3.
Haqiqat tushunchasi va uning shakllari.
Gnoseologiyada
haqiqat
tushunchasi muhim o‗rin tutadi.
Haqiqat
inson bilimlarining
voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy
bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o‗zining mazmuniga ko‗ra mutlaq va nisbiy bo‗lishi
mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo‗lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat
vujudga keladi.
Haqiqat o‗z mazmuniga ko‗ra hamisha ob‘ektivdir. YA‘ni uning mavjudligi ayrim kishilarning
xohish-irodasiga bog‗liq emasdir. Masalan, O‗zbekistonning milliy mustaqilligi ob‘ektiv haqiqatdir.
Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat‘i nazar, bu haqiqat o‗z mazmunini
saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo‗ladi va o‗z
qadrini yo‗qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel
so‗zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo‗lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqelikdir. Haqiqat
mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e‘tiborga olishni talab etadi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o‗ziga xos xususiyatlarini anglash muhim
ahamiyatga egadir. Uzoq yillar davomida tabiatShunoslik fanlariga xos bo‗lgan ob‘ektivlik, xolislik
ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr o‗rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat
oldida paydo bo‗lgan muammolar tabiatShunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini qo‗ya
boshladi. Aqlli mavjudot bo‗lgan inson har qachon tabiatni o‗rganishda hamisha o‗z manfaatlarini
ko‗zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoqlama qarash oxir-oqibatda inson
tomonidan tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga
nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo‗lish zaruriyati chuqurroq anglana boshladi.
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va ehtiyojlari bilan uzviy bog‗liq
ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob‘ekti, ham bilish sub‘ekti sifatida
namoyon bo‗ladi: insoniyat o‗z tarixini yaratuvchi va o‗z-o‗zini biluvchidir.
TabiatShunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob‘ekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va
hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko‗rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez
o‗zgaruvchi sistemalar bilish ob‘ekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo‗lgan muhim xususiyat
Shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab
ma‘naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g‗oyalarni ham o‗rganadi. Ijtimoiy
fanlar milliy g‗oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o‗ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to‗g‗risida zarur
bilimlarga ega bo‗lish mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan etuk barkamol inson shaxsini
shakllantirishda alohida o‗rin tutadi. Bilish nazariyasi bo‗lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy
layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko‗maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya
oldiga qo‗yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti,
tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta‘minlaydigan omil va mexanizmlarni o‗rganish,
ulug‗ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng
ommalashtirishdir.
Haqiqat
– bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki
haqiqat ongdan, bilayotgan sub‘ektdan tashqarida va undan qat‘iy nazar mavjuddir. Haqiqat –
bilimlarning ob‘ektiv borliqqa muvofiq bo‗lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in‘ikosining
natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar
ko‗rinishida o‗z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba‘zan boshqa, yanada
haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma‘noda haqiqat – bilish rivojlanishining
yakuni va omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |