Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

SHelling Fridrix Vilgelm Yozef
(nemis faylasufi. 1775-1854) Bosh asari: «Transsendent 
idealizm tizimi»ning falsafiy va metodologik ahamiyati Shundaki, bu asarda tarixiylik tamoyillari 
ilk bor izchil ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. 
Transsendent idealizm tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi.
1. Nazariy falsafa o‗zlikni anglash uchun qarama-qarshi yo‗nalishlar (ob‘ekt, sub‘ekt, ideal 
va real faoliyat) o‗rtasida kurash lozim, degan metodologik qoidadan boshlanadi. SHelling o‗zlikni 
anglash faqat Shu kurash jarayonida Yuz berishini va «Men» mexanizmi to‗laligicha faqat o‗zlikni 
anglashni tashkil etuvchi qarama-qarshiliklardan keltirib chiqarilishi mumkinligini qayd etadi. 
Bunda u ikki holatni: «Men» endigina Yuzaga kelgan va «Men» aniq-ravshan ko‗rinib turuvchi 
holatlarni farqlaydi. Bunda birinchi holat «Men»dan tashqarida, ikkinchi holat – «Men»ning ichida 
bo‗ladi. Shu munosabat bilan ong qaysi holatdan boshlanishini aniqlash va unga mazkur 
chegaradan, ya‘ni ongdan tashqarida yotgan narsalarni aralashtirmaslik juda muhimdir.
SHelling o‗z asarida tarixiylik tamoyilidan foydalanib, o‗zlikni anglash tarixida uch asosiy 
davrni (bosqichni): dastlabki sezishdan samarali mushohada yuritishgacha; samarali mushohada 
yuritishdan refleksiyagacha; refleksiyadan irodaning mutlaq harakatigacha bo‗lgan davrlarni 
farqlaydi. Bunda SHelling ong, o‗zlikni anglash va jamiyatning shakllanish jarayonini odamlarning 
amaliy faoliyati bilan bog‗lashga harakat qildi.
2. Amaliy falsafaning bosh tushunchasi – «tarix», bog‗lovchi muhit sifatidagi ob‘ektiv 
dunyoda Yuz beruvchi va aqlli jonzotlar sifatidagi odamlar erkinligining sharti hisoblanuvchi 
kishilararo o‗zaro aloqasidir. Boshqacha aytganda, bu jahon tarixidagi ob‘ektiv qonuniyat 
haqidagi muhim masalaning qo‗yilishidir. 
3. Tabiiy maqsadlar falsafasi ko‗r-ko‗rona kuchlar mahsuli bo‗lgan tabiat amalda maqsadga 
muvofiqlik ruhi bilan sug‗orilgandir degan antinomiyaga asoslanadi. Bu antinomiyaning echimini u 
sub‘ekt va ob‘ektning dastlabki ayniyligini e‘tirof etish yo‗lida ko‗radi: umuman tabiatda va uning 
ayrim mahsullarida maqsadga muvofiqlikka faqat mushohada yuritish yo‗li bilan erishish mumkin. 
Bu mushohadada tushuncha haqidagi tushuncha va ob‘ektning o‗zi dastlabki tarzda va uzviy 
bog‗lanadi – Shunda natija maqsadga muvofiq tarzda namoyon bo‗lishi lozim.
4. San‘at falsafasi – transsendental idealizm tizimining oxirgi bo‗limi. Uning asosiy qoidalari 
quyidagilardan iborat: 
a) san‘at – umuman bilishning oliy shakli, chunki faqat u insonga oliy bilimga erishish 
imkonini beradi. San‘at amaliy foydaga ham, axloqqa ham, fanga (falsafaga) ham bo‗ysunishi 
mumkin emas, chunki u hamma narsadan oliyroqdir; 
b) san‘atning ustunligi Shundaki, uning asarlarida ongli va ongsiz faoliyat ayniyati aks etadi. 
«Bizda mujassamlashgan bu teran ziddiyat»ni aynan va faqat san‘at echishga qodir. San‘at – bu 
nazariy va amaliy narsalar o‗rtasidagi qarama-qarshilik bartaraf etilib, ongli va ongsiz tabiat va 
erkinlikning to‗la uyg‗unligiga, idealga erishiluvchi jabha; 
v) san‘at o‗z rivojlanish jarayonida spiral tashkil etadi: qadimda undan (aniqrog‗i 
poeziyadan) falsafa va boshqa fanlar tug‗ilgan; 
g) san‘at – erkinlik va zaruriyatning yuksak birligi. Insonning ijodiy tabiati to‗la davra 
aylanib san‘atda o‗zining yakuniy ifodasini topadi. San‘at insonga ―oliy"ni bilish darajasiga etish 
imkonini beradi.
SHelling naturfalsafasi XVIII asr oxiriga kelib erishilgan va jamoatchilikda keng qiziqish 
uyg‗otgan Yangi tabiiy-ilmiy natijalarni falsafiy jihatdan umumlashtirishga bo‗lgan ehtiyojga javob 
sifatida vujudga keldi. SHelling o‗z davrining barcha kashfiyotlariga yagona asosni topishga 
harakat qildi: u tabiatning ideal mohiyati, tabiat faolligining nomoddiy xususiyati haqidagi g‗oyani 
ilgari surdi. SHelling naturfalsafasining qimmati uning dialektikasida namoyon bo‗ladi. 


