Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Haqiqatning korrespondent, kogerent va pragmatik konsepsiyalari



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Haqiqatning
korrespondent, kogerent va pragmatik konsepsiyalari
mavjud. Ularning har 
biri fanda rivojlanish jarayonida katta qiyinchiliklarga duch keladi.
Haqiqatning
korrespondent konsepsiyasi
nazariyaning tajribada olingan ma‘lumotlarga 
muvofiq bo‗lishini talab qiladi
. Bu talab fanda qabul qilinadi, u taklif qilinayotgan gipoteza fan 
sohasiga taalluqli yoki taalluqli emasligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kogerent (nazariy
)
 
konsepsiya eksperimentga muvofiq bo‗lishi, unga zid kelmasligi, uning 
natijalarini bashorat qilish imkonini berishi lozim. 
Masalan, neopozitivistlar eksperimentni 
nazariya to‗g‗ri ekanligining mukammal tavsifi deb hisoblaganlar. Nazariya eksperimentda 
tekshiriladi, verifikatsiya qilinadi: u yo mazkur sinovdan muvaffaqiyat bilan o‗tadi, yo o‗tmaydi; u 
yo to‗g‗ri, yo noto‗g‗ri. K.Popper bu fikrda kamchilik topdi: hamonki nazariyalar ertami, kechmi 
inkor etilar, falsifikatsiya qilinar ekan, ularning eksperimentga avvalgi muvofiqliklari amalda 
haqiqiy sinov hisoblanmaydi. Popperga e‘tiroz bildirish mumkin: agar nazariya eksperimentda 


186 
olingan ayrim ma‘lumotlar bilan ziddiyatga kirishgan bo‗lsa, bu nazariyadan mazkur ma‘lumotlarni 
sharhlash uchun foydalanish mumkin emas, biroq u boshqa eksperimental ma‘lumotlar uchun o‗z 
ahamiyatini saqlab qoladi. Fanda Yangi nazariya eskisini doim ham istisno etavermaydi. Fizikada 
ba‘zi bir fizik hodisalarni talqin qilish uchun Nyuton mexanikasidan hozirgacha foydalaniladi. 
Vaholanki, u eng Yangi fizik nazariyalar bilan rad etilgan. Nyuton mexanikasi nisbiylik nazariyasi 
va kvant fizikasining ayrim, nisbatan sodda ko‗rinishi sifatida o‗z ahamiyatini saqlab qolgan.
Nazariyaning eksperimentga nomuvofiqligini oddiy vositalar yordamida, xususan eski 
nazariyani takomillashtirish yo‗li bilan bartaraf etish mumkin. Bunday hollarda ish ilmiy 
inqilobgacha etib bormaydi. Lakatos fikriga ko‗ra, nazariyaning eng muhim qoidalari muhimligi 
ikkinchi darajali qoidalardan tashkil topgan himoya qobig‗i bilan o‗ralgan bo‗lib, u eksperimental 
ma‘lumotlarning dastlabki «zarbalari»ni o‗ziga qabul qiladi. Nazariyaning o‗zagi uning himoya 
qatlamidan o‗tilganidan keyingina buzilishi mumkin.
Shuni ta‘kidlash lozimki, eksperimentda nazariyaning u yoki bu ayrim qoidasi emas, balki 
umuman nazariya sinovdan o‗tadi yoki rad etiladi. Har qanday muayyan qoida umuman nazariya 
mahsulidir. Shu sababli eksperiment butun nazariyaga nisbatan tatbiq etiladi.
Haqiqatning pragmatik konsepsiyasida amaliyot mezoni ko‗pincha to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
eksperiment tushunchasi bilan bog‗lanadi.
Biroq ilmiy amaliyot faqat eksperimentdan iborat emas, 
u fanda qo‗llaniladigan butun maydonni, uning inson uchun hayotiy ahamiyatini qamrab oladi. 
Shuni hisobga olganda, insonning butun hayoti, uning fandan amalda foydalaniladigan barcha 
jabhalari fanning haqiqiyligini sinash maydoniga aylangan, desak, mubolag‗a bo‗lmaydi.
Fanning sertarmoq, murakkab xususiyati uni talqin qilishga jiddiy talablar qo‗yadi. Fanning 
kuchi nimada? U qanday ideallarga ega? Fandan «Hodisalar qanday Yuz beradi?» yoki «Ular nima 
uchun aynan Shunday Yuz beradi?» degan savolga javob berishni talab qilishning o‗zi kifoyami? 
Fan san‘at, dinga, inson hayotining boshqa sohalariga zid emasmi? Fan insoniyatni pirovard 
natijada halokatga olib kelmaydimi?, degan savollar fanning haqiqatni bilish jarayonida 
shakllangandir.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish