Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


«qadriyat» tushunchasining falsafiy mazmuni nimada



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

«qadriyat» tushunchasining falsafiy mazmuni nimada

qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat
1. Qadriyat o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiydir va ob‘ekt-sub‘ektli xususiyat kasb etadi. 
Ma‘lumki, jamiyat bo‗lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‗zi behudadir. 
Zero narsalar, voqealar ularning inson bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‗z holicha qadriyatlar 
bilan bog‗lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va ijtimoiy xususiyat 
kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya‘ni butun sivilizatsiyagagina emas, balki hatto ko‗p sonli 
tabiat ob‘ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo‗lgan atmosfera Erda inson paydo 
bo‗lishidan ancha oldin mavjud bo‗lgan, lekin kishilik jamiyati vujudga kelganidan keyingina 
atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so‗z yuritish imkoniyati tug‗ilgan.
2. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday 
faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni Shu maqsadga 
erishishga bag‗ishlanadi. Maqsad – individga o‗zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini 
berishi mumkin bo‗lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. Shunday qilib, 
individ o‗z faoliyatining mo‗ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida qaraydi. Shu 
sababli inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o‗ziga ham o‗zi uchun muhim, 
qadrli bo‗lgan jarayon sifatida yondashadi.
Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan faoliyat 
va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki g‗oyalar, 
munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne‘matlarni ham, insoniy xatti-harakatlar 
ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go‗zalligini ham, aqlning 
ulug‗vorligini ham qadrlaymiz.
3. «Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat 
«muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga bo‗lgan 
munosabatning faollik, qizg‗inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‗proq, nimadir kamroq 
ta‘sirlantiradi, nimadir bizni o‗ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. Shuningdek, muhimlik 
qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya‘ni ziyon xususiyatiga ega bo‗lishi ham 
mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasalliklar jamiyat va shaxs uchun 
ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini olmagan.
Binobarin, «muhimlik» tushunchasi «qadriyat»ga qaraganda kengroq. Demak qadriyat – 
ijobiy muhimlik. Ijtimoiy rivojlanishda salbiy rol o‗ynaydigan hodisalar salbiy ahamiyatga molik 
deb talqin qilinishi mumkin. Shunday qilib, har qanday muhimlik emas, balki inson, uning 
birlashmalari yoki butun jamiyat hayotida ijobiy rol o‗ynaydigan muhimlikkina qadriyat 
hisoblanadi.
4. Har qanday qadriyat ikki xossa: funksional ahamiyat va shaxsga doir mazmun bilan 
tavsiflanadi. Bu qanday xossalar? 
Qadriyatning funksional ahamiyati – bu narsa yoki g‗oyalarning ularni mazkur jamiyatda 
qadriyatga aylantiruvchi ijtimoiy muhim xossalari, funksiyalarining majmui. Masalan, muayyan 
g‗oyaga ma‘lum informatsion mazmun va uning haqqoniylik darajasi xos.
Qadriyatning shaxsga doir mazmuni – bu uning inson ehtiyojlariga bo‗lgan munosabati. 
Qadriyatning shaxsga doir mazmuni, bir tomondan, qadriyat funksiyalarini bajaruvchi ob‘ekt bilan 
belgilanadi, boshqa tomondan esa, insonning o‗ziga bog‗liq bo‗ladi. Inson narsaning mazmun va 
mohiyatini anglab etish jarayonida o‗zining mazkur narsaga bo‗lgan sof tabiiy ehtiyojidan emas, 
balki o‗zi mansub bo‗lgan jamiyat tarbiyalagan ehtiyojdan, ya‘ni jins bildiruvchi ijtimoiy ehtiyojdan 


222 
kelib chiqadi. U narsaga go‗yo boshqa odamlarning, jamiyatning ko‗zi bilan qaraydi va unda 
mazkur jamiyat doirasida o‗z hayoti uchun muhim bo‗lgan narsani ko‗radi. Inson jins bildiruvchi 
mavjudot sifatida narsalarda ularning jins bildiruvchi mohiyatini, narsaning g‗oyasini izlaydi va bu 
g‗oya inson uchun mazmun kasb etadi.
Ayni vaqtda Shuni qayd etish lozimki, qadriyatlar odamlar uchun bir xil mazmun kasb 
etmaydi, u odamlarning jamiyatdagi mavqeiga va ular hal qilayotgan vazifalarga bog‗liq bo‗ladi. 
Masalan, shaxsiy avtomobil harakatlanish vositasi, qo‗shimcha pul topish vositasi yoki shaxsning 
mavqeidan dalolat beruvchi buyum bo‗lishi mumkin. So‗nggi zikr etilgan holda avtomobil uning 
egasi boshqa odamlar ko‗z o‗ngida muayyan nufuz kasb etishi uchun imkoniyat yaratuvchi egalik 
ob‘ekti sifatida muhimdir. Ko‗rsatilgan holatlarning barchasida ayni bir predmet turli ehtiyojlar 
bilan bog‗liq.
5. Qadriyatlar o‗z tabiatiga ko‗ra ob‘ektivdir. Bu qoida e‘tiroz uyg‗otishi mumkin. Zero 
sub‘ekt mavjud bo‗lmagan joyda qadriyat to‗g‗risida so‗z yuritish behuda ish ekanligi yuqorida 
qayd etilgan. Qadriyat insonga, uning tuyg‗ulari, mayllari, emotsiyalariga bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni 
qandaydir sub‘ektiv narsa yoki hodisa sifatida qaraladi. Bundan tashqari, individning buyumga 
bo‗lgan qiziqishi yo‗qolgani, buyum uning ehtiyojlarini qondirmay qo‗ygani zahoti individ uchun 
buyum o‗zining qadriyat sifatidagi ahamiyatini yo‗qotadi. Boshqacha aytganda, sub‘ekt bilan 
bog‗liq bo‗lmagan holda, uning ehtiyojlari, mayllari, manfaatlari bilan buyumning aloqasisiz 
qadriyat mavjud bo‗lishi mumkin emas.
Shunga qaramay qadriyatni sub‘ektivlashtirish, uni inson ongiga bir tomonlama bog‗liq 
bo‗lgan narsaga aylantirish o‗rinli emas. Qadriyat, xuddi muhimlik kabi, ob‘ektivdir. Sub‘ektning 
moddiy-amaliy faoliyati zamirida qadriyatning ayni Shu xossasi yotadi. Aynan Shunday faoliyat 
jarayonida kishilar o‗zini qurshagan dunyoga qadriyat sifatida qaray boshlaydi. Boshqacha 
aytganda, moddiy-amaliy faoliyat buyumlar, atrof borliq predmetlari, odamlarning o‗zi, ularning 
munosabatlari inson, jamiyat uchun muayyan ob‘ektiv ahamiyat kasb etishi, ya‘ni qadriyatga 
aylanishini belgilovchi omildir.
YAna Shuni ham hisobga olish lozimki, qadriyatlarga munosabat sub‘ekti sifatida avvalo 
jamiyat, katta ijtimoiy guruhlar amal qiladi. Masalan, ozon «tuynuklari» muammosiga u yoki bu 
individuum befarq qarashi mumkin, lekin jamiyat unga befarq qaray olmaydi. Bu qadriyat ob‘ektiv 
tabiatga ega ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib unga quyidagi 
ta‘rifni berish mumkin. Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob‘ektiv ahamiyati bo‗lib, 
ularning mazmuni jamiyat sub‘ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish