Emotsiyalar. iroda, ishonch,
i
deal.
Ilgari sezgilar hodisalarning muhim jihatlariga nisbatan
neytral deb qaralar edi. Odatda bu neytrallik mavjud bo‗lmaydi. Bu holda sezgilar sub‘ektga Yuz
berayotgan voqeaning shaxsiy ma‘nosini tushunish imkonini beruvchi kechinmalar sifatida amal
qiladi.
Hodisalar va holatlar ahamiyatini bevosita his etish emotsiyalar deb ataladi.
Ijobiy
emotsiyalar – lazzatlanish, quvonch, hayrat, muhabbat va sh.k. Salbiy emotsiyalar - qo‗rquv,
hayiqish, nafrat, qayg‗u va sh.k
. Insonning emotsiyalar dunyosi juda murakkab bo‗lib, uni
psixologiya atroflicha o‗rganadi. Falsafiy jihatdan emotsiyalarni ekzistensializm ko‗proq o‗rgangan
bo‗lib, bu erda ekzistensial deganda ko‗pincha vaziyatli emotsiyalar (kuchli ruhiy hayajonlanish,
ehtiroslar) emas, balki inson borlig‗ining barqaror strukturalari tuShuniladi. Inson emotsiyalariga
uning butun hayot tajribasi kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Ba‘zan bir so‗z bilan ifodalangan qisqacha xabar
inson o‗limiga sabab bo‗lgan hollar ma‘lum.
Iroda
inson ruhiyatining har xil shakllari orasida – sub‘ektning o‗z faoliyatini o‗zi tartibga
solishi muhim ahamiyatga ega
. Kant va Fixte uchun iroda axloqiy tamoyillarni ro‗yobga chiqarish
manbai, inson amaliy faoliyatining negizi hisoblanadi. SHopengauer va Nitsshe uchun iroda –
borliqning irratsional impulsi. Bu erda iroda ruhiyat doirasidan butunlay chiqariladi.
Ishonch insonning qadriyatlari va mo‗ljallari dunyosida biron-bir narsa yoki hodisani haqiqiy
deb qabul qilishida muhim ahamiyatga ega
. Ishonchga Shubha zamin hozirlaydi, u bir qancha ruhiy
holatlar natijasida ishonchga aylanadi. Ilohiyotchilardan farqli o‗laroq, faylasuflar Shubha va
ishonchning o‗zaro nisbatiga ko‗proq e‘tibor beradilar. Diniy e‘tiqod odatda vahiyning bevosita
mahsuli sifatida isbotlashga muhtoj emas deb qaraladi. SHveysariyalik taraqqiyparvar ilohiyotchi
Karl Bart e‘tiqodning isboti uning o‗zida deb hisoblagan. Faylasuf Karl YAspers uchun falsafiy
e‘tiqod – falsafiy mushohada yuritish natijasidir.
Ideal
–
pirovard kelajakning muayyan obrazi emas, balki qayta ko‗rilishi mumkin bo‗lgan har
xil nazariy va boshqa tasavvurlarning kelajakka qaratilgan majmui.
Ideal doim ham pirovard
maqsadning ustunligiga bog‗lanmaydi. Muayyan pirovard maqsadning ustunligi, ayniqsa, agar u
olis kelajakda bo‗lsa, utopiyaga olib keladi. Ayrim utopistlar erkinlikning ustunligini tan oladi,
boshqa utopistlar bu o‗ringa adolatni qo‗yadi, utopistlarning uchinchi toifasi faqat ijtimoiy mulkni
tan oladi, to‗rtinchi toifasi esa, aksincha, xususiy mulkni hamma narsadan ustun qo‗yadi. Xullas,
ideal yaratish, agar unga etarli darajada mas‘uliyat bilan yondashilmasa, utopiyaga olib keladi. Ayni
vaqtda, ideal yaratish – inson yutuqlarining muhim negizi. Agar insoniyat ideal yaratish bilan
Shug‗ullanmaganida, o‗zining hozirgi taraqqiyotiga erisha olmagan bo‗lar edi. Biroq ideal yaratish
jarayoni oqilona kechishi uchun rivojlangan, zamonga hamohang falsafa bo‗lishi lozim. To‗g‗ri
falsafiy mo‗ljallar utopizmdan saqlaydi. Asosan XX asrda shakllangan noklassik falsafa ideallar
bilan juda ehtiyot bo‗lib muomala qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |