Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Diniy bilim 
insoniyat to‗plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‗rinishlari, 
chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga 
munosabatni tartibga soladi
. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‗ining 
mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi o‗z tasavvurini 
asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko‗maklashadi. U inson hayotini 
o‗zgartirishga qodir bo‗lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta‘limotlarning o‗ziga xos xususiyati 


177 
Shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va Shu bois nafaqat har bir dindor odam, balki 
dinga sig‗inmaydiganlar uchun ham qadrlidir.
Diniy ta‘limotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman, Xudoni 
bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din o‗z dunyoqarashini Muqaddas 
Kitob matnlarida, Shuningdek diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasm-
rusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g‗oya va obraz muvozanatini 
o‗zida mujassamlashtiradi.
Ongning o‗ziga xos shakli sifatida din e‘tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari (hayot 
tajribasi)ga tayanadi. Diniy e‘tiqod refleksiya bilan qo‗llab-quvvatlanadi, shaxsning fojeaviy 
tajribasi (o‗lim xavfi yoki yaqinlarini yo‗qotishi)ni anglab etish orqali Yuzaga keladi yoki 
mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o‗z hayoti va tafakkur tarzini tubdan o‗zgartirishga da‘vat 
etadi. Dindorlar fikricha, diniy e‘tiqod diniy vahiy kelishi natijasida tug‗ilishi mumkin.
Din dunyo va insonni intuitiv-mistik yo‗l bilan anglashning o‗ziga xos usullarini yaratgan. 
Bunday usullar jumlasiga vahiy va meditatsiyani kiritish lozim. Vahiy tushunchasi diniy 
tasavvurlarning tadrijiy rivojlanishi jarayonida shakllangan. Dastlab u oliy kuchlar tanlagan ayrim 
shaxslarning transsendent holatida Shu kuchlar nomidan so‗zlash qobiliyati sifatida qaralgan 
(valilar, shamanlar va sh.k.). Muqaddas Kitob matnlariga doimiy murojaat etish dindorga ularda 
Yangi haqiqatlarni kashf qilish, o‗z hayotini solishtirish va uni qayta tushunish imkonini beradi.
Meditatsiya
 
– o‗z tafakkurini bir ob‘ektga qaratish, inson e‘tiborini chalg‗ituvchi barcha begona 
omillarni chetga chiqarish yo‗li bilan fikr yuritish, narsa, g‗oya, dunyoni idrok etishdir. Dinda 
meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi. Xristianlikda meditatsiya inson 
shaxsi va ilohiy shaxsning muayyan oqibati sifatida talqin qilinadi. Meditatsiya, odatda, tabiiy 
refleksiya jarayoniga aylanadigan harakatlarning muayyan ketma-ketligi bilan bog‗liq. U ayrim 
psixotexnik usullardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunda dindor mazkur usullar yordamida o‗zini 
boshqarish, o‗zlikni yoki tabiatni anglashga ko‗maklaShuvchi g‗ayritabiiy ruhiy kuchlardan 
foydalanayotganiga ishonchi komil bo‗ladi. Meditatsiyaning bilish usuli sifatidagi samaradorligini 
fan tan oladi; davolash uchun mo‗ljallangan psixotexnika va autogen mashq tizimlari diniy-mistik 
g‗oyalar bilan bog‗liq emas.
Diniy bilishning o‗ziga xos xususiyatlari Shu bilan belgilanadiki, u odamlarning o‗zini 
boshqaruvchi dunyoviy (tabiiy va ijtimoiy) kuchlarga munosabatining bevosita emotsional shakli 
bilan bog‗liq.
Bu kuchlarning xayoliy in‘ikosi bo‗lgan diniy tasavvurlar borliq haqidagi muayyan 
bilimlarni ifoda etadi. Odamlar asrlar va ming yilliklar mobaynida to‗plagan diniy va boshqa 
bilimlar xazinasi sifatida, masalan, Injil va Qur‘onni qayd etish mumkin. Biroq din (mifologiya 
kabi) bilimni izchil va nazariy shaklda ifodalamagan. U umumiy, yaxlit va isbotlangan ob‘ekt 
sifatida bilim ishlab chiqarish vazifasini bajarmagan va bajarmaydi.
Agar diniy bilishga dunyoga emotsional munosabatning g‗ayritabiiy narsalar va hodisalarga 
ishonch bilan birikuvi xos bo‗lsa, falsafiy bilishning zamirida emotsiyalar va e‘tiqodni o‗ziga 
bo‗ysundiruvchi oqilonalik yotadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish