SHaxsiy bilim.
Bilim shakllari to‗g‗risida so‗z yuritar ekanmiz, M.Polani tomonidan ishlab
chiqilgan shaxsiy bilim konsepsiyasini chetlab o‗tishimiz mumkin emas. Olim o‗z konsepsiyasini
tuzishda bilim – anglash mumkin bo‗lgan narsalarni faol o‗zlashtirish, alohida mahorat va alohida
vositalarni talab qiluvchi harakat, degan tamoyildan kelib chiqqan. Madomiki fanni odamlar yaratar
ekan, bilish faoliyati jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi Shu jarayonning o‗zi kabi) odamlardan
ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog‗i, o‗z qiziqishlari, maqsadlari va mo‗ljallariga
ega bo‗lgan olimlarni) ular yaratayotgan bilimlardan ajratib yoki boshqa odamlar bilan almashtirib
bo‗lmaydi.
Polani fikriga ko‗ra,
shaxsiy bilim muqarrar tarzda intellektual salohiyatni talab qiladi. Unda
nafaqat bilish borlig‗i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs, uning bilimga qiziqishi, bilimni
talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan shaxsiy yondashuvi, uni o‗ziga xos tarzda anglab
etishi mujassamlashadi.
SHaxsiy bilim nafaqat qandaydir fikr-mulohazalar majmui, balki shaxsning kechinmalari
hamdir. SHaxs bilimni Shunchaki qayd etmaydi, balki u bilan birga yashaydi.
Ijtimoiy bilim
asosan o‗zi o‗rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‗ljal
oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va
xususiylik nuqtai nazaridan o‗rganiladi
. Shu sababli miqdor metodlarining ulushi bu erda tabiiy-
matematik siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq bilimning matematikalaShuvi,
kompyuterlaShuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq tus olib bormoqda.
«Inson borlig‗i», ijtimoiy bilim predmeti sifatida, o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lganligi
tufayli, unda matematik apparatdan foydalanish ancha mushkul. Bu sohaga matematik metodlarni
tatbiq etishga ijtimoiy ob‘ektlarning o‗ta individualligi (va hatto betakrorligi), sub‘ektiv (Shu
jumladan sof irratsional) jihatlar doimo mavjudligi, nazorat qilib bo‗lmaydigan, tasodifiy
munosabatlarning ko‗pligi, ma‘nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar xalaqit beradi.
Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan dalolat bermaydi.
Bu borada toq to‗plamlar nazariyasiga katta umid bog‗lanmoqda. Toq to‗plamlar deganda
chegaralari aniq bo‗lmagan to‗plamlar tuShuniladi, bunda elementlarning mazkur to‗plamga
mansubligidan unga mansub emasligiga o‗tish keskin emas, balki asta-sekin Yuz beradi.
Ijtimoiy fanlarda miqdor metodlaridan foydalanish tobora keng va samarali tus olib bormoqda.
Ularning ayrimlari (iqtisodiyot, sotsiologiya)dan miqdor metodlari mustahkam o‗rin olgan,
ayrimlari (tarix, san‘atShunoslik va boshqalar)ga esa ular ehtiyotkorlik bilan kirib bormoqda.
Masalan, tarix fani doirasida matematik metodlar tarixni o‗rganishning asosiy vositasi bo‗lgan
alohida fan – kiometriya (so‗zma-so‗z ma‘nosi – tarixni o‗lchash) Yuzaga keldi va shakllanmoqda.
Biroq, ijtimoiy fanlarda matematik metodlar qay darajada keng qo‗llanilmasin, ular bu fanlar uchun
asosiy emas, balki yordamchi metodlar bo‗lib qolayotir.
Ijtimoiy bilimda empirik va nazariy unsurlarning o‗ziga xos uyg‗unligi kuzatiladi.
Ijtimoiy
bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan bo‗lsa-da, ular bu erda tobora kengroq va
o‗ziga xos tarzda qo‗llanilmoqda. Bular, avvalo, ko‗rib chiqilayotgan hodisalarning sof ob‘ektiv
181
xossalarini emas, balki ularning insoniy ko‗rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan so‗rovlar,
anketalash, testlash, modelda eksperiment o‗tkazish va hokazolardir.
Bilishning ikki shakli:
Do'stlaringiz bilan baham: |