122 
TabiatShunoslik kashf etgan aloqalar haqida mulohaza yuritar ekan, SHelling bu aloqalarni 
belgilovchi kuchlarning birligi va tabiatning yagonaligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Bundan 
tashqari, u har qanday narsaning mohiyati qarama-qarshi faol kuchlarning birligi bilan 
tavsiflanadi, degan xulosaga keladi. Bu birlikni u «qutblilik» deb nomladi. Qarama-
qarshiliklarning birligiga misol qilib SHelling magnitni, musbat va manfiy elektr zaryadlarini, 
kimyoviy moddalarda kislota va ishqorlarni, organik jarayonlarda ta‘sirlanish va tormozlanishni, 
ongda sub‘ektivlik va ob‘ektivlikni keltiradi. «Qutblilik»ka SHelling narsalar faolligining bosh 
manbai sifatida qaraydi, uni tabiatning «haqiqiy dunyoviy joni» deb tavsiflaydi. SHelling o‗z 
asarlarida ideal va moddiy narsalarning ayniyligi g‗oyasini ilgari suradi. Uning fikricha, materiya 
mutlaq ruh, aqlning erkin holatidir. Ruh va materiyani bir-biriga qarshi qo‗yish mumkin emas; ular 
ayniydir, chunki ayni bir mutlaq aqlning turli holatlarini aks ettiradi.
Falsafiy kategoriyalarni tadqiq etish va rivojlantirish ishiga F.SHelling salmoqli hissa 
qo‗shdi. Shu ma‘noda F.SHellingning naturfalsafasi (tabiat falsafasi) ayniqsa diqqatga sazovordir. 
Tabiatni tushunishda SHelling panteistdir, u Xudo va tabiatni tenglashtiradi. Tabiatning 
rivojlanishini SHelling ongning shakllanish jarayoni, ongsizlikdan onglilik sari harakat sifatida 
tavsiflaydi. Ongning shakllanish mexanizmini SHelling tabiatda qutblilik (qarama-qarshiliklar 
birligi) va tadrijiylikning mavjudligi bilan izohlaydi. Tadrijiylik, ya‘ni tabiat evolyusiyasi 
bosqichlarini SHelling qutblilikda keskinlikning pasayishi mahsuli sifatida tuShuntiradi. U jonli 
organizmlar noorganik shakllardan vujudga keladi, hayot esa modda sintezi va parchalanishining 
birligidir, deb hisoblagan.
SHelling o‗z naturfalsafasining ta‘riflangan muhim tamoyillari – tabiatning dialektik birligi, 
rivojlanishi va umumiy ikki taraflamaligini insonning tabiatni tushunishiga nisbatan tatbiq etadi. 
Fixtega ergashib SHelling ham bilishning rivojlanishini bilishning nazariy bosqichlaridan amaliy 
bosqichlar sari harakat sifatida tahlil qiladi. Ongning shakllanish asosini SHelling insonning 
dunyoga nisbatan harakatlari bilan bog‗laydi. O‗zlikni anglash tadrijiylik, ya‘ni mushohada 
yuritishning quyi shakllari - sezish, idrok etishdan tasavvur qilish va refleksiyaga o‗tish sifatida 
shakllanadi. Nima uchun aynan faoliyat, ong va bilishning rivojlanish manbai hisoblanadi? – 
degan savolga nisbatan SHelling quyidagicha mulohaza yuritadi: amaliy faoliyatda inson o‗zining 
ma‘naviy qobiliyatlarini moddiylashtiradi (ob‘ektga aylantiradi), ular inson o‗zgartirgan tabiat 
predmetlarida yashashda davom etadi. Shunday qilib, inson faoliyati natijasida tabiat sof tabiatga 
va inson tomonidan o‗zgartirilgan tabiatga ajraladi. Insonning muhim xususiyatlari moddiylashgan 
ayni Shu o‗zgartirilgan tabiat inson ongi va o‗zligi rivojlanishiga ko‗maklashadi. Ammo 
individlarning o‗zaro aloqasi, ularning muloqoti insonga bundan ham kuchliroq ta‘sir ko‗rsatadi.
Umuman olganda F.SHelling Gegel dialektikasining aksariyat g‗oyalarini undan oldinroq 
ilgari suradi va ko‗p jihatdan undan o‗zib ketadi, chunki Gegel tabiatda rivojlanishning 
mavjudligini rad etadi, SHelling esa, aksincha, nafaqat inson ruhi, balki tabiat rivojlanishining 
umumiy tamoyillarini ham ta‘riflab berdi, tabiatning tadrijiy rivojlanish jarayoni ong shakllanishi 
bilan nihoyasiga etishini qayd etdi. SHelling g‗oyalari Gegel falsafasida o‗zining mukammal 
ifodasini topdi. SHelling naturfalsafasining paydo bo‗lishi Fixte sub‘ektiv idealizmi ildiziga bolta 
urdi va nemis klassik idealizmida ob‘ektiv idealizm va uning dialektikasi sari burilish yasadi 
Dastlab mana Shu oqimga mansub bo‗lgan 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish