doir mulohazalar katta bir turkumni
tashkil etadi. Bular siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik munosabatlar,
xatti-harakatlar, qilmishlar
sohasiga taalluqli bo‗lgan baholashlardir.
Masalan, sud qarori, tergov xulosasi va Shu kabilarda ifodalangan mulohazalarning
xususiyati qanday? Ular «haqiqiylik – soxtalik» yoki «adolat – adolatsizlik»
kategoriyalarida
baholanadimi? Bu mulohazalar baholashga doirmi yoki bilish sohasiga taalluqli va haqiqiylik
mezonini qanoatlantirishi lozimmi? Sud u yoki bu qilmishni inqilobiy maqsadga muvofiqlik nuqtai
nazaridan tavsiflasa, bu erda, odatda, haqiqat emas, balki baholash mavjud bo‗ladi. Ba‘zan haqiqat
va baholash o‗rtasidagi ziddiyat o‗zining cho‗qqisiga etadi. Garchi huquq o‗z tabiatiga ko‗ra
me‘yoriy va, binobarin, qadriyat sifatida mazmunga ega bo‗lsa-da, har qanday qilmishni huquqiy
tavsiflash haqiqiylik mezonini qanoatlantirishi lozim. Huquqiy tavsiflashdan
baholash elementini
butunlay ajratish mumkin bo‗lmasa-da, u mazkur tavsiflashda ikkinchi darajali o‗rin egallaydi,
haqiqatning hosilasi hisoblanadi. Ayni holda haqiqat baholashning birdan-bir asosi bo‗lishi lozim.
Baholashga doir tavsifiy mulohazalar ham mavjud. Ular haqiqat sifatida ahamiyatga ega
bo‗lgan tavsiflashni ham, qadriyat sifatida mazmun kasb etuvchi baholashni ham o‗z ichiga oladi.
Sudning ko‗pgina qarorlarini baholashga doir tavsifiy mulohazalar sifatida tavsiflash mumkin.
Shunday qilib, baholash bilish omilini, bilimning haqiqiyligi talabini o‗z ichiga oladi, lekin birgina
unga bog‗liq emas. O‗z navbatida, bilim baholashning asosi ham, predmeti ham bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: