Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Isbotlash va rad etish.
Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan 
ko‗rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‗zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi 
idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‗rsatish mumkin bo‗lgan narsani isbotlashning hojati 
yo‗q.
Fanning aksariyat qoidalari sezgi a‘zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan 
alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‗langan holda, ya‘ni 
isbotlash yo‗li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi.
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. 
Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‗li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning 
soxtaligini aniqlash rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan 
tezisning haqiqiyligini ko‗rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va 
dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta‘riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan 
qoidalardan tashkil topadi.
Qoidaning haqiqiyligini isbotlash u yaxshi tekshirilgan dalillar haqidagi qoidalardan bevosita 
kelib chiqishini ko‗rsatish demakdir. Biroq hayot Shu darajada murakkabki, amalda juda ko‗p, hatto 
aqlga mutlaqo zid qoidalarni tasdiqlash uchun ham ayrim dalillar to‗plash mumkin. Bunda ayni Shu 
qoidalarni rad etuvchi dalillar ham mavjudligi bir-biridan va atrof muhitdan ajratib olingan ayrim 
dalillar o‗zicha hech narsani isbotlamasligidan dalolat beradi. Dalillar haqidagi fikrlar o‗zaro 
bog‗liq holda qaralgan taqdirdagina isbotlash uchun asos bo‗lish mumkin. Isbotlash uchun asoslar 
jumlasiga mazkur fan asosiy tushunchalarining ta‘riflari kiradi. Bu mazkur fanning barcha 
tushunchalari ta‘riflanishi lozim degan ma‘noni anglatmaydi
. Ta‘riflash – noma‘lumni ma‘lumga, 
murakkabni soddaga bog‗lash demak.
Isbotlanayotgan tezis tayanadigan isbotlash uchun asoslar qatoriga fanning asosiy tushunchalari 
ta‘riflari va aksiomalardan tashqari tezisni asoslash uchun zarur bo‗lgan fanning ilgari isbotlangan 
qoidalari ham kiradi. Fan o‗z qoidalarining dalil-isbotlarini qancha ko‗p rivojlantirsa, har bir Yangi 
qoidani isbotlash uchun oldingi asoslar soni Shuncha ko‗payadi.


187 
V.F.Asmus fikriga ko‗ra, 
asoslar va ulardan chiqarilgan xulosalarning aloqasi, agar u 
isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligi tan olinishiga olib kelgan bo‗lsa, isbotlash usuli deb ataladi

Fanning ayni bir qoidasini isbotlash har xil, masalan, deduksiya, induksiyaga, analogiyadan 
foydalanishga, modellashtirishga asoslangan bo‗lishi mumkin.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish