189
emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan
holda uning ulushi qanchaligidadir.
Beruniy fikricha‖Shunday kishilar bo‗ladiki, ularning tabiatiga yolg‗on xabar tarqatish
o‗rnashib qolib, go‗yo unga Shu vazifa yuklatilgandek bo‗ladi va yolg‗on xabar tarqatmasdan
turolmaydi...Ba‘zan kishi yolg‗on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg‗on xabar
tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta ataylab yolg‗on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin
yolg‗on xabarni eshituvchi oralig‗ida vositachi bo‗ladilar. YOlg‗onchilik kishini adolatdan Yuz
o‗girtiradi, zulm, yolg‗on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan bosib
olish, o‗g‗irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‗ladigan boshqa yomon xulqlarni kishilar
yaxshi qilib ko‗rsatadilar‖
74
. Beruniy insonni rostgo‗ylik qolib, yolg‗onchilik yo‗lidan yurmasligi,
boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik qilish imkoniyati bo‗lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga
chorlaydi. Rostgo‗ylik, odillik Beruniy fikricha, yuksak ma‘naviyat, go‗zal odob – axloq belgisidir.
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‗on bolada jazodan qutulib qolishga harakat
qilish, kattalar o‗rnagi va Shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunga jamiyat kuchliroq ta‘sir
ko‗rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida ehtiroslar, Shu jumladan muhabbat
tobora kengroq o‗rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-sanoqsiz yolg‗onni vujudga keltiradi. Oshiq
odam o‗zining narxini oshirish uchun yolg‗on so‗zlaydi, o‗z raqibining obro‗sini tushirish uchun,
rashk o‗tini yoqish uchun... sovib borayotgan muhabbat otashini qayta o‗t oldirish uchun aldaydi,
nihoyat, muhabbat yo‗qolgan holda yolg‗on gapiradi»
75
. YOlg‗on takabburlik, irodasizlik,
muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‗chlik va hokazolar zaminida Yuzaga keladi.
YOlg‗on individlar uchun ijobiy ma‘noda ham muhimdir (bu jihatdan o‗layotgan odam
to‗shagi oldida yolg‗on gapirish hollari diqqatga sazovor). Lekin yolg‗on ko‗pincha o‗zgalar
hisobidan va ularning manfaatlariga zid ravishda qandaydir afzalliklarni qo‗lga kiritish bilan
bog‗liq. YOlg‗onni yashash uslubiga aylantirgan odamlar ham bor.
Shunga qaramay, halol, vijdonli odamlar ko‗proq. Ularni yolg‗onchilardan qanday farqlash
mumkin? CHinakam samimiyat ikki asosiy belgi: «achchiq haqiqat bilan birovga ozor etkazishga va
o‗z xatolarini ochiq-oydin tan olishga qodirlik» bilan ajralib turadi. «Xayrixoh bo‗lgan holda,
yolg‗on gapirmay sizga ozor etkazishi mumkin bo‗lgan odamni, siz xohlagan va kutgan javobni
berish o‗rniga, sizni xafa qilishdan cho‗chimay, haqiqatni Yuzingizga aytgan odamni samimiy deb
hisoblash mumkin. Lekin samimiy odamni uning o‗z xatolarini tan olish jasoratiga ko‗ra farqlash
mumkin, ya‘ni rostgo‗y odam o‗zining nomaqbul qilmishiga hech qanday vaj-korsonlarsiz iqror
bo‗ladi, deb aytish mumkin. YOlg‗onga bunday iqror bo‗lishni afzal ko‗rish – rostgo‗ylikning shak-
Shubhasiz mezonidir»
76
.
Do'stlaringiz bilan baham: