Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Ilmiy bilim.
Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta‘riflar ekanlar, 
uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‗laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‗zining 
aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma‘naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini 
tartibga solish uchun zarur.
Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur 
farqning tahlili ilmiy bilimning o‗ziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti 
hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang‗ich holatdagi ob‘ektning) tegishli mahsulotlarga 
(pirovard holatdagi ob‘ektga) aylanish jarayonini oldindan ko‗ra bilishni o‗z oldiga pirovard 
maqsad qilib qo‗yadi. Bu o‗zgarish har doim ob‘ektlarning o‗zgarish va rivojlanish qonunlari bilan 
belgilanadi, faoliyat Shu qonunlarga muvofiq bo‗lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli bo‗lishi mumkin. 
Shu sababli fanning asosiy vazifasi ob‘ektlarning o‗zgarish va rivojlanish qonunlarini aniqlashdan 
iborat.
Tabiatning o‗zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va texnika fanlari bajaradi. 
Ijtimoiy ob‘ektlarning o‗zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar o‗rganadi. Hamonki faoliyat 
jarayonida har xil ob‘ektlar – tabiat predmetlari, inson (va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik 
tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida amal qiluvchi belgilar ko‗rinishidagi ob‘ektlar va hokazolar 
o‗zgarishi mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari bo‗lishi mumkin.
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo‗lgan ob‘ektlarni o‗rganish va ularni faoliyat va 
rivojlanishning ob‘ektiv qonunlariga bo‗ysunuvchi ob‘ektlar sifatida tadqiq qilishga qarab mo‗ljal 
olishi ilmiy bilimning birinchi eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Ilmiy bilim o‗zining ayni Shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa shakllaridan 
ajralib turadi. Masalan, borliqni badiiy o‗zlashtirish jarayonida inson faoliyatiga jalb qilingan 
ob‘ektlar sub‘ektiv omillardan ajratilmaydi, balki ularga o‗ziga xos tarzda bog‗lanadi. Ob‘ektiv 
dunyo predmetlarining san‘atdagi har qanday in‘ikosi ayni vaqtda insonning predmetga 
munosabatini aks ettiradi. Badiiy obraz – bu ob‘ektning Shunday bir in‘ikosiki, unda inson shaxsi, 
uning qadriyatlarga munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq tavsifidan o‗rin oladi. 
Bu mushtaraklikni istisno etish – badiiy obrazni buzish demakdir. Fanda esa, bilim yaratayotgan 
shaxs hayot faoliyatining o‗ziga xos xususiyatlari, uning mushohadalari yaratilayotgan bilim 
tarkibiga bevosita kirmaydi (Nyuton qonunlari Nyutonga nima yoqqani va yoqmaganligi haqida 
xulosa chiqarish imkonini bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt mo‗yqalamiga mansub 
portretlarda Rembrandt esse, uning dunyoqarashi va o‗zi tasvirlayotgan ijtimoiy hodisalarga shaxsiy 
munosabati o‗z ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan yaratilgan portret doim uning 
avtoportreti sifatida ham amal qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va ob‘ektiv o‗rganishga qarab mo‗ljal oladi. Biroq bu olimning 
shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlarini belgilashda, ilmiy ijodida rol o‗ynamaydi va uning 
natijalariga ta‘sir ko‗rsatmaydi, degan ma‘noni anglatmaydi. Ilmiy bilim nafaqat o‗rganilayotgan 
ob‘ektning o‗ziga xos xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo‗lgan ko‗p sonli 
omillar bilan ham belgilanadi.
Ilmiy bilimning tarixiy rivojlanishi madaniyatning o‗zgarishi ilmiy bilimni bayon etish 
andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublarining o‗zgarishiga bog‗liq. Bu 
andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning har xil hodisalari ta‘sirida shakllanadi. 
Bu ta‘sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy omillarning qo‗shilishi 
sifatida tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida ob‘ektiv va sub‘ektiv narsalar va 


180 
hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma‘naviy faoliyatining boshqa shakllariga 
bog‗lab o‗rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik bilish, badiiy tafakkur va sh.k.) 
o‗rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi. Ilmiy bilimning ob‘ektivligi va moddiyligi 
bunday farqning birinchi va eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani Shu tuzilish 
nuqtai nazaridan ko‗rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo‗l tekkizmasin, 
hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun 
ob‘ektiv qonunlarga ko‗ra yashaydigan, faoliyat ko‗rsatadigan va rivojlanadigan predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o‗zgartiriladigan, balki kelajakda amalda ommaviy 
o‗zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo‗lgan ob‘ektlarni o‗rganishga qarab mo‗ljal olishi 
ilmiy bilimning ikkinchi o‗ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va odatdagi, 
stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni ta‘riflash 
imkonini beradi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish