Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

formal mantiq va metafizikani tanqid qiladi, umumiylik, alohidalik va yakkalik dialektikasini ishlab 
chiqadi. Ayni vaqtda u haqiqat tushunchasini fikrning ob‘ekt bilan mos kelish jarayoni sifatida 
tahlil qiladi. Bunga g‗oyada erishiladi. Faqat g‗oya tushuncha va narsaning shak-Shubhasiz birligi 
hisoblanadi.
Mantiqdan Gegel mutlag‗ g‗oya rivojlanishining ikkinchi bosqichi- tabiat falsafasiga o‗tadi. 
Unda g‗oya tabiat bunyodkori hisoblanadi. Aynan u o‗zining «o‗zga borlig‗i» - tabiatni yaratadi. 
Tabiatning rivojlanish bosqichlari: mexanizm, ximizm, organizm kabilardir. Gegel o‗z dialektik 
tafakkurining teranligi va kuchi yordamida «Tabiat falsafasi»da noorganik va organik tabiatning 
ayrim bosqichlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqa hamda dunyodagi barcha hodisalarning qonuniyati 
haqida bir qancha noyob farazlarni ilgari suradi.
Mutlaq g‗oya rivojlanishining uchinchi bosqichi ruh bo‗lib, u ham o‗z rivojlanish jarayonida 
uch bosqichdan o‗tadi: sub‘ektiv ruh, ob‘ektiv ruh, mutlaq ruh. Sub‘ektiv ruh – bu «jon» yoki «ruh 
o‗zida», ong yoki «ruh o‗zi uchun». Ob‘ektiv ruh-huquq sohasini belgilaydi. Pirovard natijada u 
axloqda o‗z ifodasini topadi va oilada, fuqarolik jamiyati va davlatda mujassamlashadi. Mutlaq ruh 
– umrboqiy haqiqat. U o‗z rivojlanish jarayonida uch bosqich: san‘at, din va falsafa 
bosqichlaridan o‗tadi. San‘at, Gegel fikriga ko‗ra, mutlaq g‗oyani bilishning bevosita shakli. Din 
o‗z manbai – vahiy orqali Xudoni anglab etadi. Falsafa - mutlaq ruh rivojlanishining oliy darajasi. 


120 
Bu erda g‗oya o‗zini o‗zi anglab etadi, o‗zining «sof ptamoyili» darajasiga ko‗tariladi, mutlaq 
g‗oyaning intihosini uning ibtidosi bilan bog‗laydi.
Bilish nazariyasida Gegel o‗zining tafakkur va borliqning ayniyligi haqidagi g‗oyasini 
asoslashga harakat qiladi. U narsalar haqidagi fikr va narsalarning o‗zi mos kelishini, ammo bu 
ayniyat tafovutni ham o‗z ichiga olishini qayd etadi. Bilish rivojlanishining umumiy tamoyili – 
mavhumlikdan muayyanga yuksalishdir. Bilish jarayonida Gegel uch asosiy bosqich: hissiy aniqlik, 
idrok va aqlni farqlaydi. Hissiy aniqlik anglashning to‗g‗riligiga, ya‘ni bizning sezgilarimiz 
narsaning yaxlit obrazini qayd etayotgani va unda hech narsani e‘tibordan chetda 
qoldirmayotganiga ishonch uyg‗otadi. Idrok predmetni o‗z xossalariga ega bo‗lgan narsa sifatida 
tuShunadi. Aql narsaning hissiy qiyofasi ortida uning ichki mazmuni, mohiyatini topishga harakat 
qiladi. Borliq va tafakkurning ayniyligi g‗oyasi Gegelni Aristotel mantig‗i amalda to‗qnash kelgan 
ziddiyatga qaytaradi: agar borliq ichdan ziddiyatli bo‗lsa, o‗z-o‗ziga qarshi bormasdan fikrlash 
mumkin emas. Gegel mazkur ziddiyatni istisno etilgan uchinchi formal-mantiq qonunining 
yanglishligi haqidagi fikr yordamida echishga harakat qiladi. U ziddiyatlarni fikrlash mumkin 
emas, deb o‗ylash xato ekanligini qayd etadi. Gegel uchun ziddiyatlar – harakat manbai, fikr 
qarama-qarshiligi – fikrning harakat manbaidir. Gegel bilish ziddiyatlari va ob‘ektiv ziddiyatlarni 
farqlaydi. Shu tariqa u dialektik qarama-qarshilikni asossiz ravishda formal-mantiqiy qarama-
qarshilik bilan almashtiradi.
Shunday qilib, Gegel falsafiy tizimida mutlaq g‗oya rang-barang va murakkab hayot yo‗lini 
bosib o‗tadi. Uning tizimi – bu ob‘ektiv idealizm: mutlaq g‗oya tabiat va insonga qadar «sof fikr» 
sifatida mavjud bo‗ladi, tabiat va jamiyatni vujudga keltiradi. Tizim zamirida «triada»: tezis – 
antitezis – sintez yotadi. Bu «triada», bir tomondan, Gegel falsafiy tizimiga izchil tus beradi, 
boshqa tomondan esa, Gegelga dunyo rivojlanishining hujumkor xususiyatini ko‗rsatish, qomusiy 
bilimlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi.
Dialektika muammolarini ishlab chiqishda ham Gegelning xizmatlari beqiyosdir. U sifat 
o‗zgarishi, quyi shakllardan oliy shakllarga yuksalish, eskining Yangiga o‗tishi, har bir hodisaning 
o‗z ziddiga aylanishi sifatidagi dialektik rivojlanish haqidagi ta‘limotni yaratdi. Gegel dunyodagi 
barcha jarayonlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqani qayd etdi.
Gegel dialektikaning idealistik shaklini ishlab chiqqan: u kategoriyalar dialektikasini, 
ularning aloqalari va bir-biriga o‗tishini, «sof fikr» - mutlaq g‗oyaning rivojlanishini tahlil qiladi. 
U rivojlanishni o‗z-o‗zidan harakat sifatida, qarama-qarshiliklar bir-biriga o‗tishi natijasida Yuz 
beruvchi o‗z-o‗zidan rivojlanish sifatida tuShunadi: hodisa ziddiyatli bo‗lgani bois, u harakatlanish 
va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Gegel dialektikasida har bir tushuncha qolgan barcha 
tushunchalar bilan ichdan bog‗lanadi: tushunchalar va kategoriyalar bir-biriga o‗tadi. Masalan, 
imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka, miqdor – sifatga, sabab – oqibatga aylanadi va ayni 
vaqtda buning aksi Yuz beradi. Gegel qarama-qarshi kategoriyalar – shakl va mazmun, mohiyat va 
hodisa, tasodif va zaruriyat, sabab va oqibatning birligini qayd etadi.
Gegel dialektikaning asosiy qonunlari: miqdor va sifat o‗zgarishlari qonuni, qarama-
qarshiliklarning bir-biriga o‗tishi qonuni va inkorni inkor qonunini kashf etdi. U kategoriyalar 
dialektikasi orqali dialektika asosiy qonunlarining amal qilish mexanizmini o‗rganadi.
Gegel dialektikani bilish jarayoniga tatbiq etdi. Gegel uchun haqiqat bir marta va bir umrga 
berilgan mutlaqo to‗g‗ri javob emas, balki jarayondir. Gegelda bilish nazariyasi bilish tarixi bilan 
mos keladi: bilish, fan rivojlanishi tarixiy bosqichlarining har biri u haqda «mutlaq», lekin 
cheklangan, to‗liq bo‗lmagan tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Har bir keyingi bosqich o‗zidan 
oldingi bosqichdan boyroq va muayyanroq. U avvalgi mazmunning boyligini o‗zida to‗liq saqlaydi 
va oldingi bosqichni rad etadi, lekin uning noyob jihatlarini yo‗qotmaydi, «o‗zlashtirilgan barcha 
xossalarni yanada boyitadi».
Shunday qilib, Gegel mutlaq va nisbiy haqiqat dialektikasini ishlab chiqadi. Gegel 
dialektikasini o‗rganish bilish nazariyasiga oid bilimlarni boyitadi, nazariy, ijodiy fikrlash 
qobiliyatining rivojlanishiga yo‗l ochadi, mustaqil g‗oyalarni yaratishga ko‗maklashadi. 
 Gegelning falsafiy tizimi mantiq va tabiat falsafasini, antropologiya va psixologiyani, huquq 
falsafasi va axloqni, davlat va fuqarolik jamiyati falsafasini, din falsafasi va estetikani, falsafa 


121 
tarixi va tarix falsafasini, tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi sifatidagi dialektikani o‗z 
ichiga oladi
.
XIX asrning oxiridan boshlab g‗arb mamlakatlarida Hegel falsafasi atrofida turli falsafiy 
maktablar va oqimlar vujudga keladi. Bu falsafiy maktablar ichida ma‘lum nufuz va ta‘sirga ega 
bo‗lgan oqim «yosh hegelchilar» oqimi edi. Bu oqimning o‗sha davrdagi asosiy namoyandalari 
orasida aka-uka Bruno va Edgar Bauerlar alohida ajralib turar edi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish