Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Mifologik bilim
insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o‗ynagan. 
Mifologik 
bilimning o‗ziga xos xususiyati Shundan iboratki, u borliqning fantastik in‘ikosi hisoblanadi.
Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari 
va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So‗nggi vaqtda (ayniqsa strukturalizm 
falsafasida) mifologik tafakkur – bu Shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‗yini emas, balki ajdodlar 
tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o‗ziga xos 
tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi. 
Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish ob‘ekti va sub‘ektini, 
predmet va belgini, narsa va so‗zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq 
farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, Shuningdek butun dunyoni tushuntirish 
ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog‗langan (germetizm).
Ayrim hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bizning davrimizda mifologik bilishning ahamiyati 
pasayayotgani yo‗q. Masalan, P.Feyerabend dunyo yutuqlari madaniyatga asos solgani, 
ratsionalistlar esa faqat uni doim yaxshi tomonga o‗zgartirishganiga ishonchi komil.


176 
Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‗ziga xos 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni 
farqlamaydi. Voqealar o‗xshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat bog‗lanishi sifatida talqin 
qiladi. Mif oliy darajada universal voqealar, chunonchi: inson o‗limi va uning mangu barhayotligi, 
dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning 
o‗g‗irlanishi haqidagi mif) va Shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda 
ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko‗p ma‘noli tus kasb etadi. Ko‗p sonlilik tamoyilini, 
aks ettirish, muayyanlik va antromorflik (ya‘ni inson xususiyatlarini tabiat ob‘ektlariga o‗tkazish), 
obraz va ob‘ektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o‗ziga xos xususiyatlaridir. Borliqni 
anglab etish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
SHaklan mif muayyan voqeani tabiatda yoki muayyan xalqlar tarixida bo‗lib o‗tgandek 
ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va 
boshqaradigan, ierarxik tuzilishga ega bo‗lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur 
shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar 
kosmosning o‗zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi er, havo va 
olov stixiyalari podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan. 
Miflarda qat‘iy rioya qilish lozim bo‗lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi 
mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan va qoida sifatida belgilangan bo‗lsa-da, ular 
odamlarning juda ko‗p avlodlari tajribasini umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish